Azizova Gulnoza Kamoliddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda glyuten ko‘tara olmaslikning turli ko‘rinishlarida ichak bar`eri roli”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.4.PhD/Tib1518.
Ilmiy rahbar: Kamilova Altinoy Tursunbaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Xadjimetov Abdugafur Ahatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda glyuten ko‘tara olmaslikning turli ko‘rinishlarida ovqat hazm qilish va so‘rilish buzilishlarining xususiyatlari va mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oshqozon-ichak dispepsiyasi bo‘lgan bolalar orasida glyutenga bog‘liq kasalliklar: seliakiya, bug‘doyga allergiya va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgirlik tarqalishi darajasi aniqlangan;
seliakiyali bemorlarda hazm bo‘lishining barcha bosqichlarida hazm bo‘lish transport konveyeri funksiyasining sezilarli pasayishi aniqlangan, seliakiyali va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgirligi bo‘lgan bemorlarda ingichka ichakning shilliq-epitelial to‘sig‘ining o‘tkazuvchanligining ortishi, qattiq birikma ochilishi va struktur-funksional tavsifli o‘zgarishlari isbotlangan;
bug‘doy allergiyasi va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgirligi uchun periferik membrananing zich kontaktlari oqsillarining holatini baholash va sinama orqali mannitol/laktuloza nisbatini baholash orqali eliminatsiya dietasining kengayishi va davomiyligi ko‘rsatkichlari mezonlari ishlab chiqilgan;
mintaqaviy hususiyatlar va tashxis qo‘yish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bolalarda glyutenga bog‘liq kasalliklarning bosqichli tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziining 2024 yil 08 yanvardagi 1-son Ekspert kengashi xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 05 yanvardagi 01/01-14-a sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: seliakiyali bemorlarda hazm bo‘lishining barcha bosqichlarida hazm bo‘lish transport konveyeri funksiyasining sezilarli pasayishi aniqlangan; seliakiyali va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgirligi bo‘lgan bemorlarda ingichka ichakning shilliq-epitelial to‘sig‘ining o‘tkazuvchanligining ortishi, qattiq birikma ochilishi va struktur-funksional o‘zgarishlari bilan kechishi isbotlangan va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.07.2023 yildagi №77-sonli buyruq xamda Samarqand viloyati bo‘yicha 31.07.2023 №119-u-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fekal zonulin va laktuloza-mannitol sinamasini o‘tkazish seliakiya va seliakiya bo‘lmagan bug‘doyga sezgirlik tashhisida tor yo‘nalishdagi farmakologik profilaktikasini o‘tkazish imkonini berdi, bu esa tom ma’noda glyutenga bog‘liq kasalliklar diagnostikasini yaxshilash va uni davolash samaradorligini baxolashni minimal iqtisodiy sarf-harajatlar yordamida o‘tkazish imkonini berdi, bu esa bolalar hayoti sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: fekal zonulin va laktuloza-mannitol sinamasini o‘tkazish seliakiya va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgirlik tashxisida o‘z vaqtida glyutensiz parhez davosini qo‘llash orqali statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan xarajat 1 nafar bemor uchun 366 355 so‘mni tashkil qilgan, 91 nafar bemor uchun 33 338 305 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: seliakiyali va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgirligi bo‘lgan bemorlarda fekal zonulin aniqlash diagnostik tahlilini joriy etish natijasida bolalarda ichak o‘tkazuvchanligini aniqlash 1 nafar bemor hisobidan 1 kunga 366 355 so‘m byudjet mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bug‘doy allergiyasi va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgirligi uchun periferik membrananing zich birikmalardagi oqsillarning holatini va sinama orqali mannitol/laktuloza nisbatini baholash orqali eliminatsion parhezning kengayishi va davomiyligi ko‘rsatkichlari mezonlari ishlab chiqilgan va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.07.2023 yildagi №77-sonli buyruq xamda Samarqand viloyati bo‘yicha 31.07.2023 №119-u-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash bolalarda glyutenga bog‘liq kasalliklar, bug‘doyga allergiya va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgirlik tashxislarida olib borilayotgan glyutensiz parhez sifatini baholash va parhez davomiyligini aniqlash imkoniyatini berdi shuningdek, kasallik dinamikasini aniqlash, bolalarning hayot sifatini yaxshilash va nogironliklar sonini kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash bolalarda glyutenga bog‘liq kasalliklarni tashxislashni yaxshilash va glyutensiz parhezni to‘g‘ri olib borish natijasida shifoxonada qolish muddatini qisqartirish orqali statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan xarajat 1 nafar bemor uchun 366 355 so‘mni tashkil qilgan, 61 nafar bemor uchun 22 347 655 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan bolalarda glyutenga bog‘liq kasalliklarni olib borishda glyutensiz parhez sifatini baholash va parhez davomiyligini aniqlash 1 nafar bemor hisobidan 1 kunga 366 355 so‘m byudjet mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: mintaqaviy hususiyatlar va tashxis qo‘yish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bolalarda glyutenga bog‘liq kasalliklarning bosqichli tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan va Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 18.07.2023 yildagi №77-sonli buyruq xamda Samarqand viloyati bo‘yicha 31.07.2023 №119-u-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan tashxislash algoritmi glyutenga bog‘liq kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish orqali samarali davolash taktikasini belgilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: glyutenga bog‘liq kasalliklarning tashxislash algoritmini ishlab chiqish natijasida bolalarda glyutenga bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash va seliakiya, bug‘doyga allergiya va seliakiya bo‘lmagan glyutenga sezgir bo‘lgan bemorlarda glyutensiz parhezni qo‘llanilishi orqali shifoxonada qolish muddati qisqartirildi va statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan xarajat 1 nafar bemor uchun 366 355 so‘mni tashkil qilgan, 130 nafar bemor uchun 47 626 150 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan bolalarda glyutenga bog‘liq kasalliklarni erta tashxislash algoritmini amaliyotga tadbiq etish bolalar orasida glyutenga bog‘liq kasalliklarni aniq tashhislash orqali 1 nafar bemor hisobidan 1 kunga 366 355 so‘m byudjet mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan.