Ishandjanova Surayyo Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Peyer pilakchalarining ixtisoslashuviga onalardagi eksperimental gipotireozning ta’siri», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib830.
Ilmiy rahbar: Azizova Feruza Xusanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatova Muqaddas Xaltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy gipotireoidizm sharoitida homilador ayollardan olingan avlodning ingichka ichak shilliq pardasidagi limfoid tuzilmalarning rivojlanishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
onalar gipotireoidizmining avlodni jismoniy rivojlanishi va tireoid statusining shakllanishiga salbiy ta’siri isbotlangan;
Peyer pilakchalarining postnatal shakllanishini struktur qonuniyatlari aniqlangan, ushbu jarayonlarni ovqatlanish xarakteri bilan bevosita bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
homiladorlik va laktasiya davrlarida gestatsion gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlod Peyer pilakchalarining postnatal ontogenez davrida struktur va funksional zonalarining rivojlanishi va shakllanishi jarayonlarini sezilarli darajada pasayishi isbotlangan;
gestatsion gipotireoidizm sharoitida tug‘ilgan avlodning Peyer pilakchalarida limfoid hujayralarning proliferasiyasi va apoptozi jarayonlari o‘rtasida nomutanosiblikning rivojlanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yil 15 fevraldagi 02/072-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 16 iyundagi 09-04757-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: onalar gipotireoidizmining avlodni jismoniy rivojlanishi va tireoid statusining shakllanishiga salbiy ta’siri isbotlangani Yo.X.To‘raqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 149-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 18.07.2023 yildagi 29-1/U-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireozli onalardan tug‘ilgan bolalarning jismoniy orqada qolishini o‘z vaqtida aniqlash, erta tashxislash, profilaktika va zarur terapevtik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi, buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni kamayadi. Davolash natijalarini yaxshilash uchun nazariy asos bo‘lib hizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: joriy qilingan tadqiqot natijalari homilador onalardagi gipotireoz tufayli homilada kuzatiladigan immun tanqislikni oldin ko‘ra bilish, davolashga ketadigan mablag‘ni tejashga olib keladi. Xulosa: homilador ayollardagi gipotireoidizmni erta aniqlash, ulardan tug‘ilgan bolalarning ikkilamchi immun tanqisligining samarali profilaktikasini asosiy sharti  hisoblanadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Peyer pilakchalarining postnatal shakllanishini struktur qonuniyatlari aniqlangan, ushbu jarayonlarni ovqatlanish xarakteri bilan bevosita bog‘liqligi o‘rnatilgani Yo.X.To‘raqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 149-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 18.07.2023 yildagi 29-1/U-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan avlodlar ingichka ichagining Peyer pilakchalarida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlari modelini yaratilgan. Olingan natijalar, yuzaga keluvchi ikkilamchi immun tanqislikni davolash va oldini olishga qaratilgan ilmiy ishlanma bo‘lib xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida  ingichka ichak shilliq pardasidagigi morfologik o‘zgarishlar homilada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan immun tanqislikni erta aniqlash orqali davolashga ketadigan mablag‘ni tejashga olib keladi. Xulosa: ingichka ichakning immun tizimi yangi tug‘ilganlik davrida to‘liq shakllanmagan bo‘lib, ularning shakllanishi bevosita  ovqatlanishni ona sutidan, aralash ovqatlanish tartibiga o‘tishi bilan chambarchas bog‘liq;
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlik va laktasiya davrlarida gestatsion gipotireoz sharoitida tug‘ilgan avlod Peyer pilakchalarining postnatal ontogenez davrida struktur va funksional zonalarining rivojlanishi va shakllanishi jarayonlarini sezilarli darajada pasayishi isbotlanganligi Yo.X.To‘raqulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 27.06.2023 yildagi 149-son hamda Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 18.07.2023 yildagi 29-1/U-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireozli onalardan tug‘ilgan avlodning ingichka ichak shilliq pardasidagi  Peyer pilakchalarining struktur-funksional zonalarining o‘rganilishi natijasida kuzatiladigan asoratlarni erta prognozlash va davolash chora tadbirlarini to‘g‘ri olib borish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gipotireoz holatidagi onalardan tug‘ilgan bolalarda olingan natijalar asosida  erta tashhislash davolash muddatini qisqartirishi, xamda davolashga ketadigan mablag‘ni    tejashga  olib kelishi mumkin. Xulosa: onalardagi gipotireoz homiladorlik va laktatsiya davrlarida naslning Peyer pilakchalarining struktur-funksional zonalarini paydo bo‘lish  jarayonini sezilarli darajada buzdi. Ushbu buzilishlar gipotireoz bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan avlodda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ikkilamchi immun tanqisligining morfologik substrati bo‘lish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gestatsion gipotireoidizm sharoitida tug‘ilgan avlodning Peyer pilakchalarida limfoid hujayralarning proliferasiyasi va apoptozi jarayonlari o‘rtasida nomutanosiblikning isbotlangani Yo.X.To‘raqulov nomidagi endokrinologiya markazi bo‘yicha 27.06.2023yildagi №149, Respublika patologik anatomiya markazi bo‘yicha 18.07.2023 yildagi 29-1/U-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipotireozli onalardan tug‘ilgan avlodning ingichka ichak devoridagi Peyer pilakchalarini Ki-67 va Bcl-2 markerlariga immunogistokimyoviy tekshiruv, limfotsitlarning miqdorini o‘zgarishi natijasida immun tanqislikni prognozlash va davolash chora tadbirlarini samarali olib borish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar immun tanqislikni tashxislash, profilaktika va zarur terapevtik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi, buning natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni kamayadi. Davolash natijalarini yaxshilash uchun nazariy asos bo‘lib hizmat qiladi. Xulosa: Peyer pilakchalarining postnatal rivojlanishidagi buzilishlar mexanizmi immunokompetent hujayralarning proliferatsiyasi va apoptozi jarayonlari o‘rtasidagi muvozanatni buzilishi proliferatsiiyaning susayishi va apoptozning jadallashuviga asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish