Zaynutdinov Murodullo Omonillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jag‘ suyaklari nuqsonlarida osteoplastik materiallarning samaradorligini qiyosiy klinik-morfologik taqqoslash», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib767.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Moxir Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Mamatxon Burxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.J. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti\ (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba va klinikada jag‘larning bo‘shliqli nuqsonlarida osteoplastik materiallarni qo‘llashning klinik va morfologik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimental tadqiqotlar natijasida silikat asosli maxalliy osteoplastik materialning TBP va antibiotikli kompleksda qo‘llanilishida, uning osteoinduktiv va osteokonduktiv xusisiyatlari, regeneratsiya jarayoniga jalb etilgan hujayralarning differensiallashuvi va migratsiyasini rag’batlantirishi xamda jarohat joyida patologik mikroorganizmlarning ko‘payishini oldini olishi xisobiga reparativ regeneratsiyaning to‘liq shakli aniqlangan;
ilk bor jag’ suyaklarining odontogen kistalarda xosil bo‘lgan nuqsonni bartaraf etish maqsadida qo‘llanilgan maxalliy osteoplastik material TBP va antibiotikli kompleksi osteogenezni rag’batlantirishi, osteoblastlarni jadallik bilan yig’ilishi, kollagen tolali suyaklar qatlamining shakllanishi, suyaklanish jarayonining tezlashgani aniqlangan;
klinikada jag’ suyaklari bo‘shliqli nuqsonlarini davolash dinamikasida jarrohlik yarasining mikrobial ifloslanish ko‘rsatkichi osteoplastik materialning antibiotik bilan birga qo‘llanilinganda patologik mikroorganizmlarning inokulyasiyasining sezilarli pasayishiga, jaroxatni asoratsiz birlamchi bitishiga olib kelgani isbotlangan;
ilk bor rentgenologik tekshiruv usullari natijalari asosida jag’ning bo‘shliqli nuqsonlarini mahalliy osteoplastik materialini TBP va antibiotikli kompleksini qo‘llanilgandan keyin suyak to‘qimasida tekshiruvlarning 3-oyida nuqsonni to‘liq tiklovchi regenerat paydo bo‘lgani va u o‘z tuzilishi, zichligi bo‘yicha atrofdagi suyak to‘qimalariga yaqinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya institutining 2024 yil 29 fevraldagi 04-x/29-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: eksperimental tadqiqotlar natijasida silikat asosli maxalliy osteoplastik materialning TBP va antibiotikli kompleksda qo‘llanilishida, uning osteoinduktiv va osteokonduktiv xusisiyatlari, regeneratsiya jarayoniga jalb etilgan hujayralarning differensiallashuvi va migratsiyasini rag’batlantirishi xamda jarohat joyida patologik mikroorganizmlarning ko‘payishini oldini olishi xisobiga reparativ regeneratsiyaning to‘liq shakli aniqlangan, ya’ni klinik amaliyotda qo‘llash maqsadida eksperimentda osteoplastik materiallardan foydalangan xolda yo’qolgan jag’ suyak to‘qimasini tiklash va jag’ suyagi bo‘shliqli nuqsonlari bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan so‘ng suyak to‘qimasining qayta tiklanish hususiyatlari batafsil tahlil qilindi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xorijiy analog bilan qiyosiy solishtirilganda, mahalliy osteoplastik materialdan foydalanish jarrohlik sohasidagi suyakning sifat xususiyatlarini yaxshilashi, yallig’lanish asoratlarining rivojlanishini bloklashi isbotlandi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morfologik tekshiruvlarning ijobiy natijalari asosida tadqiqotning klinik bosqichlari o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekistonda ushbu osteoplastik materialni mahalliy hom ashyolardan foydalangan holda ishlab chiqarishni yo’lga qo‘yishni tavsiya qildi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish “Morfologicheskie osobennosti regeneratsii kostnoy tkani nijney chelyusti pri primenenii sinteticheskogo kostnogo materiala” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog’liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2022 yil 21 sentyabrdagi 42-sonli buyrug’i, shuningdek, 7-sonli shahar klinik shifoxonasining 2023 yil 26 dekabrdagi 115-sonli buyrug’i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban 8n-z/492-son xulosasi 26.09.2022 olingan).
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor jag’ suyaklarining odontogen kistalarda xosil bo‘lgan nuqsonni bartaraf etish maqsadida qo‘llanilgan maxalliy osteoplastik material TBP va antibiotikli kompleksi osteogenezni rag’batlantirishi, osteoblastlarni jadallik bilan yig’ilishi, kollagen tolali suyaklar qatlamining shakllanishi, suyaklanish jarayonining tezlashganini aniqlash, ya’ni jag’larning sistektomiya operatsiyasidan keyingi bo‘shliqli nuqsonida mahalliy osteoplastik biomaterialni TBP va antibiotikli kompleksi suyak to‘qimasini tiklash uchun qo‘llanilganda reparativ regeneratsiyani rag’batlantiradi xamda tiklanish vaqti qisqaradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: xorijiy analog (Janubiy Koreya kompaniyasi osteoplastik materiali) bilan qiyosiy solishtirilganda, mahalliy osteoplastik materialidan foydalanish jarrohlik sohasidagi suyakning sifat xususiyatlarini yaxshilash, yallig’lanish asoratlarining rivojlanishini bloklash, og’riqni sezilarli darajada kamaytirish (bemorlarga qo‘shimcha analgetiklarga muhtoj emas) va ijtimoiy moslashish va kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Yuqorigilardan kelib chiqib, import o‘rnini bosuvchi mahalliy innovatsion ishlanma sifatida O‘zbekiston aholisini kompleks davolashda foydalanish uchun tavsiya etilishi mumkin.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotning ijobiy natijalari asosida tadqiqotning klinik bosqichlari o‘tkazildi va bu o‘z navbatida O‘zbekistonda ushbu innovatsion ishlanmani mahalliy hom ashyolar va ishlanmalardan foydalangan holda ishlab chiqarishni yo’lga qo‘yishni tavsiya qildi.
uchinchi ilmiy yangilik: klinikada jag’ suyaklari bo‘shliqli nuqsonlarini davolash dinamikasida jarrohlik yarasining mikrobial ifloslanish ko‘rsatkichi osteoplastik materialning antibiotik bilan birga qo‘llanilinganda patologik mikroorganizmlarning inokulyasiyasining sezilarli pasayishiga, jaroxatni asoratsiz birlamchi bitishiga olib kelgan, ya’ni qon quyqasi bilan to‘ldirilganda Staph. Spp. va Candida bo‘yicha urug’lanish sezilarli darajada kamaygan, ammo Provotellaoralis mikroorganizmining o‘sishi aniqlanmagan bo‘lsa, boshqa mikroorganizmlarning urug’lanish qobiliyati pasaygan (r>0,05); kollagen asosli osteoplastik material qo‘llanilganda ko‘p mikroorganizmlarning inokulyasiyasining pasayishiga (r>0,05) Staph. epidermidis va Provotellaoralis inokulyasiyasining to‘liq yo’qligiga moyillik mavjud bo‘lgan; silikat asosli osteoplastik materialni TBP va antibiotik bilan kompleksdan foydalanganda ko‘pchilik mikroorganizmlarning koloniyalarini urug’lanishda sezilarli pasayish, stafilokokkus va Klebsiella urug’lanishning yo’qligi, operatsiyadan keyingi jarroxatni birlamchi bitishini ta’minlagan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jag’ suyagi bo‘shliqli nuqsonlarini tiklash uchun osteoplastik materialni antibiotik bilan birgalikda foydalangandan so‘ng nuqson sohasidagi patologik mikroorganizmlarning inokulyasiyasining to‘liq yo’qligi jaroxat soxasini asoratsiz birlamchi bitishini ta’minladi.
Ilmiy innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi: ushbu innovatsion ishlanma import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo’naltirilgan. Janubiy Koreyaning “OsteonTM II” osteoplastik materialining narxiga nisbatan mahalliy “Bioaktiv shisha” osteoplastik materiali narxidan arzon. Bundan kelib chiqadiki, tavsiya etilgan usul har bir bemorning davolash samarodorligini 2-2,5 marttagacha oshirishi hamda kamida 1 203 938 so‘m tejashga imkon berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish “Xirurgicheskoe lechenie kist chelyustey s primeneniem sinteticheskogo kostnogo materiala” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog’liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2022 yil 21 sentyabrdagi 42-sonli buyrug’i, shuningdek, 7-sonli shahar klinik shifoxonasining 2023 yil 26 dekabrdagi 115-sonli buyrug’i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban 8n-z/492-son xulosasi 26.09.2022 olingan).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor rentgenologik tekshiruv usullari natijalari asosida jag’ning bo‘shliqli nuqsonlarini mahalliy osteoplastik materialini TBP va antibiotikli kompleksini qo‘llanilgandan keyin suyak to‘qimasining holati haqida ma’lumotlar olindi: tekshiruvlarning 3-oyida nuqsonni to‘liq tiklovchi regenerat paydo bo‘ldi va u o‘z tuzilishi, zichligi bo‘yicha atrofdagi suyak to‘qimalariga yaqinligi aniqlangan, ya’ni gidroksiapatit, β-trikalsiy fosfat va kollagenga asoslangan osteoplastik materiallarning turli xil tezlikdari rezorbsiyasi, jag’larning har xil o‘lchamdagi va uzunlikdagi suyak nuqsonlarini to‘ldirishda har bir mahsulotni tanlashga imkon berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan usul bemorlarning davolanish samaradorligini oshiradi, ortiqcha harajatlarni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik aniqlashda xar bir bemorning reabilitatsiya davrini qisqartirish, qo‘llanilayotgan osteoplastic material tannarhi, sarflangan vaqt va bir qatnov uchun ketgan vaqtlarning o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Tavsiya etilgan suyak nuqsonlarini to‘ldirish usulini qo‘llash davo samaradorligini 2-2,5 marttagacha oshirish hamda kamida 1 203 938 so‘m tejashga imkon berdi. Jag suyaklarining bo‘shliqli nuqsonlarini bartaraf etishda osteoplastik materiallarning turli xil tezlikdari rezorbsiyasi, jag’larning har xil o‘lchamdagi va uzunlikdagi suyak nuqsonlarini to‘ldirishda turli xil osteoplastik vositalarni tanlashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chikilgan “Morfologicheskie osobennosti regeneratsii kostnoy tkani nijney chelyusti pri primenenii sinteticheskogo kostnogo materiala” va “Xirurgicheskoe lechenie kist chelyustey s primeneniem sinteticheskogo kostnogo materiala” mavzularida ilmiy yangiliklarni boshqa sog’liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2022 yil 21 sentyabrdagi 42-sonli buyrug’i, shuningdek, 7-sonli shahar klinik shifoxonasining 2023 yil 26 dekabrdagi 115-sonli buyrug’i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yuborilgan xatiga javoban 8n-z/492-son xulosasi 26.09.2022 olingan).

Yangiliklarga obuna bo‘lish