Xudayberganov Sodik Toshtimerovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi patomorfologik o‘zgarishlar”, 14.00.15  Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3842.
Ilmiy rahbar: Jumanov Ziyadulla Eshmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidullo Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mahkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi tuzilmalarning patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi morfologik o‘zgarishlarning turli yoshga xos jihatlari bir-biridan farq qilishiligi asoslangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi o‘zgarishlar kasallik muddatlari oshgan sari ulardagi morfometrik ko‘rsatkichlar ortib borishi hamda destruktiv o‘zgarishlar sklerotik jarayon intensivligi oshishi, qon tomir komponenti, shuningdek tog‘ay va suyak to‘qimasida turli yosh va kasallik davomiyligi bilan bog‘liq jarayonlar isbotlangan;
son suyagi boshchasi tuzilmalaridagi distrofik va nekrotik  o‘zgarishlar oshishi, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar yoshiga va kasallikning muddatiga mutanosibligi asoslangan;
COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi ishemik tipdagi o‘zgarishlar, qon tomirlar devorining o‘tkazuvchanligi oshishi natijasidagi diapedez qon quyilishlar va tog‘ay va suyak to‘qimalaridagi destruktiv o‘zgarishlarning qiyosiy xususiyatlari o‘zgarmasligini kasllik muddati davomiyligi oshgan sayin, son suyagi boshchasi strukturasida sklerotik jarayonlarning rivojlanish imkoniyatini ortishi isbotlangan; 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 6 noyabrdagidagi 78-son xulosasiga ko‘ra:
 birinchi ilmiy yangilik.  COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi morfologik o‘zgarishlarning turli yoshga xos jihatlari bir-biridan farq qilishiligi asoslangani O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sirdaryo viloyati shoshilinch tez tibbiy markazi bo‘yicha (154-son 24 oktyabr.2023-yil) buyruq bilan  patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga va Navoiy viloyati shoshilinch tez tibbiy markazi bo‘yicha (100-son 26 oktyabr.2023-yil) buyruq bilan  patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga va Surxandaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (33-sonli 28 oktyabr.2023-yil) buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Taklif etilgan tashxislash taktikasi COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi morfologik o‘zgarishlarning turli yoshga xos jihatlari bir-biridan farq qilishiligi asoslangani klinik-anamnestik ma'lumotlariga asoslangan tartibida xastalikning o‘ziga xos xususiyatlari kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi.  Quydagilardan iborat: Tavsiya etilgan uslublarni amalga oshirish uchun 3,5 va 4,0 kun talab qilinadi, an’anaviy tarzda tekshiruv o‘tkazishda esa 8-10 kun talab qiladi, chunki an’anaviy usulda juda ko‘plab qo‘shimcha tekshirishlar va vrach mutaxassislar maslahatlari olinishi talab etiladi. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda potologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobar qisqartiradi va taklif qilingan usulning qiymati har bir holat uchun o‘rtacha 55 000 so‘mni, an’anaviy usulda esa 110 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajat mablag‘larini 2-2,5 baroborga qisqartirish imkonini bergan;  Xulosa: Tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda patologoanatomik tekshirishlarini o‘tkazish vaqtini qariyib 2-2,5 barobarga qisqartiradi va taklif qilingan usulning xarajatlari har bir holat uchun o‘rtacha 55 000 so‘mni, an’anaviy usulda esa 110 000 so‘mni tashkil qiladi;
  ikkinchi ilmiy yangilik. COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi o‘zgarishlar kasallik muddatlari oshgan sari ulardagi morfometrik ko‘rsatkichlar ortib borishi hamda destruktiv o‘zgarishlar sklerotik jarayon intensivligi oshishi, qon tomir komponenti, shuningdek tog‘ay va suyak to‘qimasida turli yosh va kasallik davomiyligi bilan bog‘liq jarayonlar isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Sirdaryo viloyati shoshilinch tez tibbiy markazi bo‘yicha (154-son 24 oktyabr 2023-yil)  buyruq bilan  patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga va Navoiy viloyati shoshilinch tez tibbiy markazi bo‘yicha (100-son 26 oktyabr 2023-yil) buyruq bilan  patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga va Surxandaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (33-sonli 28 oktyabr 2023-yil) buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Tadqiqot natijalarining patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi o‘zgarishlarini ishonchli tarzda aniqlash imkon bergan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Tavsiya etilgan patologanatomik tekshiruv uslublarini  amalga oshirish uchun 2±0,2  kun talab qilinadi, an’anaviy tarzda tekshiruv o‘tkazishda esa 5-6 kun talab qiladi, chunki an’anaviy usulda o‘lim vaqtini aniqlash masalasida ko‘plab qo‘shimcha tekshirishlar va vrach mutaxassislar maslaxatlari olinishi talab etiladi. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 2-2,5 barobar qisqartiradi va taklif qilingan usulning qiymati har bir holat uchun o‘rtacha 40 000 so‘mni, an’anaviy usulda esa 80 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajat mablag‘larini qisqartiradi. Xulosa: COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi o‘zgarishlar aniqlash holatlarida tavsiya etilgan usuldan foydalangan holda patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish bunday so‘rovlarni o‘tkazish vaqtini taxminan 2-2,5 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usulning qiymati har bir holat uchun o‘rtacha 40 000 so‘mni, an’anaviy usulda esa 80 000 so‘mni tashkil qiladi;
 uchinchi ilmiy yangilik. Son suyagi boshchasi tuzilmalaridagi distrofik va nekrotik o‘zgarishlar oshishi, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar yoshiga va kasallikning muddatiga mutanosibligi asoslangani O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Sirdaryo viloyati shoshilinch tez tibbiy markazi bo‘yicha (154-son 24 oktyabr 2023-yil)  buyruq bilan  patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga va Navoiy viloyati shoshilinch tez tibbiy markazi bo‘yicha (100-son 26 oktyabr 2023-yil) buyruq bilan  patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga va Surxandaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (33-sonli 28 oktyabr 2023-yil) buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Tadqiqot natijalarining patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasi tuzilmalaridagi distrofik va nekrotik  o‘zgarishlar shakllanishi dinamikasining morfologik ko‘rinishilari va morfometrik ko‘rsatkichlarining o‘ziga xos jihatlari va ularning kasallik muddati va bemorlarning yoshiga nisbatan, farq tafovutlarini ishonchli tarzda aniqlash imkon bergan. COVID-19  bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasi tuzilmalaridagi distrofik va nekrotik o‘zgarishlar kasallikning erta muddatlarida va yosh bemorlarda patomorfologik o‘zgarishlarning yuzaki o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘lishi asoslangan. Bu esa o‘z navbatida, patologik anatomiya xulosalarining sifati va ularning ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Shu munosabat bilan, qo‘shimcha yoki takroriy patologoanatomik tekshiruvlar o‘tkazishning oldini olgan, patologik anatomiya tekshiruvlarining muddatini keskin qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Quydagilardan iborat: Tavsiya etilgan uslublarga ko‘ra, patologoantomik tekshiruvini amalga oshirish uchun 2,1 ± 0,2  kun kerak bo‘ladi va ushbu turdagi tekshiruvni an’anaviy tarzda o‘tkazish uchun 5±0,7 kun talab qilinadi, bu odatda morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarni turli uskunalarda qo‘shimcha tekshirish va mutaxassislar maslahatlari zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usul yordamida patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish bunday tekshirishlarni o‘tkazish vaqtini 1,5-2,0 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat uchun 38 500 so‘mga, an’anaviy usul bilan esa kamida 78 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajat mablag‘larini 2 barobarga qisqartiradi. Xulosa: COVID-19  bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasi tuzilmalaridagi distrofik va nekrotik  o‘zgarishlar aniqlashda tavsiya etilgan usul yordamida patologanatomik tadqiqotlarini o‘tkazish bunday tekshiruvlarni o‘tkazish vaqtini 1,5-2,0 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat uchun 38 500 so‘mga, an’anaviy usul bilan esa kamida 78 000 so‘mni tashkil qiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik. COVID-19  bilan kasallangan bemorlar son suyagi boshchasidagi ishemik tipdagi o‘zgarishlar, qon tomirlar devorining o‘tkazuvchanligi oshishi natijasidagi diapedez qon quyilishlar va tog‘ay va suyak to‘qimalaridagi destruktiv o‘zgarishlarning qiyosiy xususiyatlari o‘zgarmasligini kasallik muddati davomiyligi oshgan sayin, son suyagi boshchasi strukturasida sklerotik jarayonlarning rivojlanish imkoniyatini ortishi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining Sirdaryo viloyati shoshilinch tez tibbiy markazi bo‘yicha (154-son 24 oktyabr 2023-yil)  buyruq bilan  patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga va Navoiy viloyati shoshilinch tez tibbiy markazi bo‘yicha (100-son 26 oktyabr 2023-yil) buyruq bilan  patologik anatomiya bo‘limi amaliyotiga va Surxandaryo viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha (33-sonli 28 oktyabr 2023-yil) buyruq bilan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning kasallik muddatlari va turli yoshli bemorlar son suyagi boshchasining tog‘ay, suyak to‘qimalari va qon tomir tuzilmalarida paomorfologik o‘zgarishlarni ishonchli aniqlash imkonini beradi va kasallikni turli muddatlarida va turli yoshdagi bemorlarda son suyagidagi o‘zgarishlarni o‘zga xosligin aniqlash uchun xizmat qiladi. COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning kasallik muddatlari va yoshga doir son suyagi boshchasidagi o‘zgarishlar yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, patologik anatomiya amaliyotiga joriy etilishi natijasida, patologik anatomiya xulosalarining ob’ektivligi va ishonchliligi hamda asoslanishini ta’minlagan. Bu esa o‘z navbatida, son suyagi boshchasidagi o‘zgarishlarni erta aniqlash va bemorlar e’tirozlarini bartaraf etish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Tavsiya etilgan algoritm va uslublarga ko‘ra, patologoanatomik tekshiruvni amalga oshirish uchun 2,0 ± 0,2 kun kerak bo‘ladi va ushbu turdagi tekshiruvni an’anaviy tarzda o‘tkazish uchun 4-5±0,4 kun davomida talab qilinadi, bu odatda son suyagi boshchasidagi morfologik o‘zgarishlarni qo‘shimcha tekshirish hamda ish materiallari ma’lumotlarini o‘rganish bilan bog‘liq. Ko‘rinib turibdiki, tavsiya etilgan usul yordamida patologoanatomik tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 1,0-1,5 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat bo‘yicha 45 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha, an’anaviy usul bilan esa kamida 130 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajat mablag‘larini qisqartiradi. Xulosa: Tavsiya etilgan usul yordamida patologik anatomiya tadqiqotlarini o‘tkazish vaqtini 1,0-1,5 baravar qisqartiradi va taklif qilingan usul xarajatlari har bir holat bo‘yicha 45 000 so‘mdan dan 65 000 so‘mgacha, an’anaviy usul bilan esa kamida 130 000 so‘mni tashkil qiladi, ya’ni xarajat mablag‘larini tejaydi. 
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish