Qayumov Oybek Azamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ruda xom ashyosidan noyob metalni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4198.
Ilmiy rahbar: Voxidov Baxriddin Raxmidinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Xakimov Kamol Juraevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Mineral resurslar instituti” DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ruda xomashyosidan noyob metallni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kuyindini sulfat kislota bilan tanlab eritish jarayonining optimal parametrlari: 75 0C haroratda, davomiyligi 1 soat, Q:S = 1:4 nisbatida, 10% li sulfat kislota konsentratsiyasida, 10% li H2O2 oksidlovchi modda qo‘shilishi bilan vanadiyni erish darajasini 92,27% gacha oshirilishi aniqlangan;
vanadiyni sulfat kislota eritmasidan sorbsiya qilish uchun optimal sharoitlari: jarayon harorati 25 0S, sorbsiya vaqti 24 soat, A-110FL anionit yordamida vanadiyning sorbsiyalanish darajasini 95 % ga etkazilishi asoslangan;
vanadiyni sulfat kislotali eritmalaridan anionitlar bilan sorbsiya qilish samaradorligi: eritmalarni vodorod peroksid orqali dastlabki oksidlash bilan aniqlangan;
natriy vanadat ko‘rinishidagi eritmalardan vanadiyni cho‘ktirish parametrlari: 60 °C cho‘ktirish haroratida, V2O5 konsentratsiyasi 60 g/l va aralashtirishda yaxshi filtrlanadigan NH4VO3 cho‘kma hosil bo‘lishi aniqlangan;
vanadiy tarkibli rudani kuydirish – tanlab eritish – sorbsiya kombinatsiyasi bilan qayta ishlashni o‘z ichiga olgan yangi texnologik sxema ishlab chiqilib, 95% dan yuqori tozalikka ega yuqori sifatli vanadiy besh oksidli yarim mahsuloti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ruda xom ashyosidan noyob metalni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
vanadiy tarkibli rudalardan vanadiy olishning yangi, kuydirish – tanlab eritish – sorbsiyalash kombinatsiyali texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amalityotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 27 dekabrdagi 12-23/01-2127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, vanadiyli rudadan vanadiyning eruvchanligini 95% ga oshirish imkonini bergan;
vanadiy tarkibli rudalarni 5% natriy karbonat qo‘shilishi bilan 5 soat davomida 700 °C haroratda kuydirishga asoslangan qayta ishlashning ishlab chiqilgan texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amalityotga joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 27 dekabrdagi 12-23/01-2127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, A-110FL anioniti yordamida vanadiyning sorbsiyalanish darajasini 95% gacha oshirish va yuqori sifatli vanadiy besh oksidini olish imkonini bergan.