Sayt test rejimida ishlamoqda

Eshonqulov Uchqun Xudaynazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir tarkibli xomashyolardan temir va uning birikmalarini ajratib olish texnologiyasini yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3110.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdirashid Solievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjanovna, texnika fanlari doktori, professor; Turobov Shaxritdin Nasritdinovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: “Mineral resurslar instituti” DK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir tarkibli xomashyolardan temir va uning birikmalarini ajratib olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis boyitish fabrikasi temir tarkibli chiqindilari va pirit boyitmasi fazalarining bo‘linishida ularning fizik-kimyoviy va mineralogik tarkiblari aniqlangan;
pirit boyitmasini rudadan ajratib olish, uni oksidlovchi jarayoni tufayli kuydirishning asosiy optimal omillari ilmiy asoslangan.
mis boyitish fabrikasi temir tarkibli chiqindilarini, temir kuyindisi bilan qo‘shib, yuqori haroratda temirni tiklab, so‘ng magnitli separator yordamida magnitli fraksiya tarkibiga temirni o‘tkazish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
mis boyitish fabrikasi chiqindilarini va pirit boyitmasini qayta ishlashning takomillashtirilgan texnologik sxemasi va «Olmaliq KMK» AJ sharoitida temirni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Temir tarkibli xomashyolardan temir va uning birikmalarini ajratib olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mis ishlab chiqarish texnogen chiqindilarini qayta ishlashning takomillashtirilgan pirometallurgik va magnit usulida boyitishning kompleks texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2023 yil 11 dekabrdagi 12-23/01-2049-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 89 % temir bo‘lgan magnitli fraksiyani olish imkonini bergan;
pirit boyitmasini oksidlovchi kuydirish va kuyindidan temirni ajratib olishda qo‘llaniladigan takomillashgan texnologik jarayonlarning optimal parametrlari «Olmaliq KMK» AJ mis eritish zavodida amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 11 dekabrdagi 12-23/01-2049-son ma’lumotnomasi). Natijada, yiliga qo‘shimcha ravishda 121000 tonna temir boyitmasi ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish