Egamov Bunyodbek Jumanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neonatal davrda aspiratsion sindromdan vafot etgan chaqaloqlar buyragining morfologiyasi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3719.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nishonov Yusufjon Nishonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akdemik E.A.Vanger nomidagi Perm davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neonatal davrda aspiratsiya sindromida buyrak to‘qimasi va buyrak mikrotsirkulyasion tomirlarining o‘zgarishlarni baholash, gistologik, gistokimyoviy va morfometrik xususiyatlari majmuasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aspiratsion sindromda buyrak to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlar bevosita etuk yoki chala tug‘ilganligiga hamda erta yoki kech neonatal davrda uchrashi bilan bog‘liq bo‘lib, buyrak tanachalari maydoni nefronlari ko‘rsatkichlarining past darajasi kech neonatal davrda ham chala tug‘ilganlarda saqlanib qolishi aniqlangan;
aspiratsiya sharoitida ishemiya va nekroz hisobiga buyrak tanachalari maydonining kichrayganligi, buyrak proksimal kanalchalari diametrining xajmi, kanalcha bo‘shlig‘i va maydonining egallaganlik darajasi nazorat guruxiga nisbatan o‘rtacha 1,4 martagacha kichrayganligi, subkapsular va intrakortikal nefronlarning, naychali qismida esa proksimal va ozroq darajada distal nefronlarning kattalashganligi aniqlangan;
buyrak to‘qimasi aspiratsion sindrom natijasida kanalchalarda metabolik atsidoz kuzatilib, kanalchalar epiteliy miqdorining kamayishi, tomirlar o‘tkazuvchanligining oshishi, interstisial shish, funksional faol sohalarda tomirlarning kengayishi, kech neonatal davrda koptokcha va kanalchalari epiteliysida oqsil distrofiyasi, shish rivojlanishi hisobiga buyrak xajmi va vaznning oshishi isbotlangan;
massiv aspiratsiya sharoitida buyrakning qon tomir-to‘qima elementlarida adaptiv reaktiv o‘zgarishlar belgilarining namoyon bo‘lishi chastotasining tahlili asosida kapillyarlarning ko‘payishi, tizimning venoz qismlarida ilmoqlarning deformatsiyasi kuzatilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ekspert kengashining 2024 yil 30 yanvardagi 155-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2023 yil 30 oktyabrdagi 118-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: aspiratsion sindromda buyrak to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlar bevosita etuk yoki chala tug‘ilganligiga hamda erta yoki kech neonatal davrda uchrashi bilan bog‘liq bo‘lib, buyrak tanachalari maydoni nefronlari ko‘rsatkichlarining past darajasi kech neonatal davrda ham chala tug‘ilganlarda saqlanib qolishi aniqlangani Xorazm viloyati viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.07.2023 yildagi 27/9-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 31.07.2023 yildagi 37/5-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aspiratsion sindromdan o‘lgan chaqaloqlar buyrak to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlari chaqaloqning tug‘ruq muddatida ya’ni etuk yoki muddatiga etmasdan chala tug‘ilganligiga, shu bilan birgalikda erta yoki kech neonatal davrlarda kuzatilishi bilan bog‘liq bo‘lib, buyrak tanachalari maydoni nefronlari ko‘rsatkichlarining past darajasi kech neonatal davrda ham chala tug‘ilganlarda xam asfiksiyani oldini olishga e’tibor qaratish, profilaktika qilish sifati yaxshilangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aspiratsion sindromdan vafot etgan chaqaloqlar buyrak to‘qimasidagi morfologik o‘zgarishlari chaqaloqning etuk yoki chala tug‘ilganligiga, shu bilan birgalikda erta yoki kech neonatal davrlarda kuzatilishi bilan bog‘liq bo‘lib, buyrak tanachalari maydoni nefronlari ko‘rsatkichlarining past darajasi, kech neonatal davrda ham chala tug‘ilganlarda xam asfiksiyani oldini olish chaqaloqni o‘tkir buyrak etishmovchiligi va ko‘plab poliorgan etishmovchiligini oldini olish orqali nogironlik nafaqalarini kamaytirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi (Xorazm viloyati perinatal markazi va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifoxonalarining preyskurantiga ko‘ra chaqaloqlarni taxlillari va dori darmonlari uchun harajat 350000-550000 so‘mni tashkil qiladi. Davolanish davomiyligi 10 kun). Xulosa: chaqaloqlarda yuzaga keladigan asfiksiyani oldini olish va birlamchi profilaktik yordamni vaqtida berish bir nafar chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 3500000-5500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: aspiratsiya sharoitida ishemiya va nekroz hisobiga buyrak tanachalari maydonining kichrayganligi, buyrak proksimal kanalchalari diametrining xajmi, kanalcha bo‘shlig‘i va maydonining egallaganlik darajasi nazorat guruxiga nisbatan o‘rtacha 1,4 martagacha kichrayganligi, subkapsular va intrakortikal nefronlarning, naychali qismida esa proksimal va ozroq darajada distal nefronlarning kattalashganligi aniqlangani Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.07.2023 yildagi 27/9-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 31.07.2023 yildagi 37/5-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aspiratsiya sharoitida buyrak tanachalari ishemiya va nekroz hisobiga maydonining kichrayishi, buyrak proksimal kanalchalari diametrining xajmi, kanalcha bo‘shlig‘i va maydonining egallaganlik darajasi nazorat guruxiga nisbatan kichrayganligi, subkapsular va intrakortikal nefronlarning, naychali qismida esa proksimal va ozroq darajada distal nefronlarning kattalashganligi aniqlandi. Bu o‘z navbatida o‘tkir buyrak etishmovchiligiga olib kelishi bilan chaqaloqlar nogironligini oshishiga olib keladi. Aspiratsion pnevmoniya yoki aspiratsion sindromni oldini olish va vrachlar nazoratida bo‘lishi yuqoridagi havf omillarini kamaytirishga erishiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: aspiratsion pnevmoniyani rivojlanishini profilaktika qilish va erta aniqlash, aspiratsiyani oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, asoratlarini bashoratlash sifatini yaxshilash orqali minimal xar bir chaqaloq uchun 3500000 so‘m iqtisod qilinadi (ushbu chaqaloqlarda asoratli kechib o‘tkir buyrak etishmovchiligi rivojlanganda gemodializ muolajasini o‘tkazish zarur bo‘lar edi). Xulosa: pnevmoniyani rivojlanishini profilaktika qilish va erta aniqlash, aspiratsiyani oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, asoratlarini bashoratlash sifatini yaxshilash bir nafar chaqaloq hisobiga byudjet mablag‘larini 3500000-5500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: buyrak to‘qimasi aspiratsion sindrom natijasida kanalchalarda metabolik atsidoz kuzatilib, kanalchalar epiteliy miqdorining kamayishi, tomirlar o‘tkazuvchanligining oshishi, interstisial shish, funksional faol sohalarda tomirlarning kengayishi, kech neonatal davrda koptokcha va kanalchalari epiteliysida oqsil distrofiyasi, shish rivojlanishi hisobiga buyrak xajmi va vaznning oshishi isbotlangani Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.07.2023 yildagi 27/9-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 31.07.2023 yildagi 37/5-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: buyrak to‘qimasi aspiratsion sindrom natijasida kanalchalarda metabolik atsidoz kuzatilib, kanalchalar epiteliysi soni kamayganligi, tomirlar o‘tkazuvchanligi oshishi, interstisial shish, funksional faol sohalarida tomirlarning kengayishi, kech neonatal davrda koptokcha va kanalchalar epiteliylaridagi oqsilli distrofiya, shishning rivojlanishi hisobiga buyrakning xajmiy va vazn jihatdan kattalashishiga olib kelishini to‘g‘ri tashxislash va asoratlarni oldini olish sifati yaxshilanib chaqaloqlar aspiratsion pnevmoniyasini kamayishi va asorati sifatida rivojlanadigan buyrak etishmovchiliklarini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: buyrak to‘qimasi aspiratsion sindrom natijasida kanalchalarda metabolik atsidoz kuzatilib, kanalchalar epiteliysi soni kamayganligi, tomirlar o‘tkazuvchanligi oshishi, interstisial shish, funksional faol sohalarida tomirlarning kengayishi, kech neonatal davrda koptokcha va kanalchalar epiteliylaridagi oqsilli distrofiya, shishning rivojlanishi hisobiga buyrakning xajmiy va vazn jihatdan kattalashishiga olib kelishini kuzatish mumkin (Xorazm viloyati xamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurolarning preyskurantiga ko‘ra vafot etgan chaqaloqlar buyragining morfologik va morfometrik tekshirish usullarida bitta tekshiruv 120000-150000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: morfologik va morfometrik tekshirishlar uchun 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 120000-150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: massiv aspiratsiya sharoitida buyrakning qon tomir-to‘qima elementlarida adaptiv reaktiv o‘zgarishlar belgilarining namoyon bo‘lishi chastotasining tahlili asosida kapillyarlarning ko‘payishi, tizimning venoz qismlarida ilmoqlarning deformatsiyasi kuzatilishi aniqlangani Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 05.07.2023 yildagi 27/9-son hamda Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosi bo‘yicha 31.07.2023 yildagi 37/5-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birinchi marta massiv aspiratsiya sharoitida buyrakning qon tomir-to‘qima elementlarida adaptiv reaktiv o‘zgarishlar belgilarining namoyon bo‘lish chastotasi tahlil qilindi. Ularda kapillyarlarning ko‘payishi, tizimining venoz qismlarida ilmoqlarning deformatsiyasi kuzatilgan. Taklif etilgan tavsiyalar aspiratsion sindrom bilan tug‘ilgan bolalar yoki aspiratsion pnevmoniyani boshidan o‘tkazgan chaqaloqlar shifokorlar nazoratida bo‘lib turishi nogironlikni, ijtimoiy salbiy omillarni kamaytirish orqali, kasallikning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasiga, bolalar umrini uzaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: buyrak to‘qimasini tekshirish usullarini kasallikni erta davrlarida aniqlash, nogiron bolalar sonini kamaytirish bilan iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bir nafar nogiron bolani davolanishi, nafaqasi, gemadializ va dori-darmonni xarajatlari 1 oyiga o‘rtacha 6960500 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bir nafar nogiron bola hisobiga byudjet mablag‘larini bir oyiga o‘rtacha 6960500 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish