Djamalov Zohid Zafarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzum keki asosida ikkinchi avlod bioetanol ishlab chiqarish uchun ekologik xavfsiz kompleks texnologiyani ishlab chiqish” mavzusidagi 06.01.11 – “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4060
Ilmiy rahbar: Islamov Sohib Yaxshibekovich, Toshkent davlat agrar universiteti birinchi prorektori, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish Agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi dasturi doirasida, Qozon Federal universitetida Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Azizov Aktam Sharipovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, professor; Sagdullaeva Dilafruz Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiya va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bioetanol va lignogumin og‘itlar olish imkonini beradigan uzum turpalari asosida, kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish orqali atrof-muhit va ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor uzum turpasi asosida bioetanol BTII ishlab chiqarishning kompleks texnologiyasini batafsil tahlil qilish amalga oshirilgan;
nitrat kislota yordamida xom-ashyoga oldindan ishlov berish orqali Bioetanol BTII olish texnologiyasini optimallashtirishda o‘sish muhiti va MFK tarkibini ishlab chiqish, fermentativ gidroliz va alkagolli bijg‘ish jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida, matematik modellashtirish va uchburchakli 3D diagrammalari ishlab chiqilgan;
tajribada BTII bioyoqilg‘i ishlab chiqarish jarayonida sellyulaz faolligini namoyon qila oluvchi Saccharomyces oilasiga mansub Y-1693 hamirturush shtammlaridan foydalanish yuqori samara berishi isbotlangan;
ammoniy sulfat, kaliy monofosfat, xamirturush ekstrakti, kalsiy xlorid, magniy sulfat, benzilpenisillin kabi aktivator va minerallar bilan boyitilgan oziq muhitining tarkibi fermentatsiya jarayonida samarali natija berishi aniqlangan;
ilk bor fermentativ gidroliz va alkagolli bijg‘ishning kombinatsiyalangan jarayoni ishlab chiqilib, uzum turpalari asosida vujudga keladigan shakarli moddalar va bioetanol BTII samaradorligini tahlil qilishda uchburchakli 3D diagrammalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzum keki asosida ikkinchi avlod bioetanol ishlab chiqarish uchun ekologik xavfsiz kompleks texnologiyani ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
Uzumni qayta ishlash korxonalarida chiqindi sifatidagi turpasi asosida ikkinchi avlod bioetanol ishlab chiqarish ishlanmasi Jizzax viloyati, Zomin tumani, “Zomin Uzumzorlari Maydonlari” MChJ da 1 tonna uzum chiqindisiga nisbatan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi 06/27-06/69-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rentabellik 170% ni tashkil etgan.
Uzumni qayta ishlash korxonalarida chiqindi sifatidagi turpasi asosida ikkinchi avlod bioetanol ishlab chiqarish ishlanmasi Toshkent viloyati, Toshkent tumani “Meva-sharbat vinochilik eksperimental unitar korxona” ga 1 tonna uzum chiqindisiga nasbatan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi 06/27-06/69-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rentabellik 170% ni tashkil etgan.