Raxmonov Bobomurod Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini nazorat qilish va boshqarish tizimini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3997.
Ilmiy rahbar: Kurbanov Janibek Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjimuxametova Matluba Adilovna, texnika fanlari doktori, professor; O‘roqov Olimjon Xikmatulloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini nazorat qilish va boshqarish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l kesishmasiga yaqinlashayotgan poezdning toifasi va koordinatasidan kelib chiqqan holda, kesishmani boshqarish va nazorat qilishning avtomatik signallashtirish usuli takomillashtirilgan;
kesishmaning avtomatik signallashtirish tizimini ishga tushirish vaqti va uning yaqinlashish uchastkasining uzunligini hisoblash usuli turli toifadagi poezdlarni hisobga olgan holda asoslangan;
harakatdagi poezd mashinistiga kesishmaning joriy holati haqidagi ma’lumotni va kesishmaga avtomatik signallashtirish tizimini ishga tushirish buyrug‘ini simsiz uzatish usuli ishlab chiqilgan;
energiya tejamkor va haliqitbardosh texnologiyalar asosida kesishmaga yaqinlashayotgan lokomotivning bort qurilmalari bilan kesishmaning avtomatik signallashtirish tizimlarini bog‘lovchi mikroprotsessorli boshqaruv usuli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l kesishmalarida harakat xavfsizligini nazorat qilish va boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
temir yo‘l kesishmasini yaqinlashib kelayotgan poezdning toifasidan kelib chiqib boshqarish tizimining lokomotiv bort qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi “O‘zbekiston” lokomotiv deposidagi 7-sexiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 4/E1094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan qurilma asosida temir yo‘l kesishmalarida avtotransport va temir yo‘l transporti vositalari to‘qnashib ketishining oldini olish orqali lokomotivlar, avtomatika va telemexanika qurilmalarini ta’mirlash, hamda poezdlarning harakat jadvalidan chiqib ketishi sababli etkaziladigan zararlarni 20% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
temir yo‘l kesishmasini yaqinlashib kelayotgan poezdning toifasidan kelib chiqib boshqarish tizimining qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, tasarrufidagi “Toshkent signallashtirish va aloqa masofasi”dagi temir yo‘l kesishmalarida avtomatik signallashtirish tizimlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziriligining 2023-yil 6-noyabrdagi 4/E1094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan qurilma asosida temir yo‘l kesishmalarida avtotransport vositalarining yopiq kesishma oldida turib qolish vaqtini 2 barobar kamaytirishga erishilgan.