Bakiev Bekpulat Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sportchilarda tizza bo‘g‘imi lateral meniskning shikastlar va tizza osti mushagi payi entezopatiyalarining diagnostikasi va davolanishi”, 14.00.22-Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatiga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib90.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murod Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01
Rasmiy opponentlar: Umarov Fayzulla Xabibullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Hamraev Alisher Shaxobovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: tizza bo‘g‘imining lateral meniski shikastlanishi va tizza osti mushak payining entezopatiyasini o‘tkir, surunkali davriga ko‘ra diagnostikasi va jarohatlangan turini inobatga olib, xirurgik usulini yaratish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi jarohati bo‘lgan sportchilarda klinik (menisektomiyadan keyingi og‘riq sindromi, operatsiyadan oldingi og‘riqlarning yo‘qolmaganligi) va MRT, artroskopik tekshiruvlar yordamida, tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi gipertrofiyasi, shish, qisman yoki to‘liq nekrozlanganligini aniqlanishi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi jarohati bo‘lgan bemorlarni artroskopiya yordamida mushak payi jarohatlanganligi va to‘qimaning zararlanganligiga qarab, ishlab chiqilgan xirurgik davolash taktikasi tizza bo‘g‘imi faoliyatini erta tiklanishga yordam beradi, natijada asoratlar (og‘riq sindromi, artroz) va reoperatsiya amaliyotini oldini olinishi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi jarohatining o‘tkir davrida menisk tog‘ay to‘qimalari nekrozi rivojlanishi bilan birga kelmasligi, ikki oygacha bo‘lgan bemorlarda morfologik o‘zgarishlar, qisman kapsulaga birikkan qismida nekrozga uchragan menisk kollagan tolalari, oraliq moddasi, xondrotsitlarda reaktiv yallig‘lanish, regeneratsiyalanmagan tizza osti mushagi payida reaktiv patologik o‘zgarishlar bo‘lishi va jarohatlar surunkali kechganda ya’ni ikki oydan keyingi davrda, lateral meniskda dumaloq yadroli, yaqqol sitoplazmali xondrotsitlar to‘planishi, kollagen tolalar yumshalishi, mikronekrotik zonalar va fragmentatsiyasi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi erta tashxislanishi va jarohatning davriga qarab artroskopik davo usullarining qo‘llanilishi ya’ni jarohatning o‘tkir davrida, taqimosti mushak payining zararlangan qismini qisman sinovektomiyasi, jarohatning ikki oygacha bo‘lgan vaqtida, nekrozga uchragan menisk tolalari nekroektomiyasi, regeneratsiyalanmagan patologik o‘zgarishlar bo‘lgan tizza osti mushagi payini qisman olib tashlash va jarohat surunkali kechganda esa mikronekrotik zonalar va fragmentatsiyalar ektomiyasi amaliyotlarni bajarilishi tizza bo‘g‘imini anatomik, funksional holatlarga to‘liq tiklanishi va asoratlar kamayishi isbotlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2022 yil 9 sentyabrdagi dagi 8 n-r/962-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2023 yil 28 noyabrdagi 03/31-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi jarohati bo‘lgan sportchilarda klinik (menisektomiyadan keyingi og‘riq sindromi, operatsiyadan oldingi og‘riqlarning yo‘qolmaganligi), instrumental UTT, MRT va artroskopik tekshiruvlar yordamida, tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi gipertrofiyasi, shish, qisman yoki to‘liq nekrozlanganligini aniqlash Xorazm (18.05.2022 y.) va Samarqand (28.05.2022 y.) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • klinik mezonlarini (operatsiyadan oldingi og‘riqlarning yo‘qolmaganligi, menisektomiyadan keyingi og‘riq sindromi) ishlab chiqish erta tashxislash, erta patologik jarayonga shubha qilish va instrumental UTT, MRT, artroskopik tekshiruvlar yordamida, tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi gipertrofiyasi, shish, qisman yoki to‘liq nekrozlanganligini aniqlash, tizza bo‘g‘imi jarohatlarini to‘liq tashxislash imkoniyati tufayli 78,3% erta operatsiya muolajalarini tanlashga imkon beradi; • jarohatlarning o‘tkir va surunkali davrlarini aniqlanishi artroskopik xirurgik usullarni tanlash, qayta jarrohlik muolajasini amalga oshirishlar soni 89,2% gacha qisqartirishga imkon beradi; Taklif etilgan tekshirish usullaridan foydalanish tizza osti mushak payining entezopatiyasi va tizza bo‘g‘imi lateral meniskining shikastlanishini tashxislash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta tashxislashni boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyin operatsiya muolajalarni 2,0 oy erta amalga oshirish imkonini beradi. 2) Yuqorida keltirilgan mezonlar orqali operatsiyadan oldin jarohatlangan qismining qay darajada jarohatlanganligini e’tiborga olib operatsiya jarayonini aniqlashga imkon beradi. Xulosa: klinik, instrumental UTT, MRT artroskopiya yordami bilan tizza osti mushak payining entezopatiyasi va tizza bo‘g‘imi lateral meniskining shikastlanishini erta tashxislash, jarrohlik muolajasi hajmini aniqlash 1ta bemor uchun 4480000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi jarohati bo‘lgan bemorlarni artroskopiya yordamida mushak payi jarohatlanganligi va to‘qimaning zararlanganligiga qarab, ishlab chiqilgan xirurgik davolash taktikasi tizza bo‘g‘imi faoliyatini erta tiklanishga yordam beradi, natijada asoratlar (og‘riq sindromi, artroz) va reoperatsiya amaliyotini oldini olinishi; Xorazm (18.05.2022 y.) va Samarqand (28.05.2022 y.) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish oyoq o‘qini to‘g‘irlash, jarrohlik aralashuvi vaqtini qisqartirishi, erta reabilitatsiya boshlash va tizza bo‘g‘imlari funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 3,1% gacha kamaytirishga imkon beradi; • yumshoq to‘qimalarga kam jarohat etkazish, asoratlarning kamayishi, statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi, 91,2% yaxshi natijalar olish imkonini beradi; • taklif etilgan jarrohlik davolash usulidan foydalanish tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi jarohatini tashxislash va xirurgik davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada yotish davri uchun: - bemorning shifoxonada yotish muddatini 7 kundan 3 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 1mln 280 ming so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 320000 so‘mni tashkil qiladi). - qayta operatsiyasi bilan taqlid etilgan jarrohlik muolajasining farqi 1600000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - qayta operatsiya muolajasini ishlatmaslik esa o‘z navbatida farqi 7480000 so‘mni tashkil etadi. 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning sog‘lomlashish tezlashtiradi va nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: artroskop yordami tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi jarohati bo‘lgan bemorlarni, taqimosti mushak payi sinovektomiyasi, lateral menisk sinovmeniskektomiyasi qilish orqali amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti 1ta bemor uchun 7480000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi jarohatining o‘tkir davrida menisk tog‘ay to‘qimalari nekrozi rivojlanishi bilan birga kelmasligi, ikki oygacha bo‘lgan bemorlarda morfologik o‘zgarishlar, qisman kapsulaga birikkan qismida nekrozga uchragan menisk kollagan tolalari, oraliq moddasi, xondrotsitlarda reaktiv yallig‘lanish, regeneratsiyalanmagan tizza osti mushagi payida reaktiv patologik o‘zgarishlar bo‘lishi va jarohatlar surunkali kechganda ya’ni ikki oydan keyingi davrda, lateral meniskda dumaloq yadroli, yaqqol sitoplazmali xondrotsitlar to‘planishi, kollagen tolalar yumshalishi, mikronekrotik zonalar va fragmentatsiyasi Xorazm (18.05.2022 y.) va Samarqand (28.05.2022 y.) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • klinik, UTT, MRT, gistomorfologik va artroskopiya ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanib, tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi jarohati davolashning klinik, funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va tizza bo‘g‘imi funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi jarohatini diagnostikasi va uning morfologik tekshiruvlarga asoslanib qabul qilingan algoritmini UTT, MRT va artroskopiya bilan to‘ldirish tavsiya etilishi, UTT, MRT va artroskopik tekshiruvlarga ko‘ra, tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi jarohati bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash usulini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritm travmadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun to‘g‘ri jarrohlik davolash taktikasini tanlashga imkon berish natijasida nogironlik darajasini pasaytirish iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi jarohatini xirurgik davolashning takomillashtirilgan kaminvaziv usulini tanlash taktikasini qo‘llash hisobiga mablag‘larni iqtisod qilishga imkon bergan. Takror artroskop yordami tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi jarohati bo‘lgan bemorlarni, taqimosti mushak payi takror sinovektomiyasi, lateral menisk takror sinovmeniskektomiyasi qilish orqali amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti 1ta bemor uchun 6876000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi erta tashxislanishi va jarohatning davriga qarab artroskopik davo usullarining qo‘llanilishi ya’ni jarohatning o‘tkir davrida, taqimosti mushak payining zararlangan qismini qisman sinovektomiyasi, jarohatning ikki oygacha bo‘lgan vaqtida, nekrozga uchragan menisk tolalari nekroektomiyasi, regeneratsiyalanmagan patologik o‘zgarishlar bo‘lgan tizza osti mushagi payini qisman olib tashlash va jarohat surunkali kechganda esa mikronekrotik zonalar va fragmentatsiyalar ektomiyasi amaliyotlarni bajarilishi tizza bo‘g‘imini anatomik, funksional holatlarga to‘liq tiklanishi va asoratlar kamayishi Xorazm (18.05.2022 y.) va Samarqand (28.05.2022 y.) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari amaliyotiga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • artroskopiyadan foydalanish tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi bo‘lgan bemorlarning jarrohlik usulida davolash ko‘rsatkichlarini kengaytiradi va 91,2% hollarda yaxshi natijalarga erishishga imkon beradi, bu esa jarrohlik amaliyoti vaqtida to‘qimalarning kamroq shikastlanishi, minimal asoratlar, statsionar davolanishning qisqa muddati va tizza bo‘g‘imining klinik, funksional tiklanish vaqtini qisqartirish bilan davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonada yotish davri uchun: - bemorning shifoxonada yotish muddatini 7 kundan 3 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada to‘lov miqdori taxminan 1280000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 320000 so‘mni tashkil qiladi endoprotezlash operatsiyasi bilan taqlid etilgan jarrohlik muolajasining farqi 1600000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - implantlar ishlatmaslik esa o‘z navbatida farqi 5200000 so‘mni tashkil etadi. 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning vertikalizatsiyasi tezlashtiradi va keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: artroskopiya bilan tizza bo‘g‘imi lateral menisk jarohati va taqimosti mushak payi entezopatiyasi jarohati bo‘lgan bemorlarni, taqimosti mushak payi sinovektomiyasi, lateral menisk sinovmeniskektomiyasi qilish orqali amalga oshiriladigan jarrohlik amaliyoti 1ta bemor uchun 7480000 so‘m iqtisod qilishga imkon berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish