Sayt test rejimida ishlamoqda

Mirzaxalilova Azizaxon Alisherovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmui korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt1018.
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika majmuasini barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalarning energetika resurslariga erishish imkoniyatlaridagi tengsizlikni bartaraf etish, energiya resurslari institutlarini rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilishning “energetika trillemisi”ga ko‘ra yoqilg‘i-energetika majmuini barqaror rivojlantirishning energiyani tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha “yashil” loyihalarni amalga oshirish shartlari asoslab berilgan;
yoqilg‘i-energetika majmui korxonalarida innovasion loyihani amalga oshirishda innovasion faollikni yuqori (Ky=0,75), o‘rta (Ko‘=0,5) va quyi (Kq=0,25) chegarasida optimal baholashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
yoqilg‘i-energetika majmuasi sub’ektlari va «jami talab» manfaatlarining muvofiqlashtirish darajasini aniqlashga ko‘ra barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishlari amaldagi va uzoq muddatli barqaror omillar differensiyasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qodir elektr energiyasi va yoqilg‘i resurslarini ishlab chiqarishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmui korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
mintaqalarning energetika resurslariga erishish imkoniyatlaridagi tengsizlikni bartaraf etish, energiya resurslari institutlarini rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilishning “energetika trillemisi”ga ko‘ra mamlakat yoqilg‘i-energetika majmuini barqaror rivojlantirishning energiyani tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha “yashil” loyihalarni amalga oshirish shartlari yuzasidan bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023 yil 18 dekabrdagi 02-18-7957-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga mamlakatning chekka hududlaridagi aholi xonadonlari va korxonalarining energiya resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida mavjudlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashni qayta guruhlash va yangi hududiy ishlab chiqarish quvvatlarini joriy etish imkonini bergan;
yoqilg‘i-energetika majmui korxonalarida innovasion loyihani amalga oshirishda innovasion faollikni yuqori (Kyu=0,75), o‘rta (Ko‘=0,5) va quyi (Kq=0,25) chegarasida optimal baholash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan 2020 yil 8 iyunda tasdiqlangan “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023 yil 18 dekabrdagi 02-18-7957-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligiga tabiiy resurslar qiymatini real iqtisodiy baholashni hisobga olish yoqilg‘i-energetika majmuasiga investisiyalar samaradorligini oshirish hamda yoqilg‘i-energetika ob’ektlarida yangi investisiya loyihalari samaradorligini baholashda zarur o‘zgartirishlar kiritish imkonini bergan;
yoqilg‘i-energetika majmuasi sub’ektlari va «jami talab» manfaatlarining muvofiqlashtirish darajasini aniqlashga ko‘ra barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘nalishlari amaldagi va uzoq muddatli barqaror omillar differensiyasiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha bergan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023 yil 18 dekabrdagi 02-18-7957-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat, jamiyat va yoqilg‘i-energetika majmuasida faoliyat ko‘rsatuvchi sub’ektlar manfaatlarining “muvofiqlashtirish darajasini” aniqlashga va shu asosda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni ta’minlovchi davlat ta’sir choralarini asoslashga imkon bergan;
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika majmuasining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qodir elektr energiyasi va yoqilg‘i resurslarini ishlab chiqarishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan 2020 yil 30 martda tasdiqlangan “2030 yilgacha elektr energiyasi ta’minotini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun chora-tadbirlar rejasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2023 yil 18 dekabrdagi 02-18-7957-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligiga 2030 yilgacha bo‘lgan davrda yoqilg‘i-energetika majmuasini rivojlantirish prognozini to‘g‘irlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish