Sayt test rejimida ishlamoqda

Jabborov Alibek Botirqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “DVB-T2 standartiga ega raqamli televizion signallarni optimal qabul qilishni baholash va halaqitbardoshlikni oshirish uslublarini tadqiq etish”, 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1446.
Ilmiy rahbar: Yarmuxamedov Alisher Agbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Siddikov Ilxomjon Xakimovich, texnika fanlari doktori,  professor; Nosirov Xabibullo  Xikmatillo o‘g‘li, texnika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Etakchi tashkilot: Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi DVB-T2 standartiga ega raqamli televizion signallarni optimal qabul qilishni baholash va halaqitbardoshlikni oshirish uslublarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teleuzatish stansiyalarining ishonchli qamrov hududlarini sifatli radiosignal bilan ta’minlashda, Erni relefi va ob - havoning o‘zgarishini e’tiborga olib, optimal texnik parametrlarni (uzatgich quvvati, antennaning kuchaytirish koeffisienti, uzatish antennasining o‘rnatish balandligi) tanlash tamoyili ishlab chiqilgan;
raqamli televizion tizimda Xemming, Rid-Solomon, Bouz-Choudxuri Xokvingem va LDPC kodlari asosida imitatsion model yaratilgan va koder, aloqa kanali, dekoderlarning parametrlarini rostlash orqali halaqitbardoshlikni oshirish uslubi takomillashtirilgan;
raqamli televizion tizimda Gauss, Rays va Reley kanallarini tanlash orqali halaqitbardoshlikni oshirish imkoniyatini beruvchi yangi Bouz-Choudxuri-Xokvingem dekoder algoritmi ishlab chiqilgan;
eksperimental o‘lchovlarga asoslanib, optimal qabul qilishni baholash orqali raqamli televizion tizimining halaqitbardoshli qabuliga erishishda,QPSK va QAM demodulyatorlarning sifat ko‘rsatkichli parametrlarini (spektri,yulduzli diagrammalari, signal sathi, signal/shovqin nisbati Eb/N0, uzatuvchiqurilmaning quvvati, kanal chastotasi va modulyasiya turi) tanlash tamoyili ishlabchiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli televizion signallarni optimal qabul qilishni baholash va halaqitbardoshlikni oshirish uslublarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
teleuzatish stansiyalarining ishonchli qamrov hududlarini sifatli radiosignal bilan ta’minlashda, Erni relefi va ob - havoning o‘zgarishini e’tiborga olib, optimal texnik parametrlarni (uzatgich quvvati, antennaning kuchaytirish koeffisienti, uzatish antennasining o‘rnatish balandligi) tanlash tamoyili hamda eksperimental o‘lchovlarga asoslanib, optimal qabul qilishni baholash orqali raqamli televizion tizimining halaqitbardoshli qabuliga erishishda, QPSK va QAM demodulyatorlarning sifat ko‘rsatkichli parametrlarini (spektri, yulduzli diagrammalari, signal sathi, signal/shovqin nisbati Eb/N0, uzatuvchi qurilmaning quvvati, kanal chastotasi va modulyasiya turi) tanlash tamoyili “Toshkent radioteleuzatish markazi”ning axborot xizmatlari jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 8-sentyabrdagi 33-8/6164-son ma’lumotnomasi). Natijada DVB-T2 raqamli televidenie tizimida, raqamli televizion signallarning parametlarini tadqiq etish va aniqlash vaqtini 3-4 barobarga qisqartirish, tizim samaradorligini 10-20% gacha oshirish mumkinligi ko‘rsatilgan;
raqamli televizion tizimda Xemming, Rid-Solomon, Bouz-Choudxuri Xokvingem va LDPC kodlari asosida imitatsion model yaratilgan va koder, aloqa kanali, dekoderlarning parametrlarini rostlash orqali halaqitbardoshlikni oshirish uslubi hamda raqamli televizion tizimda Gauss, Rays va Reley kanallarini tanlash orqali halaqitbardoshlikni oshirish imkoniyatini beruvchi yangi Bouz-Choudxuri-Xokvingem dekoder algoritmi O‘zbekiston Respublikasi “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining axborot xizmatlari jarayonlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 8-sentyabrdagi  33-8/6164-son ma’lumotnomasi). Natijada DVB-T2 standartida yangi uslubdagi halaqitbardoshli kodlashlarni qo‘llanilganda, “signal/shovqin” nisbatini yutug‘i o‘rtacha 3-5 dB oshishi va uzatish tezligini birinchi avlod standartiga nisbatan o‘rtacha 30-45% oshirish mumkinli aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish