Masharipov Ikramjon Batirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy asoslarini rivojlantirish”, 23.00.02-Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Ss24
Ilmiy maslahatchi: Muqimjon Qirg‘izboev,siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti,  DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02.
Rasmiy opponentlar:
Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Mirzaaxmedov Kamoliddin Mansurjonovich,siyosiy fanlar doktori, dotsent.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Fuqarolik jamiyati rivojining zamonaviy bosqichida xalq bilan muloqat tizimining “qayta aloqa” fuqaro-davlat, mahalla-davlat, NNT-davlat, jamiyat-davlat mexanizmi orqali sifat va natijadorlikka erishishi barqaror jamiyatning sifat ko‘rsatkichi ekanligi ochib berilgan;
Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda o‘z-o‘zini boshqarish, jamoatchilik nazorati, milliy qadriyatlarga sodiqlik, manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash kabi yetakchi mexanizmlar asosidagi faoliyatining o‘sish nuqtasi sifatida belgilashi jamiyatda inson qadr-qimmatini yuksaltirish darajasiga xizmat qilishi ilmiy asoslab berilgan;
Davlat organlari jamoatchilik kengashlari tarkibining kamida 50 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatlariga o‘tkazish orqali fuqarolik jamiyati institutlari vakolatini oshirish taklif etilgan;
Fuqarolik jamiyati institutlariga oid huquqiy-normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash, ularni ekspertiza qilishda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘zaro ijtimoiy integrasiyalashuvida bipolyar (ikki qutbli) tizimga asoslanishi isbotlangan;
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy taraqqiyotning asosini belgilovchi muhim omili mulkdorlar qatlami (o‘rta sinf)ning huquqlari kafolatlarini ta’minlashning konkret va amaliy substansiya mexanizmlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-siyosiy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, nazariy va amaliy xulosalar, tavsiya va ishlanmalar asosida chiqarilgan:
fuqarolik jamiyati rivojining zamonaviy bosqichida xalq bilan muloqat tizimining “qayta aloqa” fuqaro-davlat, mahalla-davlat, NNT-davlat, jamiyat-davlat mexanizmi orqali sifat va natijadorlikka erishishi barqaror jamiyatning sifat ko‘rsatkichi ekanligi ochib berilganligi bilan bog‘liq taklif-tavsiyalari O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining saylovoldi kampaniyasini o‘tkazishga oid partiya markaziy kengashi ish rejasidagi “Yoʻl xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining 2024 yil 27 fevraldagi (02/05-17-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda siyosiy partiyalarning rolini oshirish uchun aralash turdagi saylov tizimiga o‘tishga doir hamda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlash va ularni elektorat bilan ishlash tizimini shakllantirishga qaratilgan faoliyatni kuchaytirishga xizmat qilgan.
davlat organlari jamoatchilik kengashlari tarkibining kamida 50 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatlariga o‘tkazish orqali fuqarolik jamiyati institutlari vakolatini oshirish taklifi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining 2024 yil 26 fevraldagi №BM-06/291-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi, fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirishni takomillashtirishda davlat boshqaruv organlari va nodavlat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-siyosiy muvozanatni shakllantirish asoslarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarda o‘z-o‘zini boshqarish, jamoatchilik nazorati, milliy qadriyatlarga sodiqlik, manfaatlar uyg‘unligini ta’minlash kabi yetakchi mexanizmlar asosidagi faoliyatining o‘sish nuqtasi sifatida belgilashi jamiyatda inson qadr-qimmatini yuksaltirish darajasiga xizmat qilishi ilmiy asoslab berilgan taklif va tavsiyalari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024 yil 27 fevraldagi /01/11-222-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora dasturlarining II yoʻnalishida belgilanganidek “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar targ‘iboti” 9-bandi “Yangi O‘zbekiston-xalqparvar davlat tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan islohatlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish borasidagi ustuvor vazifalar” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etishda taklif, tavsiya va xulosalardan foydalanishga xizmat qilgan.
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy taraqqiyotning asosini belgilovchi muhim omili mulkdorlar ijtimoiy qatlami (o‘rta sinf)ning huquqlari kafolatlarini ta’minlashning konkret va amaliy substansiya mexanizmlariga doir taklifidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat Muassasi “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan. (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi”ning 2024 yil 26 fevraldagi 04-36-288-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, ”Millat va ma’naviyat”, ”O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariylarini (2023-2024 yillar) tayyorlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish