Zaynutdinova Dilnoza Kaxramonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shaharlarning ekologik holatini tadqiq qilishning ijtimoiy-geografik jihatlari (Samarqand shahri misolida)», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Gr195.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Rahmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Mavlonov Axmadjon Muhamadovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand shahrining ekologik holatini baholash, prognoz qilish hamda aholi salomatligini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand shahri nozogeografik holati ekologik monitoring, ekspert hamda sotsiologik so‘rov tadqiqotlari orqali baholangan;
Samarqand shahri ekologik holati va aholi kasalliklarining hududiy tarkibi baholangan, ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
aholi salomatligini hisobga olgan holda Samarqand shahrining 2027- yilgacha ekologik holati prognozi ishlab chiqilgan;
ilk marotaba yaratilgan O‘zbekiston Respublikasining tibbiy geografik atlasi tarkibida aholining kasallanishi va atmosfera havosining ifloslanishini asoslovchi 1:4000 000 masshtabli turkum kartalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaharlarning ekologik holatini tadqiq qilishning ijtimoiy-geografik jihatlari (Samarqand shahri misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Samarqand shahri nozogeografik holatini ekologik monitoring, ekspert hamda sotsiologik so‘rov usullari orqali baholashga oid natijalardan shaharda mavjud oilaviy poliklinikalar kesimida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish chora-tadbirlaridan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 15-dekabrdagi 05-38/29059 - son ma’lumotnomasi). Natijada, shahar hududidagi aholi salomatligini kompleks baholashda rasmiy statistik ma’lumotlardan tashqari sotsiologik ma’lumotlardan ham foydalanish imkonini bergan;
Samarqand shahri ekologik holati va aholi kasalliklarning hududiy tarkibi baholash va ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikdan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 05-38/29059 - son ma’lumotnomasi). Natijada, oilaviy poliklinikalar kesimida ekologik holat va aholi salomatligi, shuningdek xizmat ko‘rsatish sohalari holatini manzilli baholash imkonini bergan;
aholi salomatligini hisobga olgan holda Samarqand shahri ekologik holatining 2027- yilgacha ishlab chiqilgan prognozi asosida Samarqand shahri ekologik holati va aholisining salomatlik darajasini hamda kasalliklar tarkibida yetakchilik qiluvchi guruhlarni aniqlash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 05-38/29059-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular asosida Samarqand shahrida istiqbolli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yoʻlga qo‘yishga imkon yaratildi;
O‘zbekistonning tibbiy geografik atlasi tarkibida aholining kasallanishi va atmosfera havosining ifloslanishini ifodalovchi turkum kartalar hamda kasalliklar hududiy tarkibini asoslovchi tibbiy geografik ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 15 dekabrdagi 05-38/29059-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur shaharlar kesimida kasallik turlari bilan bog‘liq kartalarning ma’lumotlar bazasini boyitish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish