Toxtaeva Dono Maxmudjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bemor bolalarni ambulator va uy sharoitidagi xamshiralik parvarishini takomillashtirish”, 14.00.23-Xamshiralik ishini tashkil etish (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2024.1.PhD/Tib2942.
Ilmiy rahbar: Ubaydullaeva Sevara Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xudoyqulova Gul`nora Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi6 nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ambulator-poliklinik sharoitida bolalardagi qandli diabet kasalligini asoratlanishini oldini olish uchun tibbiy brigada xamshiralari tomonidan o‘tkaziladigan profilaktik tadbirlarni tashkil qilishni takomillashtirish bo‘yicha, tibbiy va tashkiliy chora-tadbirlarni ilmiy asoslash va amalga oshirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar va o‘smirlarda QD ning rivojlanishida 43% holatlarda irsiy moyillik, 45,4% holatlarda bolalar va o‘smirlarda qandli diabet kasalligining rivojlanishida oilalarda ovqatlanishni tartibsizligi, oziq-ovqat tarkibida qandli diabetning 1-turini keltirib chiqaruvchi transyog‘lar va uglevodlar ko‘pligi hamda ularni yangi kasallanish holatlariga ta’siri 2,8 barobarga oshganligi, kasallik asoratlaridan polineyropatiyani rivojlanishi 4 barobarga oshganligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan maxsus parvarish va nazorat usullarining QDning 1-turi bilan kasallangan bolalarda qo‘llanilishi qondagi qand miqdorini dekompensatsiya davridagi bolalar orasida 14,1±0,73 dan 12,5 ±1,21 gacha, o‘smirlar orasida 13,3±0,77 dan, 8,9±0,95 gacha kamaytirishi va qondagi HbA1c (glikirlangan gemoglobin) miqdorini bolalarda 9,2±0,60 dan 9,0±0,44 gacha, o‘smirlarda esa 10,5±0,61dan 8,7±0,29 gacha kamaytirishi orqali klinik jihatdan hayot sifatining yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan;
bolalarda QDning ikkilamchi profilaktikasi uchun ishlab chiqilgan xarakat algoritmini hamshiralar tomonidan birlamchi tibbiyot tizimida qo‘llash orqali bemorlarning qonida qand va glikirlangan gemoglobin miqdorlarining me’yorlashishi, hayotiy faolligini oshishi, psixologik holatining yaxshilashishi, ijtimoiy moslashuvchanligini yuzaga kelishi isbotlangan;
oilaviy hamshiralarni QD bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarni uy sharoitida parvarish qilish bo‘yicha o‘quv kurslarida muvozanatlashtirilgan taomnoma asosida oziqlantirish hamda o‘z-o‘zini parvarishlash bo‘yicha maqsadli tayyorlash, QDni ikkilamchi profilaktikasi chora-tadbirlari algoritmidan foydalanish, bemorlarda asoratlarning oldini olish va umumiy holatining yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 17 oktyabrdagi №03/108-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 27 noyabrdagi 03/2561-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bolalar va o‘smirlarda QD ning rivojlanishida 43% holatlarda irsiy moyillik, 45,4% holatlarda bolalar va o‘smirlarda qandli diabet kasalligining rivojlanishida oilalarda ovqatlanishni tartibsizligi, oziq-ovqat tarkibida qandli diabetning 1-turini keltirib chiqaruvchi transyog‘lar va uglevodlar ko‘pligi hamda ularni yangi kasallanish holatlariga ta’siri 2,8 barobarga oshganligi, kasallik asoratlaridan polineyropatiyani rivojlanishi 4 barobarga oshganligi Toshkent shahar Mirobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha 23.10.2023 yildagi №1295-14-199-TB/2023-sonli hamda Toshkent viloyati Endokrinologiya dispanserida 20.10.2023 yildagi №50-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikni ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan tibbiy tadbirlarning joriy etilishi bolalar va o‘smirlar orasida qandli diabet 1-turi va yangi kasallanish holatlarida ko‘rsatiladigan ijtimoiy samaradorlikni oshirishga olib keladi, tibbiy brigada hamshiralarini «profilaktika maktab»larida o‘qitish asosida oilaviy tibbiyot xamshiralarining bilimini sezilarli darajada oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tibbiy brigada hamshiralarini «profilaktika maktab»larida o‘qitish orqali oilaviy tibbiyot hamshiralarining bilim darajasini oshishi natijasida bemor bolalarda gipo- va giperglikemiya holatlarini kuzatilishi 17% ga pasaygan, bu o‘z navbatida bemorlarni kasalxonaga tushish chastotasini kamaytirgan. QD1-turi bilan kasallangan bemorlarni parvarishlashda ushbu to‘g‘ri tanlangan usulini qo‘llash, 14 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 30.899.700 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tibbiy brigada hamshiralarini «profilaktika maktab»larida o‘qitish asosida oilaviy tibbiyot hamshiralarining bilim darajasini oshishi qandli diabet bilan kasallangan bolalarni kasalxonaga tushish chastotasini kamayishi orqali 1 nafar kasallangan bemorlarga nisbatan to‘g‘ri taktikani olib borish 1 nafar bemor bola hisobiga 1.626.300 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan maxsus parvarish va nazorat usullarining QDning 1-turi bilan kasallangan bolalarda qo‘llanilishi qondagi qand miqdorini dekompensatsiya davridagi bolalar orasida 14,1±0,73 dan 12,5 ±1,21 gacha, o‘smirlar orasida 13,3±0,77 dan, 8,9±0,95 gacha kamaytirishi va qondagi HbA1c (glikirlangan gemoglobin) miqdorini bolalarda 9,2±0,60 dan 9,0±0,44 gacha, o‘smirlarda esa 10,5±0,61dan 8,7±0,29 gacha kamaytirishi orqali klinik jihatdan hayot sifatining yaxshilanishiga olib kelishi Toshkent shaxar Mirobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 1295-14-199-TB/2023-sonli xamda Toshkent viloyati Endokrinologiya dispanserida 20.10.2023 yildagi №50-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikni ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan maxsus parvarish va nazorat usullarining qo‘llanilishi va hamshiralar tomonidan yuritiladigan kundalikni yo‘lga qo‘yilishi birlamchi tibbiy sanitariya muassasalarida qandli diabet 1-turi bilan kasallangan bolalarni nazorat qilinishini takomillashtiradi, xavf omillari rivojlanishini oldini oladi va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1-turdagi QD bilan kasallangan bolalarni oila hamshiralari tomonidan parvarish qilish (oila tibbiyot xamishiralarini «Profilaktika maktablarida o‘qitish», muvozanatlashtirilgan «Taomnoma», qandli diabet bilan kasallangan bolalarni parvarishlashda «Xamshiralar parvarish kundaligi»ni yuritilishi) orqali bemorlarga to‘g‘ri davo vositalari qo‘llanilgan va bemorlarda gipoglikemiya va giperglikemiya xolatlari sezilarli darajada bartaraf etilgan. Bemorlarda bunday parvarish usullarini olib borilishini tanlash bemorni shifoxonaga tushishini kamayishi imkonini beradi. Bunda bemorninig statsionarda davolanishi uchun sarf qilinadigan harajati va shuni xisobiga bir nafar bemorga sarf qilinadigan xarajati 62 nafar bemorga 100.830.600 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Tibbiy brigada xamshiralar uchun «Profilaktika maktablari» o‘quv mashg‘ulotlari, «Xamshiralik parvarish kundaligi» va muvozanatlashtirilgan «Taomnoma» ishlab chiqilganligi bolalar va o‘smirlar orasida qandli diabetning 1-turini asoratlarini kamayishiga olib kelganligi orqali 1 nafar bemor bola hisobiga 1.626.300 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda QDning ikkilamchi profilaktikasi uchun ishlab chiqilgan xarakat algoritmini hamshiralar tomonidan birlamchi tibbiyot tizimida qo‘llash orqali bemorlarning qonida qand va glikirlangan gemoglobin miqdorlarining me’yorlashishi, hayotiy faolligini oshishi, psixologik holatining yaxshilashishi, ijtimoiy moslashuvchanligini yuzaga kelishi Toshkent shahar Mirobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 1295-14-199-TB/2023-sonli xamda Toshkent viloyati Endokrinologiya dispanserida 20.10.2023 yildagi №50-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvlardan samarali foydalanish erta bolalik davridagi nogironlik sonini kamaytiradi, jismoniy faollikni oshiradi, ota-onalar tomonidan bolalarni parvarishlashga bo‘lgan gipertalabni kamaytiradi, hayot sifatini oshiradi, psixologik holatini yaxshilaydi va ijtimoiy moslashuvchanlikni yuzaga keliradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemor bolalarni parvarishlashda tibbiy brigada hamshiralari uchun ishlab chiqilgan xarakat algoritmini xamshiralar tomonidan birlamchi tibbiyot tizimida qo‘llash orqali bemorlarni qonida qand va glikirlangan gemoglobin miqdorlarining me’yorlashishi, hayotiy faolligini oshishi, psixologik holatining yaxshilashishi, ijtimoiy moslashuvchanligini yuzaga kelishi orqali bemorni shifoxonaga tushish chastotasi kamayishi imkonini beradi va shuni xisobiga 62 nafar bemorga 100.830.600 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: : bemor bolalarni parvarishlashda tibbiy brigada hamshiralari uchun ishlab chiqilgan xarakat algoritmini xamshiralar tomonidan birlamchi tibbiyot tizimida qo‘llash orqali bemorlarni qonida qand va glikirlangan gemoglobin miqdorlarining me’yorlashishi, hayotiy faolligini oshishi, psixologik holatining yaxshilashishi, ijtimoiy moslashuvchanligini yuzaga kelishi orqali 1 nafar bemor bola hisobiga 1.626.300 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: oilaviy hamshiralarni QD bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarni uy sharoitida parvarish qilish bo‘yicha o‘quv kurslarida muvozanatlashtirilgan taomnoma asosida oziqlantirish hamda o‘z-o‘zini parvarishlash bo‘yicha maqsadli tayyorlash, QDni ikkilamchi profilaktikasi chora-tadbirlari algoritmidan foydalanish, bemorlarda asoratlarning oldini olish va umumiy holatining yaxshilanishiga olib kelishi Toshkent shaxar Mirobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bo‘yicha 23.10.2023 yildagi 1295-14-199-TB/2023-sonli xamda Toshkent viloyati Endokrinologiya dispanserida 20.10.2023 yildagi №50-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oilaviy hamshiralarni QD bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarni uy sharoitida parvarish qilish bo‘yicha o‘quv kurslarida muvozanatlashtirilgan taomnoma asosida oziqlantirish hamda o‘z-o‘zini parvarishlash bo‘yicha maqsadli tayyorlash, bemor bolalar va ota-onalarni bilim darajasini sezilarli darajada oshiradi, ota-ona va bemor bolalarni tibbiy brigada hamshiralari bilan yanada ko‘proq muloqotda bo‘lishni ta’minlaydi, bemorlarni hamshiralarga bo‘lgan ishonchini orttiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: oilaviy hamshiralarni QD bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarni uy sharoitida parvarish qilish bo‘yicha o‘quv kurslarida muvozanatlashtirilgan taomnoma asosida oziqlantirish hamda o‘z-o‘zini parvarishlash bo‘yicha maqsadli tayyorlash ularni tibbiy brigada hamshiralari tomonidan ambulator va uy sharoitida parvarish qilinishini kompleks davo jarayonida qo‘llanilishi dori-darmon bilan davolash kursini kamaytirib, shifoxona xisobiga sarf qilingan xarajatlar to‘lov miqdorini 62 nafar bemorga bir yilda 100.830.600 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: oilaviy hamshiralarni QD bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarni uy sharoitida parvarish qilish bo‘yicha o‘quv kurslarida muvozanatlashtirilgan taomnoma asosida oziqlantirish hamda o‘z-o‘zini parvarishlash bo‘yicha maqsadli tayyorlash, QDni ikkilamchi profilaktikasi chora-tadbirlari algoritmidan foydalanish, bemorlarda asoratlarning oldini olish va umumiy holatining yaxshilanishi orqali 1 nafar bemor bola hisobiga 1.626.300 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.