Kattaeva Gulnoza Norqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orol dengizi qurigan tubi tuproq-grunt qoplamlarining genetik, ekologik-meliorativ xususiyatlari (g‘arbiy qismi misolida)» 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B855.
Ilmiy rahbar: Ismonov Abduvahob Jo‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Artiqova Xafiza To‘ymurodovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mirzambetov Abdurashit Bazarbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizini qurigan tubi tuproq-grunt qoplamlarining, genetik xossa-xususiyatlari va ekologik-meliorativ holatini aniqlash va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Orol dengizining qurigan tubida shakllanayotgan tuproq-gruntlarning «birlamchi» tuproq paydo bo‘lish jarayonlari profili morfo-genetik belgilarga ko‘ra ajratilgan;
avtomorf va gidromorf tuproq-gruntlarning sahrolanishi natijasida, transformatsiyasiga va sho‘rxoklarning paydo bo‘lishiga olib kelayotganligi asoslangan;
dengizning qurigan g‘arbiy qismida shakllanayotgan tuproq-gruntlarida singdirilgan natriy va magniyning ulushi sho‘rxoklarda tadqiqot olib borilgan tuproq-gruntlariga nisbatan ko‘pligi, hududning katta maydonida sho‘rtoblanish jarayonlarini keltirib chiqarayotganligi aniqlangan;
hududda shakllangan qoldiq botqoq, qoldiq o‘tloqi, taqirsimon va qumli cho‘l tuproqlarda umumiy tuzlar miqdori aniqlangan, sizot suvlari yuzaga yaqin kelgan hududlarda shakllanayotgan tipik sho‘rxoklardan, marsh sho‘rxoklari tomon tuzlarning zaxirasini ortib borishi ilmiy asoslangan;
dengizning qurigan tubi tuproq-gruntlaridagi sizot suvlari sathi, mineralizatsiyasi, sho‘rlanish ximizmi, gipotetik tuzlar tarkibidagi zaharli va zaharsiz tuzlar ulushi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orol dengizi qurigan tubining g‘arbiy qismida shakllangan tuproq-gruntlarni genetik va ekologik-meliorativ xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orol dengizi qurigan tubining 1273456,37 gektar er maydonida 1:200000 masshtabli «Tuproq-grunt xaritasi» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 03-iyul 01/01-2362-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartografik ma’lumot asosida hududni degradatsiyadan saqlash va qayta tiklash, muhofazalash hamda er resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlash imkonini bergan;
Orol dengizi qurigan tubining g‘arbiy qismini 1273456,37 gektar er maydonida 1:200000 masshtabli «Tuproq-grunt sho‘rlanish xaritasi» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 03-iyul 01/01-2362-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orol dengizi qurigan tubidagi gidromorf va avtomorf tuproq-gruntlarini meliorativ holatiga oid ma’lumotlar asosida, degradatsiyaga qarshi ihota-o‘rmonzorlarini barpo etishda hamda sho‘rlanganlik darajasiga ko‘ra joylashtirish imkonlarini yaratgan;
Orol dengizi qurigan tubining g‘arbiy 1273456,37 gektar er maydonida 1:200000 masshtabli «Zaharli tuzlar zaxirasi kartogrammasi» Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 03-iyul 01/01-2362-son ma’lumotnomasi). Natijada, zaharli tuzlar tarqalgan hududlar va er osti sizot suvlari sathini hisobga olgan holda ihota o‘rmonzorlari maydonlarini joylashtirish orqali hududning ekologik muvozanatni tiklashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish