Muminova Nilufar Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan, psixonevrologik buzilishlar bilan asoratlangan bemorlarda reabilitatsiya dasturining ahamiyati», 14.00.13-Nevrologiya va 14.00.12-Tibbiy reabilitologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib1697.
Ilmiy rahbarlar: Matmurodov Rustambek Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Visogorseva Olga Nikolaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ivanova Irina Ivanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan, psixonevrologik buzilishlar bilan asoratlangan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilishning individual kompleks dasturini ishlab chiqish va samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik va psixonevrologik buzilishlarini baholagan holda ambulator sharoitda shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya dasturi ishlab chiqilgan;  
turli psixologik, sun’iy faktorlar metodikasi va sharq tibbiyoti usullarini sindromal-patogenetik  ta’siri ilmiy asoslangan;
COVID-19 o‘tkazgan, psixonevrologik buzilishlar bilan asoratlangan bemorlarni ambulator sharoitda an’anaviy sharq tibbiyoti usullari yordamida shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya  dasturi ishlab chiqilgan;
ilk bor iglorefleksoterapiya (IRT) yordamida shaxsiylashtirilgan tibbiy reabilitatsiya dasturlarini qo‘llash va yoga, sigun va meditasiya elementlari bilan davolovchi jismoniy tarbiya usullarini ambulatoriya sharoitida izchil qo‘llash samarali ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:                    Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 13 noyabrdagi 11-23/55-x-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 19 yanvardagi 03-217-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik va psixonevrologik buzilishlarini baholagan holda ambulator sharoitda shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya dasturi ishlab chiqilgani 2-sonli Respublika klinik shifoxonasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; № I/sp-78), «Medical impuls» xususiy klinikasi bo‘yicha (05.06.2023 y.; №149) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarda klinik-funksional va psixonevrologik komponentlar o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni aniqlash xastalikni erta tashxislash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu usul tadbiq etilgunga qadar bemorlarning xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlarining o‘rtacha soni 10 kunni tashkil etgan; taklif etilgan diagnostik usulidan foydalanish natijasida Einv = (2676000-868800) x (5-3) x (20-12/100) x 0,6 x 59 / 5-3 = 38182847 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: psixonevrologik buzilishlari bor bemorlar bir yilda o‘rtacha 2 marta 10 kun davomida kasalxonada davolanishi kerak. Bir kunlik kasalxona xarajati 280 000 so‘m. Agar o‘z vaqtida samarali, differensiallashgan reabilitatsiya olib borilsa, bemorlarning yillik xarajati 2 martaga kamayadi, ya’ni yiligi ikki marta emas, balki bir marta kasalxonaa yotib davolanishi mumkin.  
ikkinchi ilmiy yangilik: turli psixologik, sun’iy faktorlar metodikasi va sharq tibbiyoti usullarini sindromal-patogenetik  ta’siri ilmiy asoslangani 2-sonli Respublika klinik shifoxonasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; № I/sp-78), «Medical impuls» xususiy klinikasi bo‘yicha (05.06.2023 y.; №149) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postkovid psixonevrologik sindromi mavjud bemorlar uchun reabilitatsiya dasturlarini individual tanlash orqali og‘ir asoratlar va bemorlar nogironligining oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazgan tekshiruvlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, postkovid psixonevrologik sindromidan aziyat chekayot bemorlarda TR usullarining analgetik, psixostimulyasiya qiluvchi  va umumiy tonik terapevtik ta’sirlarni shakllantirish orqali bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga olib keldi. Erishilgan natija postkovid sindromi patogenezining yetakchi bo‘g‘inlariga sindromik va patogenetik ta’siri tufayli beorlarning mehnatga layoqatsizlik kunlari qisqarib, Einv = (2676000-868800) x (5-3) x (20-12/100) x 0,6 x 59 / 5-3 = 38182847  so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: olingan natijalarga postkovid psixonevrologik sindromida ushbu usulning qo‘llanilishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 38182847 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Og‘riq, xavotir va depressiya kamayib, uyqu sifati, jismoniy ishlash, hamda mushaklar kuchining oshishi tufayli hayot sifati ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Yoshlar orasida nogironlikni qisqartiradi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini kamaytirish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan, psixonevrologik buzilishlar bilan asoratlangan bemorlarni ambulator sharoitda an’anaviy sharq tibbiyoti usullari yordamida shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya  dasturi ishlab chiqilganligi 2-sonli Respublika klinik shifoxonasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; № I/sp-78), «Medical impuls» xususiy klinikasi bo‘yicha (05.06.2023 y.; №149) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koviddan keyingi psixonevrologik asoratlari bo‘lgan bemorlarni an’anaviy sharq tabobati usullari yordamida reabilitatsiya o‘tkazilishi bemorlarda insomniya, asteniya, vahima va kognitiv buzilishlar kamayishi, hamda ruhiy barqarorligiga erishish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ambulator sharoitda an’anaviy sharq tibbiyoti usullari yordamida shaxsiylashtirilgan reabilitatsiya dasturini qo‘llash psixonevrologik kasalliklarning qaytalanishini kamaytirib, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi, hamda  har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 1 200 000 so‘mga tejaydi. Xulosa: bu usuldan foydalanish bemorlarda ambulatoriya sharoitida ham reabilitatsiya olib borish yo‘li orqali kognitiv buzilishlar, xavotirlilik va depressiv reaksiyalarni 43,7% ga kamaytirish imkonini beradi.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor iglorefleksoterapiya (IRT) yordamida shaxsiylashtirilgan tibbiy reabilitatsiya dasturlarini qo‘llash va yoga, sigun va meditasiya elementlari bilan davolovchi jismoniy tarbiya usullarini ambulatoriya sharoitida izchil qo‘llash samarali ekanligi isbotlanganligi 2-sonli Respublika klinik shifoxonasi bo‘yicha (15.06.2023 y.; № I/sp-78), «Medical impuls» xususiy klinikasi bo‘yicha (05.06.2023 y.; №149) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: iglorefleksoterapiya (IRT) yordamida tibbiy reabilitatsiya dasturlarini qo‘llash va yoga, sigun va meditasiya elementlari bilan davolovchi jismoniy tarbiya usullarini ambulatoriya sharoitida orqali depressiv buzilishlarni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan individual tibbiy reabilitatsiya dasturi kasalliklarning qaytalanish holatini 8,9 martaga kamaytirgan. Depressiv buzilishlarning klinik ko‘rinishini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini (HS) yaxshilash va postkovid sindromining klinik belgilarining og‘irligini kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: bu usuldan foydalanish bemorlarni shifoxonaga yotqizmasdan ham uy sharoitida reabilitatsiya olib borish yo‘li orqali sarflanadigan mablag‘ni 50% ga qisqartirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish