Sayt test rejimida ishlamoqda

Reypnazarov Ernazar Nurjamievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kognitiv radioaloqa tizimlarida chastota spektrini samarali boshqarish usuli va modellari”, 05.04.02 –“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3937.
Ilmiy rahbar: Xujamatov Xalimjon Ergashevich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori,  professor; Djabborova Muattar Anvarjonovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kognitiv radioaloqa tizimida chastota spektrini samarali boshqarish usuli va modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kognitiv sikl asosida radiochastota spektridan ikkilamchi foydalanish uchun radioaloqa tizimlarining kanallarni egallash va bo‘shatish, spektrni egallanmagan qismlarini aniqlash, signallarga shovqin qo‘shish va so‘ndirish jarayonlarini real vaqt mobaynida tadqiq qilish hamda spektrni ko‘p kanalli zondlash imkonini beruvchi model ishlab chiqilgan;
radiochastotadan foydalanish samaradorligini oshirish uchun noto‘g‘ri signal ehtimolligi va teskari Q funksiya asosida kognitiv radioaloqa tizimlari signallarini zondlash chegaraviy qiymatini moslashuvchan sozlash imkonini taqdim etuvchi model ishlab chiqilgan;
kognitiv radioaloqa tizimlarida spektr holati bo‘yicha samarali qaror qabul qilish va birlamchi tarmoqqa xalaqitlarni kamaytirish imkonini beruvchi ikkita chegaraviy qiymat va mashinali o‘qitishga asoslangan ikki bosqichli usul ishlab chiqilgan;
mashinali o‘qitish algoritmlari asosida radiochastota spektrini zondlash hamda kanal holati bo‘yicha ikkilik tasniflagichning qaror qabul qilish aniqligini oshirish imkonini beruvchi gibrid model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kognitiv raioaloqa tizimlarida chastota spektrini samarali boshqarish usuli va modellari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mashinali o‘qitish algoritmlari asosida radiochastota spektrini zondlash hamda kanal holati bo‘yicha ikkilik tasniflagichning qaror qabul qilish aniqligini oshirish imkonini beruvchi gibrid model O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, Elektromagnit moslashuv markazi DUKga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 20-iyuldagi 34-8/4933-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida ajratilgan radiochastota polosalarida lisenziyalanmagan foydalanuvchi qurilmalarini aniqlash samaradorligini 10-15 %gacha oshirish, simsiz aloqa xizmatlariga taqsimlangan polosolardagi radiochastotalarning o‘zlashtirilishini baholash aniqligini 0,9995 gacha oshirish imkoni yaratilgan;
kognitiv radioaloqa tizimlarida spektr holati bo‘yicha samarali qaror qabul qilish va birlamchi tarmoqqa xalaqitlarni kamaytirish imkonini beruvchi ikkita chegaraviy qiymat va mashinali o‘qitishga asoslangan ikki bosqichli usul “UNICON.UZ” DUKga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 20-iyuldagi 34-8/4933-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida aloqa xizmatlariga taqsimlangan polosalardagi radiochastota spektridan foydalanishni tahlil qilish, radiospektrning bandligi, hamda alohida tarmoq va radiostansiyalar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish holatini yaxshilash, simsiz aloqa xizmatlariga taqsimlangan polosolardagi radiochastotalarning o‘zlashtirilishini baholash aniqligini 0,9995 gacha oshirish imkoni yaratilgan;
kognitiv sikl asosida radiochastota spektridan ikkilamchi foydalanish uchun radioaloqa tizimlarining kanallarni egallash va bo‘shatish, spektrni egallanmagan qismlarini aniqlash, signallarga shovqin qo‘shish va so‘ndirish jarayonlarini real vaqt mobaynida tadqiq qilish hamda spektrni ko‘p kanalli zondlash imkonini beruvchi model hamda radiochastotadan foydalanish samaradorligini oshirish uchun noto‘g‘ri signal ehtimolligi va teskari Q funksiya asosida kognitiv radioaloqa tizimlari signallarini zondlash chegaraviy qiymatini moslashuvchan sozlash imkonini taqdim etuvchi model “ONIX GROUP” MChJga joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 20-iyuldagi 34-8/4933-son ma’lumotnomasi). Natijada videokameralar va sensorlar tomonidan yig‘ilgan maʼlumotlar oqimlari simsiz tarmoq orqali lisenziyalangan radiochastota polosalarining asosiy foydalanuvchilar tomonidan egallanmagan qismlari orqali almashishga hamda modellarni Aqlli uy tizimining aloqa sathida joriy qilish orqali radiochastota spektridan foydalanish samaradorligini 5-8 %gacha oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish