Xafizov O‘ktam Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum bo‘r davri yotqiziqlarida kamyob er elementlari ma’danlashuvining geologik-genetik xususiyatlari va joylashuv sharoitlari (Quljuqtov tizmasi misolida)», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/GM211.
Ilmiy rahbar: Pirnazarov Majid Maxkamovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Qodirov Obidjon Shavkatovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quljuqtov tizmasi bo‘r davri yotqiziqlaridagi kamyob er elementlari ma’danlashuvining geologik-genetik xususiyatlari va joylashuv sharoitlarini o‘rganish, kompleks ma’danlashuvning mavjud omillarini takomillashtirish hamda yangilarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Quljuqtov tizmasiining janubiy qismidagi bo‘r davri yotqiziqlari kamyob er elementlari kompleks ma’danlashuvining potensial manbalari sifatida ajratilgan;
kamyob er elementlarining yuqori miqdorlari temir, marganes va fosforning anomal qiymatli intervallari bilan yagona makonda namoyon bo‘lishi aniqlangan;
quyi bo‘r davri yotqiziqlarida kamyob er elementlari yuqori miqdorlarining to‘planishi ularning paleozoy jinslaridan nurash po‘stlari bilan birga ko‘chirilishi bilan bog‘liq hamda ularning konsentratsiyasi ko‘p hollarda ion-sorbisiyali shaklda bo‘ladi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘r davri yotqiziqlarining geologik tuzilishi, ma’dandorligi va kamyob er elementlari ma’danlashuviga istiqbolli uchastkalarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Quljuqtov tog‘larini janubdan qamragan bo‘r davri yotqiziqlarining ma’danli foydali qazilmalarga mahsuldorligi bo‘yicha xulosalar «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 8 yanvardagi 08-0097-son ma’lumotnomasi). Natijada dala ekspedisiyalarining istiqboldagi rejalarida kamyob er elementlariga geologiya-qidiruv ishlari olib borish inobatga olingan;
bo‘r davrining cho‘kindi-terrigen qatlamlaridagi temir, fosfor va marganesning kamyob er elementlari ma’danlashuvi bilan yagona makonda namoyon bo‘lgani «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 8 yanvardagi 08-0097-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘r davri yotqiziqlaridagi temir ma’danlarini baholashda kamyob er elementlarini yo‘ldosh foydali komponent sifatida hisobga olish imkonini bergan;
xemogen-organogen ma’danlashuvning shakllanishi uchun qulay vaziyatlar bilan nazorat qilinuvchi kamyob er elementlariga istiqbolli maydonlar «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 8 yanvardagi 08-0097-son ma’lumotnomasi). Natijalar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining tizimosti tashkilotlarida Quljuqtov tizmasida kamyob er elementlarining kompleks ma’danlashuvi uchun geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilish zaruratini asoslash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish