Usmanova Nigina Marupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2150.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Rahmatullo Xidirovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Ziyod Niyazovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sharof  Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kitob savdosi xizmati samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kitob savdosi xizmatlari” iqtisodiy kategoriyasining mazmuni kitob mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan iste’molchilari o‘rtasidagi iqtisodiy faoliyat natijasini ayirboshlash hamda nomoddiy ne’mat iste’moliga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan iborat ikki tomonlama aloqani tashkil etish shakli sifatida takomillashtirilib, uning xalqaro va milliy iqtisodiyotdagi o‘rni aniqlangan;
kitob savdosi xizmati samaradorligini baholashda muayyan davr uchun aniqlanuvchi kitob mahsulotlari sotish hajmi (yalpi tushum) bilan bir qatorda ularning turlari (badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va h.k.) kesimidagi sotish hajmi ko‘rsatkichini hisobga olish asosida kitob savdosi sub’ektlari, jamiyat va iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish taklifi asoslangan;
kitob savdosi shoxobchalaridagi haridorlarning chakana buyurtmalari va talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlovchi hamda nashriyotlarga etkazuvchi “aniq talabga ega kitoblar savdosini tashkil etish” xizmatini yo‘lga qo‘yish asosida iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hamda kitob savdosi iqtisodiy samaradorligini baholash taklifi asoslangan;  
O‘zbekistonda nashr qilingan kitoblar va broshyuralar tirajining uzoq muddatli dinamikasi asosida har 1000 ta aholiga to‘g‘ri keladigan kitob nashrlari sonining 2029 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kitob savdosi korxonalari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kitob savdosi xizmatlari” iqtisodiy kategoriyasining mazmuni kitob mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan iste’molchilari o‘rtasidagi iqtisodiy faoliyat natijasini ayirboshlash hamda nomoddiy ne’mat iste’moliga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan iborat ikki tomonlama aloqani tashkil etish shakli sifatida takomillashtirilib, uning xalqaro va milliy iqtisodiyotdagi o‘rni aniqlashga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Birlashish va qo‘shib olish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi talabalarda kitob mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan iste’molchilari o‘rtasidagi iqtisodiy faoliyat natijasini ayirboshlash hamda nomoddiy ne’mat iste’moliga bo‘lgan ehtiyojni qondirishdan iborat ikki tomonlama aloqani tashkil etish shakli sifatidagi “kitob bozori”, “kitob savdosi”, “kitob savdosi xizmatlari” tushunchalarining mazmuni bo‘yicha kengroq nazariy bilimlarni shakllantirish imkonini bergan;
kitob savdosi xizmati samaradorligini baholashda muayyan davr uchun aniqlanuvchi kitob mahsulotlari sotish hajmi (yalpi tushum) bilan bir qatorda ularning turlari (badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va h.k.) kesimidagi sotish hajmi ko‘rsatkichini hisobga olish asosida kitob savdosi sub’ektlari, jamiyat va iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan korxonalar, jumladan O‘zkitobsavdo AJning amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023 yil 05 dekabrdagi 9/05-30-15738-son ma’lumotnomasi). Buning amaliyotga joriy qilinishi kitob savdosi xizmatini ko‘rsatuvchilar tomonidan kitob mahsulotlari turlari kesimidagi sotish hajmi ko‘rsatkichini hisobga olish asosida iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoni yaratilgan;
kitob savdosi shoxobchalaridagi xaridorlarning chakana buyurtmalari va talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlovchi hamda nashriyotlarga etkazuvchi “aniq talabga ega kitoblar savdosini tashkil etish” xizmatini yo‘lga qo‘yish asosida iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hamda kitob savdosi iqtisodiy samaradorligini baholash taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan korxonalar, jumladan O‘zkitobsavdo AJning amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023 yil 05 dekabrdagi 9/05-30-15738-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi xaridorlarning chakana buyurtmalari va talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nashriyotlarga etkazish asosida iste’molchilarning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hamda kitob savdosi hajmini oshirish imkonini bergan;
O‘zbekistonda nashr qilingan kitoblar va broshyuralar tirajining uzoq muddatli dinamikasi asosida har 1000 ta aholiga to‘g‘ri keladigan kitob nashrlari sonining 2029 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lgan korxonalar, jumladan O‘zkitobsavdo AJning amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2023 yil 05 dekabrdagi 9/05-30-15738-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy qilinishi kitob savdosi  xizmatlari sifati va samaradorligining istiqbolini belgilash va “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish