Xakimova Durdona Saydinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy sharoitda maktab o‘quvchilarining kun tartibi va salomatligi», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2712.
Ilmiy rahbar: Salomova Feruza Ibodullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Li Marina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy sharoitda maktab o‘quvchilarining kun tartibi va salomatlik holatini gigienik baholash asosida o‘quvchilarning kun tartibini optimallashtirish va salomatligini muhofazalashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy sharoitda maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning o‘rni, ahamiyati va organizmning salomatligiga ta’sir qiluvchi omillarning bog‘liqligi isbotlangan;
maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining (bo‘y uzunligi, tana vazni va ko‘krak qafasi aylanasi) va suyak-mushak tizimining asosiy funksional ko‘rsatkichlaridan qo‘l mushaklarining kuchi va chidamliligining o‘zgarishi, o‘quvchilarning kun tartibi, yashash tarzi va ta’lim-tarbiya sharoitlariga bog‘liqligi isbotlangan;
o‘quvchilarning kun tartibining izdan chiqishiga murakkab mashg‘ulotlarning tartibsiz taqsimlanganligi, dars jadvalining tuzishdagi kamchilliklar natijasida, asab ruhiy zo‘riqishlar, turli darajadagi toliqishlar oqibatidagi ishga kirishish hamda ishlash qobiliyatining pasayishi isbotlangan;
kun tartibi va o‘quv jarayoning to‘g‘ri tashkil etilishi o‘quvchilar markaziy asab tizimi diqqat-e’tibor faoliyati va motor reaksiya ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanishiga, yurak qon-tomir tizimi moslashuvchanlik darajasining zo‘riqish va o‘ta bezovtalik holatlarning pastligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 15-fevraldagi №02/067-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasiining 2023 yil 5 noyabrdagi 01-4/225-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: zamonaviy sharoitda maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning o‘rni, ahamiyati va organizmning salomatligiga ta’sir qiluvchi omillarning bog‘liqligi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Dang‘ara tuman bo‘limi bo‘yicha 25.10.2023 yildagi 85-i-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha 30.11.2023 yildagi 182-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab ichi muhitini gigienik tahlil natijalari amaldagi gigienik me’yorlardan chetlanishlar borligini ko‘rsatish bilan birgalikda maktablarning amaldagi sig‘imi loyihaviy sig‘imdan 22-122 % ga oshganligi, 1 o‘quvchiga to‘g‘ri keladigan sinf maydoni va hajmi o‘rtacha 1,5 barobarga kamaygani, 23,1-47,7 foiz holatda maktab mebelining o‘quvchilar antropometrik ko‘rsatkichlariga muvofiq emasligi, 44-55 foiz holatda kunlik va haftalik o‘quv yuklamasining me’yordan ko‘pligi, o‘quvchilarning kun tartibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda salomatlik holati va jismoniy rivojlanishining izdan chiqishiga sharoit yaratilganligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning salbiy ta’sirini oldini olish natijasida 270000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra engil shamollash va chang allergiyasi yuzaga kelishi natijasida 1 kun davolanish 90000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning o‘zgarish natijasida yuzaga kelgan sharoitlarni yaxshilash va salbiy ta’sirini kamaytirish natijasida bir nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini (90000 so‘m x 3 kun) 270000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining (bo‘y uzunligi, tana vazni va ko‘krak qafasi aylanasi) va suyak-mushak tizimining asosiy funksional ko‘rsatkichlaridan qo‘l mushaklarining kuchi va chidamliligining o‘zgarishi, o‘quvchilarning kun tartibi, yashash tarzi va ta’lim-tarbiya sharoitlariga bog‘liqligi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Dang‘ara tuman bo‘limi bo‘yicha 25.10.2023 yildagi 85-i-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha 30.11.2023 yildagi 182-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab o‘quvchilarida qo‘l panjasi bukuvchi mushaklarining kuchi va chidamlililik ko‘rsatkichlarida tafovutlar mavjud. Farg‘onalik bolalar uchun qo‘l panjalarining mushak kuchi va chidamlilik ko‘rsatkichlari Toshkentlik o‘quvchilarga nisbatan yuqoriligi bilan xarakterlangan, ayniqsa bu tafovutlarning ishonchliligi qiz bolalarda ko‘proq uchragan. Toshkentlik o‘g‘il bolalarda chap qo‘l panjasining mushak chidamliligi o‘rganilgan yosh davrida 89 sekundga oshgan (7 yoshda 18 sek, 17 yoshda 107 sek), Farg‘onaliklar uchun mos ravishda 19,6 va 114,3; + 94,7 sek ga ortgani qayd etigan bo‘lib, Toshkentlik qiz bolalarda bu ko‘rsatkich 17,4 dan 87 sek ga (+69,6), (Farg‘onaliklar uchun mos ravishda 17,3 va 95,5; +78,2 sek) etgani aniqlanganligi, Farg‘onalik o‘quvchilar orasida salbiy omillarning ta’sirini Toshkent shahriga nisbatan kamligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi ko‘rsatkichlari, salomatlik holati va organizmning yetakchi tizimlarining asosiy funksional ko‘rsatkichlarining izdan chiqishi natijasida yuzaga kelgan kasalliklarni bir kun davolanishi uchun 180000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra engil shamollash va chang allergiyasi yuzaga kelishini natijasida 1 kun davolanish 90000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning o‘zgarish natijasida yuzaga kelgan sharoitlarni yaxshilash va salbiy ta’sirini kamaytirish natijasida bir nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini (90000 so‘m x 3 kun) 270000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘quvchilarning kun tartibining izdan chiqishiga murakkab mashg‘ulotlarning tartibsiz taqsimlanganligi, dars jadvalining tuzishdagi kamchilliklar natijasida, asab ruhiy zo‘riqishlar, turli darajadagi toliqishlar oqibatidagi ishga kirishish hamda ishlash qobiliyatining pasayishi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Dang‘ara tuman bo‘limi bo‘yicha 25.10.2023 yildagi 85-i-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha 30.11.2023 yildagi 182-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: maktab o‘quvchilarining antropometrik ko‘rsatkichlari uchun hamma guruhlarda yoshga oid dinamika va jinsga oid tafovutlar xarakterli ekanligi, jismoniy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori yillik o‘sish balog‘at oldi va balog‘at davriga to‘g‘ri kelishi, qizlarda 1-2 yil oldin sodir bo‘lishi, o‘g‘il bolalarda yillik o‘sishning bo‘y o‘sishi va KQA bo‘yicha o‘sishi 14-15 yoshda, tana vazni uchun 1 yildan so‘ng 15-16 yosh orasida qayd etilganligi baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: maktab o‘quvchilarning kun tartibi va salomatlik holatining izdan chiqishi natijasida yuzaga kelgan xastaliklarni oldini olish va shifoxonada bir kunlik davolanishi uchun 180000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra engil shamollash va chang allergiyasi yuzaga kelishini natijasida 1 kun davolanish 90000 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning o‘zgarish natijasida yuzaga kelgan sharoitlarni yaxshilash va salbiy ta’sirini kamaytirish natijasida bir nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini (90000 so‘m x 3 kun) 270000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kun tartibi va o‘quv jarayoning to‘g‘ri tashkil etilishi o‘quvchilar markaziy asab tizimi diqqat-e’tibor faoliyati va motor reaksiya ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilanishiga, yurak qon-tomir tizimi moslashuvchanlik darajasining zo‘riqish va o‘ta bezovtalik holatlarning pastligi isbotlangani O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi Dang‘ara tuman bo‘limi bo‘yicha 25.10.2023 yildagi 85-i-son hamda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi bo‘yicha 30.11.2023 yildagi 182-i-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nazorat ostiga olgan ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya sharoiti va o‘quv yuklamalarining maktab o‘quvchilarining markaziy asab tizimiga ta’sirini tavsiflash uchun ko‘rish va eshitish analizatorlari qo‘zg‘alishi natijasida javob reaksiyasining yashirin vaqtini, o‘quvchilar ko‘rish va eshitish-motor reaksiyasining yashirin vaqti yilning issiq davrida o‘quv mashg‘ulotlaridan oldin maktab o‘quvchilarining ko‘rish-motor reaksiyasi (KMR) tezligi o‘rtacha Toshkentlik o‘g‘il bolalar uchun-250,5±2,13 ms, qizlar uchun-270,3±1,43 ms, Farg‘onalik o‘g‘il bolalar uchun–306,5±2,1 ms va qizlar uchun-312,4±1,72 ms.ni tashkil etganligi darslar oxirida KMR sezilarli darajada oshganligini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: markaziy asab tizimi diqqat-e’tibor faoliyati va motor reaksiya ko‘rsatkichlari o‘zgarishini oldini olish uchun shifoxonada bir kunlik davolanishi uchun 270 ming so‘m iqtisod qilishga erishilgan (shifoxonalarning preyskurantiga ko‘ra engil shamollash va chang allergiyasi yuzaga kelishini natijasida 1 kun davolanish 90 000 ming so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: maktab o‘quvchilarining salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi va organizmning yetakchi tizimlari funksional holatiga ta’sir qiluvchi gigienik omillarning o‘zgarish natijasida yuzaga kelgan sharoitlarni yaxshilash va salbiy ta’sirini kamaytirish natijasida bir nafar bemor bola hisobiga byudjet mablag‘larini (90000 so‘m x 3 kun) 270000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.