Xatamkulov Bekzod Iskandarbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori sifatli mineral ingredientlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni kompozision lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalar ishlab chiqarishda qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4352.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Sanjar O‘razalievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori sifatli mineral ingredientlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni kompozision lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalar ishlab chiqarishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish maqsadlarida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan suvga chidamli kompozision polimer lok-bo‘yoq qoplamasi tarkibidagi yuqori sifatli mineral va organo-noorganik ingredientlar o‘rtasida tarkib-tuzilish-xossa kabi korrelyasion bog‘lanishlarning mavjudligi asoslangan;
mahalliy xomashyolardagi yuqori sifatli organomineral ingredientlar asosida kompozision polimer lok-bo‘yoq qoplamasining yangi samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
mineral ingredientlar zarrachalarining optimal granulometrik tarkibining shakllanishi, uni maydalash tezligiga va vaqtga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
yuqori sifatli mineral va organo-noorganik ingredientlarning disperslik darajasini polimer kompozisiyasining adgezion va elastik-mustahkamlik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
kompozision lok-bo‘yoq materiallari va ular asosidagi qoplamalarni olishning samarali resurs tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yuqori sifatli mineral ingredientlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni kompozision lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalar ishlab chiqarishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish va texnik xususiyatlari yaxshilangan mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida kompozision lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarni olishning o‘ziga xos texnologiyasi Namangan viloyati «IQBOL» MChJ korxonasida joriy etilgan (O`zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 22 yanvardagi 05/15-150 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dekorativ va himoya vazifasini bajaruvchi yangi olingan kompozision lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari yaxshilanib, adgezion mustahkamligini 34,5 MPa gacha ortishi, qoplamaning yuvilishini esa 1,4 g/m2 gacha kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan kompozision lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalar Namangan viloyatidagi lok-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaradigan «IQBOL» MChJ korxonasining qurilish ob’ektlarida joriy etilgan (O`zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 22 yanvardagi 05/15-150 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozision lok-bo‘yoq materiallari va ular asosidagi qoplamalarning adgezion mustahkamligini 7-8% ga oshirish imkonini bergan.