Rahmatova Nargizaxon A’zamxonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash yo‘nalishlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit, (iqtisodiyot fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Iqt622.
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.133.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulov To‘lqin Sattarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nosirov Egamqul Ismoilovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Biznes maktabi
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalashning nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash samaradorligini oshirishga sanoatda qayta ishlanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kooperatsiyalar, ularga a’zo bo‘lgan uy xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlariga “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi”dan  yillik 1,4 foizda imtiyozli davr bilan uzoq muddatli kreditlar ajratish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
iqtisodiyotning sanoat tarkibini respublika hududida avval ishlab chiqarilmagan va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan mahalliy korxonalar bilan davlat organlari o‘rtasida o‘rta muddatli shartnoma tuzish yo‘li bilan kafolatli xarid tizimini joriy qilish orqali diversifikatsiyalash taklifi nazariy jihatdan asoslangan;
iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash bilan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni yangi mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarishni kasanachilik asosida tashkil qilayotgan sub’ektlarga asosiy va aylanma kapital xaridi uchun qilinadigan xarajatlarni qoplash uchun davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorinining 30 barobarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar ajratish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;  
iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish tarmog‘i tarkibini samarali diversifikatsiyalashga respublikada ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoshlarga bino va inshootlar uchun ijara xarajatlarining bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo‘lgan qismini davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekistonda milliy iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash yo‘nalishlari va ularni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash samaradorligini oshirishga sanoatda qayta ishlanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi klasterlar va kooperatsiyalar hamda ularga a’zo bo‘lgan uy xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektlariga yillik 1,4 foizda, imtiyozli davr bilan uzoq muddatli  kreditlar ajratish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PQ-4830 sonli “Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 iyundagi 20-10466-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi tarmog‘i tarkibini samarali diversifikatsiyalashga erishiladi;
iqtisodiyotning sanoat tarkibini respublika hududida avval ishlab chiqarilmagan va ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan mahalliy korxonalar bilan davlat organlari o‘rtasida o‘rta muddatli shartnoma tuzish yo‘li bilan kafolatli xarid tizimini joriy qilish orqali diversifikatsiyalash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi PQ-99 sonli “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 12 iyundagi 20-10466-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida milliy iqtisodiyotning tarmoq tarkibini diversifikatsiyalash orqali ichki bozorda narxlar keskin oshib ketishining va sun’iy tanqislik vujudga kelishining oldi olinadi, import hajmini kamayishiga va ichki bozor xarid qobiliyatining  oshishiga xizmat qiladi;  
iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash bilan tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni yangi mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarishni kasanachilik asosida tashkil qilayotgan sub’ektlarga asosiy va aylanma kapital xaridi uchun qilinadigan xarajatlarni qoplash uchun davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorinining 30 barobarigacha bo‘lgan miqdorda subsidiyalar ajratish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 22 iyuldagi 307-son “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 1-bandi b-qismi 2-xatboshini  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 11 sentyabrdagi 01/00-03/12-8610-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada kasanachilikni rivojlantirish asosida samarali bandlikni ta’minlash va shu orqali iqtisodiyot tarkibini diversifikatsiyalash jarayonlarini jadallashtirishga erishiladi;
iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish tarmog‘i tarkibini samarali diversifikatsiyalashga respublikada ushbu sohada tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan yoshlarga bino va inshootlar uchun ijara xarajatlarining bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo‘lgan qismini davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi 6208-sonli “Yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning 2-ilovasining 3-bandi  tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 11 sentyabrdagi 01/00-03/12-8610-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada yoshlarning samarali bandligini ta’minlash va iqtisodiyot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish, iqtisodiyotga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining tarkibini takomillashtirishga erishiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish