Aripov Jaxongir Abduxakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining ishonchliligini ta’minlash model va algoritmlari”, 05.04.01 - “Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3691.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Parsiev Saydiaxat Solixodjaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Isaev Rixsi, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi prioritesizli va prioritetli xizmat ko‘rsatiladigan yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining ishonchliligini ta’minlash usuli, modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xabarlarning (paketlarning) o‘rtacha etkazib berish vaqti va o‘z vaqtida etkazib berish ehtimolligini nazorat qilish asosida prioritesizli va prioritetli xizmat ko‘rsatiladigan yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida rad etishdan oldingi holatni aniqlovchi usul ishlab chiqilgan;
Laplas-Stiltes o‘zgartirishlari ehtimollik talqiniga asosida yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida tarmoq infratuzilmasi ishonchliligi va samaradorligini ta’minlovchi xabarlarni (paketlarni) o‘z vaqtida etkazib berish ehtimollik taqsimoti funksiyasining modellari ishlab chiqilgan;
turli prioritet darajalari uchun tarmoqning ishlash samaradorligini aniqlovchi mutlaq prioritetli xizmat ko‘rsatiladigan ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i uchun xabarlarni (paketlarni) o‘rtacha etkazib berish vaqtining analitik modellari ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ining samarali ishlashini ta’minlashga imkon beruvchi k-chi prioritetdagi xabarlarni (paketlarni) o‘z vaqtida etkazib berish ehtimollik taqsimoti funksiyasining, o‘rtacha etkazib berish vaqtining hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining ishonchliligini ta’minlash usuli, modellari va algoritmlari asosida:
ishlab chiqilgan prioritesizli va prioritetli xizmat ko‘rsatiladigan yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida rad etishdan oldingi holatni aniqlovchi usul O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MChJda, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKda, “East Telecom” QK MChJda talablarni ishlab chiqish, yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarining ishonchliligini ta’minlash va oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 33-8/7744-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rad etish xavfi yuqori bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash va bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘ldi, bu esa ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining kamida 0,99 tayyorlik koeffisientiga erishish imkonini beragan;
ishlab chiqilgan prioritesizli va prioritetli xizmat ko‘rsatiladigan yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida o‘z vaqtida etkazib berish ehtimollik taqsimoti funksiyasining modellari, hisoblash algoritmlari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MChJda, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKda, “East Telecom” QK MChJda ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini tadqiq qilish, loyihalash va ishlatish jarayonlariga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 33-8/7744-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida xabarlarni (paketlarni) o‘z vaqtida etkazib berish ehtimoli taqsimoti funksiyasini 5 foizgacha xatolik bilan aniqlash imkoniyati yaratilgan, bu muhandislik hisoblarini o‘tkazishda etarli hisoblanadi;
ishlab chiqilgan ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida k-chi prioritetli xabarilarni (paketlarni) etkazib berish o‘rtacha vaqtining analitik modellari, hisoblash algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MChJda, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKda, “East Telecom” QK MChJda ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalash va ulardan foydalanish jarayonlariga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 33-8/7744-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ideal va real ishonchlilikda yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini katta aniqlikda tadqiq qilishni o‘tkazish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarufidagi korxonalarda, xususan, “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” MChJda, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUKda, “East Telecom” QK MChJda joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 33-8/7744-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasida ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash vaqti 1,5-2 barobarga qisqargan.