Maxmudov Artur Axmadjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e`lon
I. Umumiy ma`lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Son suyagi boshchasi COVID-19 bilan bog‘liq aseptik nekrozini klinik kechishi, tashhisi va istiqbolini baholash usullarini takomillashtirish» 14.00.22-Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Disssrtatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3393.
Ilmiy raxbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xo‘janazarov Ilxom Eshqulovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zakirova Umida Irkinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot insituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi amaliy axamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi son suyagi boshchasining COVID-19 bilan bog‘liq aseptik nekrozini klinik kechishi, tashhisi va istiqbolini klinik, genetik, morfologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora o‘zbek populyasiyasida MTHFR , MTRR va MTR kabi folat sikliga oid genlar polimorfizmlari aniqlangan va ularning son suyagi boshchasida avaskulyar nekroz bilan assotsiasiyasi isbotlangan;
ilk bora son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozi va MTHFR geni S677T va MTRR geni A66G polimorfizmlari surunkali ichish va chekish odatlarining salbiy ta’siriga sintropik tarzda COVID-19 aloqador aseptik nekroz rivojlanishida ahamiyati mavjudligi isbotlangan;
tekshirilgan genlardagi spesifik polimorfizmlar va kasallikning klinik darajasi va kasallardagi steroid preparatlar qo‘llanish davomiyligi va dozasiga bog‘liq ravishda, minor allel tutuvchi bemorlarda kasallik rivojlanishiga moyillik mavjudligi aniqlangan;
COVID-19 ga bog‘liq avaskulyar nekroz va COVID-19 ga bog‘liq bo‘lmagan koksartroz natijasida rivojlangan aseptik nekroz va tug‘ma displastik aseptik nekroz kasalliklarining genetik va morfologik o‘xshashliklar mavjudligi xamda spesifik xususiyatlari mavjud emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 03/35-son 24.01.2024 yildagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bora o‘zbek populyasiyasida MTHFR , MTRR va MTR kabi folat sikliga oid genlar polimorfizmlari aniqlangan va ularning son suyagi boshchasida avaskulyar nekroz bilan assotsiasiyasi isbotlangan. Natijalar Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (24.11.2023y.; №33) va Respublika ixtisoslashtirilgan tarvmatologyai va ortopediya ilmiy amliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (21.11.2023 y.; №82-1) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • COVID-19 bilan kasallangan va postkovid sindromi mavjud bemorlarda son suyagi boshchasi aseptik nekrozi aniqlanishi oshib borayotganligini inobatga olgan holda, bemorlarda kasallikka nisbatan irsiy moyillik fenotipini yaratuvchi gen polimorfizmlarini aniqlash, ularda COVID-19 o‘tkir davrida va undan keyin spesifik profilaktik amaliyotlar (fizioterapiya, qo‘shimcha vitamin D va B12, xamda folat kislotasin qo‘llash va antikoagulyant dori vositalarini profilaktik dozada qabul qilish)ini bajarish orqali aseptik nekroz rivojlanish ehtimolini kamaytirishga erishish mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning erta kasallikka olib keluvchi omilni aniqlash orqali bemorlarda erta kasallikka moyilligi aniqlanadi va birlamchi profilaktika amaliyotini aniqlab beradi. Buning oqibatida kasallanish ehtimoli kamayishi orqali jamiyatga kasallanish tufayli sarf xarajatlar kamayadi: - bemorning shifoxonada kasallikning erta bosqichlarida 10 kun stasionar konservativ davolanishi 4500000 so‘m tejaladi. - bemor 3 oylik ambulator davo paytida keskin harakat cheklanishi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tufayli o‘rtacha oylik ish haqi 3 oyda 960,000 so‘m ish bilan ta’minlovchi tashkilotlarga (o‘rtacha 1 oylik ish haqi – 3200000 so‘m) xarajat tejaladi. Xulosa: bemorning erta tashhislanishi tufayli bemorning shifoxonada kasallikning erta bosqichlarida 10 kun stasionar konservativ davolanishi 4500000 so‘m tejaladi va bemor 3 oylik ambulator davo paytida keskin harakat cheklanishi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tufayli o‘rtacha oylik ish haqi 3 oyda 9600000 so‘m ish bilan ta’minlovchi tashkilotlarga (o‘rtacha 1 oylik ish haqi – 3200000 so‘m) xarajat tejaladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bora son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozi va MTHFR geni S677T va MTRR geni A66G polimorfizmlari surunkali ichish va chekish odatlarining salbiy ta’siriga sintropik tarzda COVID-19 aloqador aseptik nekroz rivojlanishida ahamiyati mavjudligi isbotlangan. Natijalar Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (24.11.2023y.; №33) va Respublika ixtisoslashtirilgan tarvmatologyai va ortopediya ilmiy amliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (21.11.2023 y.; №82-1) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning erta kasallikka olib keluvchi sintropik tarzda COVID-19 surunkali ichish va chekish odatlarining salbiy ta’siriga aloqador omilni aniqlash orqali bemorlarda erta kasallikka moyilligi aniqlanadi va birlamchi profilaktika amaliyotini tatbiq etishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallanishga olib keluvchi zararli omillarni kamaytirishga imkon beradi: - bemorning shifoxonada kasallikning erta bosqichlarida 10 kun stasionar konservativ davolanishi 4500000 so‘m tejaladi. - zararli surunkali omillarni kamayishi tufayli yondosh kasalliklar rivojlanishi kamayadi, bemor eng kamida 1 oylik ambulator davo paytida keskin harakat cheklanishi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tufayli o‘rtacha oylik ish haqi 1 oyda 320.000 so‘m ish bilan ta’minlovchi tashkilotlarga (o‘rtacha 1 oylik ish haqi – 3200000 so‘m) xarajat tejaladi. Xulosa: bemorning erta tashhislanishi tufayli bemorning shifoxonada kasallikning erta bosqichlarida 10 kun stasionar konservativ davolanishi 4500000 so‘m tejaladi va zararli surunkali omillarni kamayishi tufayli yondosh kasalliklar rivojlanishi kamayadi, bemor eng kamida 1 oylik ambulator davo paytida keskin harakat cheklanishi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tufayli o‘rtacha oylik ish haqi 1 oyda 3200000 so‘m ish bilan ta’minlovchi tashkilotlarga (o‘rtacha 1 oylik ish haqi – 3200000 so‘m) xarajat tejaladi.
uchinchi ilmiy yangilik: tekshirilgan genlardagi spesifik polimorfizmlar va kasallikning klinik darajasi va kasallardagi steroid preparatlar qo‘llanish davomiyligi va dozasiga bog‘liq ravishda, minor allel tutuvchi bemorlarda kasallik rivojlanishiga moyillik mavjudligi aniqlangan. Natijalar Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (24.11.2023y.; №33) va Respublika ixtisoslashtirilgan tarvmatologyai va ortopediya ilmiy amliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (21.11.2023 y.; №82-1) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning erta kasallikka olib keluvchisi omilni aniqlash orqali bemorlarda erta kasallikka moyilligi aniqlanadi va birlamchi profilaktika amaliyotini aniqlab beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallanish ehtimoli kamayishi orqali jamiyatga kasallanish tufayli sarf xarajatlar kamayadi: - bemorning shifoxonada kasallikning erta bosqichlarida 10 kun stasionar konservativ davolanishi 4500000 so‘m tejaladi. - bemor 3 oylik ambulator davo paytida keskin harakat cheklanishi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tufayli o‘rtacha oylik ish haqi 3 oyda 9600000 so‘m ish bilan ta’minlovchi tashkilotlarga (o‘rtacha 1 oylik ish haqi – 3200000 so‘m) xarajat tejaladi. Xulosa: bemorning erta tashhislanishi tufayli bemorning shifoxonada kasallikning erta bosqichlarida 10 kun stasionar konservativ davolanishi 4500000 so‘m tejaladi va bemor 3 oylik ambulator davo paytida keskin harakat cheklanishi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tufayli o‘rtacha oylik ish haqi 3 oyda 9600000 so‘m ish bilan ta’minlovchi tashkilotlarga (o‘rtacha 1 oylik ish haqi – 3200000 so‘m) xarajat tejaladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 ga bog‘liq avaskulyar nekroz va COVID-19 ga bog‘liq bo‘lmagan koksartroz natijasida rivojlangan aseptik nekroz va tug‘ma displastik aseptik nekroz kasalliklarining genetik va morfologik o‘xshashliklar mavjudligi xamda spesifik xususiyatlari mavjud emasligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning aseptik nekroz kasalligini xirurgik davolash soni kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kasallikni xirurgik stasionar davolash sarf xarajatlar kamayadi: - bemorning shifoxonada kasallikning 10 kun stasionar xirurgik davolanishi o‘rtacha davlatga 3600000 so‘m tejaladi - bemor 1 oylik xirurgik davolashdan so‘ng ambulator davo paytida keskin harakat cheklanishi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tufayli o‘rtacha oylik ish haqi 1 oyda 3200000 so‘m ish bilan ta’minlovchi tashkilotlarga (o‘rtacha 1 oylik ish haqi – 3200000 so‘m) xarajat tejaladi. Xulosa: bemorning erta tashhislanishi tufayli bemorning shifoxonada kasallikning erta bosqichlarida 10 kun stasionar konservativ davolanishi 4500000 so‘m tejaladi va bemor 3 oylik ambulator davo paytida keskin harakat cheklanishi oqibatida vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tufayli o‘rtacha oylik ish haqi 3 oyda 9600000 so‘m ish bilan ta’minlovchi tashkilotlarga (o‘rtacha 1 oylik ish haqi – 3200000 so‘m) xarajat tejaladi.