Isaxanova Nigora Xikmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Residivlanuvchi respirator kasalliklari bo‘lgan bolalarda D vitamini rolining klinik-patogenetik jihatlari”, 14.00.09 - Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.1. PhD /Tib472.
Ilmiy rahbar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklarida D vitaminining ahamiyatini o‘rganish va asoslangan davolash ko‘rsatmalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalar orasida residivlanuvchi respirator kasalliklarning uchrashi va kechishida qon zardobida D vitamin tanqisligi va etishmovchiligi (D vitamin miqdori 30 ng/mldan kam) kuzatilgan bemorlarda kasallikning har bir qaytalanishida klinik kechish og‘irlashganligi va avj olishi patogenetik zanjirning faol bo‘g‘inida D vitaminining ahamiyati isbotlangan;
residivlanuvchi respirator kasalliklari bor bolalarda qon zardobidagi mikroelementlar Sa+, P+, Mg+ miqdor ko‘rsatkichlarini pasayganligi ((Sa+-r < 0,05), (P+-r < 0,05), (Mg+-r<0,01)), uning natijasida paratireoid gormon miqdori oshganligi (r<0,01) hamda D vitamin tanqisligi va etishmovchiligiga asosiy sabablardan ekanligi isbotlangan;
bolalar orasida “tez-tez kasallanuvchi bolalar” guruhiga mansub residivlanuvchi respirator kasalliklari bo‘lgan bemorlarda D vitamin tanqisligi (<20 ng/ml) yoki etishmovchilik (20–30 ng/ml) darajasining kasallikning qaytalanishlar sonining ortishi, davolanishdan keyin esa bir yil mobaynidagi qo‘zishlar soni yuqori nafas yo‘llari residivlanuvchi kasalliklarda 50,7% (r <0,001)gacha, pastki nafas yo‘llari residivlanuvchi kasalliklarida esa 49,8% (r <0,001) kamayganligi aniqlangan;
bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklarni kompleks davolash algoritmini qo‘llanilishida va D vitamin miqdorining korreksiya qilinishi natijasida bolalarda kasallanishlar sonini kamayishi, remissiya davrining uzoqlashishi, klinik kechishining tobora engillashuviga (75,8% gacha) va kasallik oqibatida rivojlanadigan asoratlarni (39% gacha) kamayishiga erishilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 6 martdagi 03/188-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 14 fevral`dagi 03/299-son xati  yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: bolalar orasida residivlanuvchi respirator kasalliklarning uchrashi va kechishida qon zardobida D vitamin tanqisligi va etishmovchiligi (D vitamin miqdori 30 ng/mldan kam) kuzatilgan bemorlarda kasallikning har bir qaytalanishida klinik kechuvi og‘irlashganligi va avj olishi patogenetik zanjiri faol bo‘g‘inida D vitaminning ahamiyati isbotlangan, mos ravishda D vitamin tanqisligi va etishmovchilik aniqlanganligi Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.03.2022 yil №55/1-son va Toshkent shahar 1-son ko‘p tarmoqli bolalar klinik shifoxonasining 23.06.2023 yil №80-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: D vitamin miqdorining referent qiymatda bo‘lishi residivlanuvchi respirator kasalliklar bilan kasallanishning klinik kechuvi va avj olish davrini kamaytiradi, bolalar hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq muddatlarda 40 nafar bolalardan qon biokimyoviy tahlilida D vitamin miqdorini tahlil qilinganda, 25 nafarida  tanqislik va etishmovchilik aniqlangan. Har bir bemorga statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan bir kunlik xarajati 260 000 so‘mni tashkil qilib, 40 nafar bemorga 10 400 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklarida D vitamin miqdorini erta tashhislash bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklari  bilan kasalanishi va statsionar davolanish uchun byudjet mablag‘larini 1 nafar bemor hisobiga 260 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: residivlanuvchi respirator kasalliklari bor bolalarda qon zardobidagi mikroelementlar Sa+, P+, Mg+ miqdor ko‘rsatkichlarini pasayganligi ((Sa+ - r < 0,05), (P+ -r < 0,05), (Mg+ - r<0,01)), uning natijasida paratireoid gormon miqdori oshganligi (r < 0,01) hamda D vitamin tanqisligi va etishmovchiligiga asosiy sabablardan ekanligi Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.03.2022 yil №55/1-son va Toshkent shahar 1-son ko‘p tarmoqli bolalar klinik shifoxonasining 23.06.2023 yil №80-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: qon zardobidagi mikroelementlar Sa+, P+, Mg+ miqdor ko‘rsatkichlarini pasayganligi ((Sa+ - r < 0,05), (P+ - r < 0,05), (Mg+ - r<0,01)), uning natijasida paratireoid gormon miqdori oshganligi (r< 0,01) hamda D vitamin miqdor ko‘rsatgichlarining muhimligi residivlanuvchi respirator kasalliklar bilan kasallanishlar diagnostikasining sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon zardobidagi mikroelementlar Sa+, P+, Mg+ miqdor ko‘rsatkichlarini pasayganligi ((Sa+ - r < 0,05), (P+ - r < 0,05), (Mg+ - r <0,01)), uning natijasida paratireoid gormon miqdori oshganligi (r< 0,01) hamda D vitamin miqdor ko‘rsatkichlarining aniqlanishi residivlanuvchi respirator kasalliklar bilan kasallanishlar diagnostika sifatini oshirgan, 40 nafar bolalardan qon biokimyoviy tahlilida D vitamin  miqdorini tahlil qiliganda 25 tasida  tanqislik va etishmovchilik aniqlangan. Har bir bemorga statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan bir kunlik xarajati 260 000 so‘mni tashkil qilib, 40 nafar bemorga 10 400 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan.  Xulosa: bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklarida  qon zardobidagi Sa+, P+, Mg+, parateriod gormon ko‘rsatkichlarini erta aniqlash bu esa D vitamin referent qiymatda bo‘lishiga va bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklari  bilan kasalanishi va statsionar davolanish uchun byudjet mablag‘larini 1 nafar bemor hisobiga 260 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalar orasida “tez-tez kasallanuvchi bolalar” guruhiga mansub residivlanuvchi respirator kasalliklari bo‘lgan bemorlarda D vitamin tanqisligi yoki etishmovchilik holatida kasallikning qaytalanishlar sonining ortishi, davolanishdan keyin esa bir yil mobaynidagi qaytalanishlar soni sezilarli kamayishi Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.03.2022 yil №55/1-son va Toshkent shahar 1-son ko‘p tarmoqli bolalar klinik shifoxonasining 23.06.2023 yil №80-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: residivlanuvchi respirator kasalliklari bo‘lgan bemorlarda D vitamin refferent qiymatining kasallikning qaytalanishlar sonini kamaytiradi va bu esa bolalar xayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar orasida “tez-tez kasallanuvchi bolalar” guruhiga mansub residivlanuvchi respirator kasalliklari bo‘lgan bemorlarda D vitamin tanqisligi (<20 ng/ml) yoki etishmovchilik (20–30 ng/ml) darajasining kasallikning qaytalanishlar sonini ortishiga, davolashdan keyin esa bir yil mobaynidagi qo‘zishlar soni yuqori nafas yo‘llari residivlanuvchi kasalliklarda 50,7% (r <0,001)gacha, pastki nafas yo‘llari residivlanuvchi kasalliklarida esa 49,8% (r <0,001) kamaygantirish imkonini bergan, 40 nafar bolalardan qon biokimyoviy tahlilida miqdorini tahlil qilinganda 25 tasida tanqislik va etishmovchilik aniqlangan. Kasallikning qaytalanishlari soni 2.5 barobar  kamayganligini hisobga olsak, har bir bemorga statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan bir kunlik xarajati 260 000 so‘mni tashkil qilgan, 20 nafar bemorga 5 200 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklarida  bilan kasallanishlar soni kamayishi, bu esa D vitamin referent qiymatda bo‘lishiga statsionar davolanish uchun byudjet mablag‘larini 1 nafar bemor hisobiga 260 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklarni kompleks davolash algoritmini qo‘llanilishida va D vitamin miqdorining korreksiya qilinishi natijasida bolalarda kasallanishlar sonini kamayishi, remissiya davrining uzoqlashishi, klinik kechishining tobora engillashuviga  va kasallik oqibatida rivojlanadigan asoratlarni kamayishiga erishilishi Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.03.2022 yil №55/1-son va Toshkent shahar 1-son ko‘p tarmoqli bolalar klinik shifoxonasining 23.06.2023 yil №80-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi qo‘yidagilardan iborat: residivlanuvchi respirator kasalliklari bo‘lgan bemorlarda davolash algoritmi qo‘llanilganda kasallik asoratlarini kamaytiradi, ambulator sharoitda D vitamin referent qiymatining maksimal tiklanishi kasallikning qaytalanishlar sonini kamaytiradi va bu erta tashhislash va profilaktika samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan davolash algoritmi ambulatoriya sharoitida balalar residivlanuvchi respirator kasalliklarida D vitamini miqdoriga qarab korreksiya choralarini samaradorligini oshirishini ko‘rsatgan va kasallanishlar sonini 2,5  barobarga kamaytirgan. Kasallikning qaytalanishlari soni 2.5 barobarga kamayganligini xisobga olsak, har bir bemorga statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan bir kunlik xarajati 260 000 so‘mni tashkil qilgan, 20 nafar bemorga 5 200 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda residivlanuvchi respirator kasalliklarida  bilan kasallanishlar soni kamayishi bu esa D vitamin referent qiymatda bo‘lishiga statsionar davolanish uchun byudjet mablag‘larini 1 nafar bemor hisobiga 260 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish