Yalgashev Bunyod Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand vohasi etnomadaniyatining evolyusiyasi va o‘ziga xos xususiyatlari (falsafiy-madaniy tahlil)”, 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyatshunoslik va madaniyat falsafasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal546.
Ilmiy rahbar: Nishanova Ozoda Djalolitdinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor; Bababekov Akbar Dovurbaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand vohasi etnomadaniyatining evolyusiyasi va o‘ziga xos xususiyatlarini falsafiy-madaniy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etnomadaniyatning o‘z mohiyatini saqlab qolish bilan bir qatorda aholi migratsiyasi, globallashuv, texnologik taraqqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi, sivilizatsiyalar to‘qnashuvi, demografik tendensiyalar kabi ijtimoiy-tarixiy jarayonlar ta’sirida tashqi integratsion aloqalariga ega sistema sifatida transformatsiya va modernizatsiyalashishga moyil voqelik ekani asoslangan;
Samarqand vohasi etnomadaniyati o‘z tarixiy-madaniy paradigmalariga ega ijtimoiy-madaniy fenomen ekanligi asoslanib, vohadagi tojik, eroniy, tatar, arman, rus, arab kabi turli etnik guruhlar madaniyati titul millat bilan integratsiyaga kirishishi, ularning mental, komplekslik, sinkretiklik, universallik, o‘zgaruvchanlik xususiyatlari asosida ochib berilgan;
Samarqand vohasi etnomadaniyatining aksiologik va praksiologik xususiyatlari hamda uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan etnoslarning o‘zaro madaniy integratsiyasi, tarixiy qismatning umumiyligi, voha hududi bo‘yicha joylashuvidagi demografik balansi, ijtimoiy norma va qadriyatlar, lingvistik, etnoma’naviy va diniy e’tiqod kabi etnosotsial omillar, etnoslar etnomadaniyatidagi o‘zaro ob’ektiv aloqadorlik, umumiylik va ayrimlik, xususiylik, mental farq asoslangan;
Samarqand etnomadaniyati identiklikni saqlab qolishga qaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribalari orqali madaniy paradigmalarni asrashi, diaxron aloqalari hamda tipologik xususiyatlariga ko‘ra gnoseologik funksiyasi asosida milliy ongni shakllantirish omili ekanligi, diffuzionizm, baynalmilallashuv va vorisiylik tamoyilining etnogenetik jihatdan milliy taraqqiyotga pozitiv ta’siri ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand vohasi etnomadaniyatining evolyusiyasi va o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
etnomadaniyatning o‘z mohiyatini saqlab qolish bilan bir qatorda aholi migratsiyasi, globallashuv, texnologik taraqqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi, sivilizatsiyalar to‘qnashuvi, demografik tendensiyalar kabi ijtimoiy-tarixiy jarayonlar ta’sirida tashqi integratsion aloqalariga ega sistema sifatida transformatsiya va modernizatsiyalashishga moyil voqelik ekaniga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasining II bob “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida yoshlar siyosatini muvofiqlashtirish, mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish” yo‘nalishining 13 va 25-bandlari ijrosi doirasidagi “Mahallalarda madaniyat va san’atni targ‘ib qilish” hamda “Internet tarmog‘ida O‘zbek milliy kontentini rivojlantirish dasturini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash” mavzusidagi tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 16-avgustdagi 4-13-21-2294-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar mamlakatimiz hududlaridagi yoshlarning ma’naviy-madaniy salohiyatini oshirish, ularning dunyoqarashida milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimizga sadoqat g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
Samarqand vohasi etnomadaniyati o‘z tarixiy-madaniy paradigmalariga ega ijtimoiy-madaniy fenomen ekanligi asoslanib, vohadagi tojik, eroniy, tatar, arman, rus, arab kabi turli etnik guruhlar madaniyati titul millat bilan integratsiyaga kirishishi, ularning mental, komplekslik, sinkretiklik, universallik, o‘zgaruvchanlik xususiyatlari asosida ochib berilgan ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 19-sentyabrdagi 14-08-2129-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni yanada mustahkamlashga, turli millat vakillarining o‘ziga xos madaniyatini o‘z ichiga olgan yagona o‘zbek etnomadaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Samarqand vohasi etnomadaniyatining aksiologik va praksiologik xususiyatlari hamda uning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan etnoslarning o‘zaro madaniy integratsiyasi, tarixiy qismatning umumiyligi, voha hududi bo‘yicha joylashuvidagi demografik balansi, ijtimoiy norma va qadriyatlar, lingvistik, etnoma’naviy va diniy e’tiqod kabi etnosotsial omillar, etnoslar etnomadaniyatidagi o‘zaro ob’ektiv aloqadorlik, umumiylik va ayrimlik, xususiylik, mental farq asoslanganligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat muassasasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022-yilda efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” hamda “Tarix va yangi talqin” ko‘rsatuvlarining “Samarqand voha madaniyatining yoshlar ma’naviyatiga ta’siri” hamda “Samarqand – ziyorat turizmi maskani” mavzusidagi sonlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat muassasasining 2023-yil 1-avgustdagi 02-06-1147-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar “O‘zbekiston tarixi” telekanali dasturlarini Samarqand vohasi etnomadaniyati haqidagi yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyishiga hamda aholining etnomadaniy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini kuchayishiga xizmat qilgan;
Samarqand etnomadaniyati identiklikni saqlab qolishga qaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribalari orqali madaniy paradigmalarni asrashi, diaxron aloqalari hamda tipologik xususiyatlariga ko‘ra gnoseologik funksiyasi asosida milliy ongni shakllantirish omili ekanligi, diffuzionizm, baynalmilallashuv va vorisiylik tamoyilining etnogenetik jihatdan milliy taraqqiyotga pozitiv ta’siriga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 7-dekabrdagi 648-son buyrug‘iga asosan nashr etilgan “Etnomadaniyat” nomli o‘quv qo‘llanmada hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, markazning 2023-yil chora-tadbirlar dasturining VIII yo‘nalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 41-bandi “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 30-oktyabrdagi 4/17-4/4-10024-son hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 7-avgustdagi 02-22/750-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar “Etnomadaniyat” o‘quv qo‘llanmasini Samarqand vohasiga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyishi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, shuningdek targ‘ibot ishlarining samaradorligini ortishiga xizmat qilgan.