Ismailov Sarvarbek Anvarbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim jarayonlarida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishda ijtimoiy sheriklik prinsplari”, 13.00.02 -“Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi” (huquq) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4116.
Ilmiy rahbar: Madumarov Talantbek Tolibjonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Halilova Shahnoza Turg‘unovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Narqulova Indira Rustam qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim jarauonida talabalarning ijtimoiu sheriklik prinsiplari asosida huquqiy ong va huquqiu madaniuatini oshirishning zamonaviy yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqodning ilmiy yangiligi:
huquqiy ong va huquqiy madaniyatning pedagogik amaliyotdagi samaradorligini mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni belgilash orqali oshirish mumkinligi asoslab berilgan;
ijtimoiu sheriklik prinsiplari asosida talabalarni huquqiy ong va huquqiu madaniuatini oshirishning mazmuni “kelajakka nazar”, “kvadratlar oʻyini”, “oyga sayohat”, “qadam-baqadam” kabi pedagogik o‘yin texnologiyalarini ta’lim jarayoniga kiritish asosida takomillashtirilgan;
strategik yondashuv asosida talabalarni huquqiy ong va huquqiu madaniuatini oshirishning samaradorligiga ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini maqsadli ta’minlash, ta’lim muassasalarining hamkorligi asosida innovatsion infratuzilmalarni tizimli barpo etish, davlat-xususiy sheriklik negizida nodavlat ta’lim sektorlarining huquqiy asosini takomillashtirish orqali erishish mumkinligi asoslantirilgan;
ijtimoiu sheriklik prinsiplari asosida talabalarni huquqiy ong va huquqiu madaniuatini oshirishning ijtimoiu-pedagogik tizimi huquqshunoslikka oid fanlarni ta’lim jarauonida integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
huquqiy ong va huquqiy madaniyatning pedagogik amaliyotdagi samaradorligini mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifasini belgilash orqali oshirish mumkinligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Yangi tahrirdagi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 27-moddasini 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 5-yanvardagi 06-13/1-son maʼlumotnomasi). Natijada tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar sifatida shakllantirilgan xulosalar, takliflar va tavsiyalar huquqiy madaniyatni oshirishda ijtimoiy sheriklikni ta’minlashning huquqiy asoslarini boyitishga xizmat qilgan;
huquqshunoslikka oid fanlarning ma’ruza, munozara, mustaqil ta’lim va amaliy mashg‘ulot kabi o‘quv mashg‘ulotlariga ta’lim jarauonida ijtimoiu sheriklik prinsiplari asosida talabalarni huquqiy ong va huquqiu madaniuatini oshirishning ijtimoiu-pedagogik tizimini tatbiq etish bilan bog‘liq taklifdan Yoshlar ishlari agentligining ta’lim muassalarida yoshlar huquqiy madaniyati va huquqiy ma’suliyatini oshirish nomli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 11-martdagi 4-13-21-641-son maʼlumotnomasi). Natijada ta’lim muassalarida yoshlar huquqiy madaniyati va huquqiy ma’suliyatini oshirishning tizimli yo‘lga qo‘yish dasturi samarali asoslarda ishlab chiqilishiga xizmat qilgan;
strategik yondashuv asosida talabalarni huquqiy ong va huquqiu madaniuatini oshirishning samaradorligini belgilovchi ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlash, ta’lim muassasalarining hamkorligi asosida innovatsion infratuzilmalarni barpo etish, davlat-xususiy sheriklik negizida nodavlat ta’lim sektorlarini rivojlantirish bilan bog‘liq tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy-huquqiy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar rejasining metodologiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 14-fevraldagi 04/12-1172-son maʼlumotnomasi). Natijada ta’lim oluvchilarning huquqiu madaniuatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish izchilligi va natijadorligini ortishiga xizmat qilgan.