Shaislamova Muazzamxon Raximxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish masalalari», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti, (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1540.
Ilmiy maslahatchi: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:. Kasimova Fatima Tulkunovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimova Saodat Abdumuminovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft-gaz sanoat korxonalarining innovatsion-investision faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
telekommunikatsiya korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini baholash usuli  beshta  mezon asosida mualliflik ko‘rsatkichlari tizimidan iborat integral ko‘rsatkich asosida takomillashtirildi;
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda telekommunikatsiya korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini baholash integral ko‘rsatkichi asosida takomillashtirilgan innovatsion tizimni joriy etish algoritmi taklif qilingan;
iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida telekommunikatsiya korxonalarida pul to‘lovlari bilan bog‘liq muammolarni xal qilishga yo‘naltirilgan “elektron kalkulyator”ni yaratish va uni boshqarishni raqamlashtirish bo‘yicha dasturiy mahsulot ishlab chiqilgan;
 “O‘zbektelekom” AK innovatsion faoliyati samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni 2024-2028 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
telekommunikatsiya korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini baholashda  beshta  mezon asosida mualliflik ko‘rsatkichlari tizimidan iborat integral ko‘rsatkichni hisoblash usuli bo‘yicha takliflar “O‘zbektelekom” AK  faoliyatiga tatbiq qilingan («O‘zbektelekom» AKning 2021 yil 21 oktyabrdagi №-27-01-10/4519-raqamli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilish natijasida «O‘zbektelekom» AK   2022 yilda korxonaning innovatsion faoliyatini samaradorligini 10 % oshirishga imkon bergan;
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasida innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda telekommunikatsiya korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini baholash integral ko‘rsatkichi asosida takomillashtirilgan innovatsion tizimni joriy etish algoritmi “O‘zbektelekom” AK tomonidan tarmoq korxonalarini innovatsion faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2021 yil 21 oktyabrdagi №-27-01-10/4519-raqamli ma’lumotnomasi). Ushbu algoritmning joriy etilishi telekommunikatsiya korxonalari innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlarini optimallashtirish va shunga ko‘ra maqsadli chora-tadbirlarni tashkil qilinishda muayyan darajada xizmat qilgan;
Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida telekommunikatsiya korxonalarida pul to‘lovlari bilan bog‘liq muammolarni xal qilishga yo‘naltirilgan “elektron kalkulyator”ni yaratish va uni boshqarishni raqamlashtirish bo‘yicha dasturiy mahsulot “O‘zbektelekom” AK amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2021 yil 21 oktyabrdagi №-27-01-10/4519-raqamli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi intellektual mulk agentligining 12 noyabr 2021 yil № DGU13533 sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi intellektual mulk agentligining 10 may 2023 yil № DGU-25678 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi “O‘zbektelekom” AK korxonalari misolida pul to‘lovlari harakatini boshqarishni avtomatlashgan tizimini joriy etish orqali operativ ma’lumotlar va hisobotlarni shakllantirish imkoniyati vujudga keladi va natijada kompaniya va filiallarni moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanishga zamin yaratdi;
“O‘zbektelekom” AK innovatsion faoliyati samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbektelekom” AK tomonidan telekommunikatsiya sanoati korxonalarini innovatsion salohiyatini oshirish asosida strategik rivojlantirish va ishlab chiqishning asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2021 yil 21 oktyabrdagi №-27-01-10/4519-raqamli ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida telekommunikatsiya korxonalari innovatsion salohiyatini oshirish zaxiralarini aniqlash imkonini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish