Sayt test rejimida ishlamoqda

Tuychiev Bekzod Oromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fazoviy-vaqt signallariga fraktalli ishlov berish model va algoritmlari”, 05.04.02 –“Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3692.
Ilmiy rahbar: Davronbekov Dilmurod Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyorjon Ne’matovich, texnika fanlari doktori, professor;
Shaxobiddinov Alisher Shopatxiddinovich, PhD.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi troposfera qatlamida tarqalayotgan fazoviy-vaqt signallariga fraktalli ishlov berish model va algoritmlarini yaratishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
troposfera uchun fazo va vaqt o‘zgaruvchilarga bog‘liq fraktal o‘lchovlik asosida dielektrik singdiruvchanligi fluktuatsiyalarining modeli takomillashtirilgan hamda hisoblash algoritmi yaratilgan;
tarqalayotgan yassi elektromagnit to‘lqinga maydon kuchlanganligi, dielektrik singdiruvchanligi fluktuatsiyalari, halaqitlarning fazoviy ta’sirlarini o‘zgartirish operatori yordamida troposferaning nobirjinsligini talqin qiluvchi modeli ishlab chiqilgan;
elektromagnit maydon kuchlanganligi, dielektrik singdiruvchanlik fluktuatsiyasi, atmosferasidagi halaqitar hamda uzatish funksiyalari asosida fraktal troposferaning qabul qilish nuqtasidagi yassi to‘lqin maydoni kuchlanganligini aniqlovchi axborot-grafik modeli va uning tarkibidagi komponentlarning o‘zaro bog‘liqlik ifodasi ishlab chiqilgan;
Laplas almashtirishlar yordamida troposfera muhitining fraktalligini hisobga oluvchi  tushadigan yassi to‘lqin maydon kuchlanganligi, dielektrik singdiruvchanlik fluktuatsiyasi va halaqitlarning uzatish funksiyalar ifodalari hamda maydon kuchlanganligini hisoblash algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fazoviy-vaqt signallarga fraktalli ishlov berish model va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
troposfera uchun fazo va vaqt o‘zgaruvchilarga bog‘liq dielektrik singdiruvchanligi fluktuatsiyalarining fraktal o‘lchovlik asosida takomillashtirilgan modeli, fraktal troposfera muhitida tushadigan yassi to‘lqin, dielektrik singdiruvchanlik fluktuatsiyasi hamda halaqitarning uzatish funksiyalari va hisoblash algoritmlari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan UNICON.UZ DUKda tadqiqotlar o‘tkazish asosida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil    28-fevraldagi 33-8/1329-sonli maʼlumotnomasi). Natijada troposfera muhitida tarqatilayotgan signal xarakteristikalariga talablarni o‘rnatadigan davlat standartlarini yaratishda, qamrov hududlarni aniqlash usullarni ishlab chiqish va takomillashtirishda foydalanilgan;
troposferada tarqalayotgan yassi elektromagnit to‘lqinga dielektrik singdiruvchanligi fluktuatsiyalari, halaqit (shovqin)larning fazoviy ta’sirlar modeli, fraktal troposferada yassi elektromagnit to‘lqin tarqalish jarayoning axborot-grafik modeli va tarkibidagi komponentlarning o‘zaro bog‘liq ifodasi «O‘ZAERONAVIGASIYa» Markazi DUK Qarshi havo harakatini boshqarish hududiy bo‘linmasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” DUK Qashqadaryo radioteleuzatish markazida kuzatuv nuqtasida signalning spektral xarakteristikalarini aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 28-fevraldagi 33-8/1329-sonli maʼlumotnomasi). Natijada kuzatuv nuqtasida uzatilgan signalning spektral xarakteristikalarini aniqlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishini fraktallar yordamida modellashtirish dasturiy mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tassarufidagi korxonalarda, xususan “UNICON.UZ” DUKda va “O‘ZAERONAVIGASIYa” Markazi DUK Qarshi havo harakatini boshqarish hududiy bo‘linmasida elektromagnit to‘lqinlarning tarqalishini hisoblash, signal xarakteristikalarini kuzatish hamda hisoblash jarayonlarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023 yil 28-fevraldagi 33-8/1329-sonli maʼlumotnomasi). Natijada modellashtirishda hisoblash jarayoni 1,3-1,5 barobarga tezlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish