Porubay Oksana Vitalevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noaniqlik sharoitida elektr energetika obektlarida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni intellektuallashtirish”, 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3890.
Ilmiy rahbar: Siddikov Isomidin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc. 03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Baratov Dilshod Xamidullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektr energiya tizimlarining ish rejimlarini intellektuallashgan boshqarishning neyro-analitik modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr energetika tizimlari faoliyatining xususiyatlari va unga g‘alayon ta’sirlarni kompleks hisobga olish imkonini beruvchi tizimni ish rejimlarini boshqarishning neyro-analitik tarmoq modeli ishlab chiqilgan;
elektr energetic ob’ektlarinig neyro-analitik modeli arxitekturasini taminlash, o‘qitish va vazn koeffisientlarini hisoblashda gradientning teskari tarqalish va eng kichik kvadratlar usullarini gibrid qo‘llash asosida elektr energetika ob’ektlarini boshqarish tizimining neyro-analitik modelini o‘qitish vaqtini qisqartirish va aniqligini oshirishning yuqori hisoblash samaradorligiga ega algoritmi ishlab chiqilgan;
energitika tizimlarining neyro-analitik tarmoq modeli asosida elektr quvvatini yo‘qotishni minimallashtirishga imkon beruvchi boshqarish tizimlari ish rejimlarini optimallash algoritmi ishlab chiqilgan;
elektr energetika tizimlari ish rejimlarini boshqarishda Smart Grid konsepsiyasi asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishning intellektuallashgan tizimini yaratishda tizimning muayyan ish sharoitlarida boshqaruv parametrlarini sozlashni adaptatsiyalash imkoniyati tufayli faol quvvat yo‘qotishlarining mutlaq qiymatini kamaytirish imkonini beruvchi LSM texnologiyasiga asoslangan innovatsion yondashuv taklif qilingan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot noaniqligi sharoitida elektr energiyasi oqimlarini optimallashtirish muammolarini hal qilish uchun dasturiy kompleksni ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
gradient va eng kichik kvadratlar usularini gibrid qo‘llash asosida elektr energetika tizimlari dinamik xususiyatlariga noaniq va kam uchraydigan omillarning ta’sirini hisobga olgan holda neyro-analitik tarmoqni o‘qitishning ishlab chiqilgan algoritmi “Qirguli elektr ta’minoti korxonasi”da joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023 yil 29 noyabrdagi 01-04-42/962-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qirguli shaharchasi elektr energiyasining umumiy sutkalik iste’molini 694,122 kVt ga kamaytirish imkonini bergan;
intellektual texnologiyalar usullarini qo‘llash asosida elektr energetika tizimlari ish rejimlarini optimallashtirish uchun ishlab chiqilgan algoritm “Qirguli elektr ta’minoti korxonasi”da joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023 yil 29 noyabrdagi 01-04-42/962-son ma’lumotnomasi). Natijada, bahor mavsumining bir choragida 01.03.2023 yildan 31.05.2023 yilgacha elektr energiyasining umumiy iste’molini 45117,93 kVt ga kamaytirish imkonini bergan;
ma’lumotlar noaniqligi sharoitida elektr energiyasi oqimlarini optimallashtirish muammosini hal qilishga mo‘ljallangan dasturiy majmua “Qirguli elektr ta’minoti korxonasi”da joriy etilgan (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2023 yil 29 noyabrdagi 01-04-42/962-son ma’lumotnomasi). Natijada, u taqsimlangan elektr energetika tizimlarida faol quvvat yo‘qotilishini minimallashtirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish