Xo‘jaqulov Amirjon Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tog‘-kon sanoati tashlandiq eritmalaridan reniy ajratib olish texnologiyasini tadqiq qilish va yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4204.
Ilmiy rahbar: Shodiev Abbos Ne’mat o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Voxidov Baxriddin Raxmiddinovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Bozorov Aminjon Nurilloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Mineral resurslar instituti” DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘-kon sanoati tashlandiq eritmalaridan reniy ajratib olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
molibden ishlab chiqarish sanoati chiqindilaridan reniyni olish uchun sorbsiya jarayonining optimal parametrlari aniqlangan;
sodali eritmalardan reniyni sorbsiyalash jarayoni uchun A – 170 markali ion almashinuvchi qatronlar maqbul sorbentlar ekanligi asoslangan;
tashlandiq kek va chiqindilarni sodali tanlab eritish jarayoni kinetikasi, reniyni tanlab eritish termodinamikasi va sobrsiyalash jarayonlari natijalari asosida ion almashish texnologiyasining optimal parametrlari aniqlangan;
sodali - sorbsiyalash texnologiyasini qo‘llagan holda tashlandiq eritmalardan reniy va rangli metallarni ajratib olishning texnologik sxemasi va apparatlar zanjir sxemasi ishlab chikilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tog‘-kon sanoati tashlandiq eritmalaridan reniy ajratib olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chiqindi eritmalardan noyob metalni ajratib olishning takomillashtirilgan texnologiyasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda mis eritish zavodida joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 27 dekabrdagi 12-23/01-2126 - son ma’lumotnomasi). Natijada, tashlandiq eritmadan reniyni ajratib olish darajasi oshishiga hamda qo‘shimcha miqdorda mis, oltin va kumush metallarini olish imkonini bergan;
noyob metallarni sodali-sorbsiyalab tanlab eritish texnologiyasi hamda sodali va shlam maydonlari tashlandiq eritmalaridan ion almashinuv smolalarini qo‘llab reniyni selektiv ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati»AJ mis eritish zavodida joriy etilgan («Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati» AJning2023 yil 27 dekabrdagi 12-23/01-2126-son ma’lumotnomasi). Natijada, molibden sanoati tashlandiq chiqindilaridan reniyni ajratib olishni 80-85 % gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish