Yakubov Shoxrux Norkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pastki jag‘ sinishlarida osteogenezni kompleks davolash bilan rag‘batlantirish”, 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3391.
Ilmiy rahbar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent Davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Muxamadjon Ismailovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston).
Yetakchi tashkilot: Kubanskiy davlat tibbiyot unversiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reparativ osteogenezni stimulyasiya kilish orkali pastki jag‘i singan bemorlarni kompleks davolash natijalarini yaxshilash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Pastki jag‘ suyagi sinishlarida suyak metabolizmi markerlarining tarkibi, jumladan ishqorli fosfataza faolligining ortishi aniqlangan;
Pastki jag‘ sinishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda siniq chizig‘i proeksiyasidagi shilliq qavat soxasiga qo‘llanilayotgan gomeopatik preparatlar in’eksiyasi siniq bulaklari konsolidatsiyasi va bitish jarayonlari normal kechishidan dalolat beruvchi, glyukoza va to‘qimalarning oksigenatsiyasi metabolizmini tiklanishi isbotlangan;
Kal`siy almashinuvini boshqaruvchi suyak metabolizmi markerlari konsentratsiyasining o‘zgarishi pastki jag‘ sinishlarini davolashda qo‘llaniladigan davolash usullari va yallig‘lanish jarayonlarining namoyon bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
“Traumel` S” preparatini qo‘llash pastki jag‘ sinishlarini davolashda exoostrometrik ko‘rsatkichlarga asoslangan sinish sohasida va suyak to‘qimasida optik zichligining oshishi kuzatiladi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar kengashining 2024 yil 28 martdagi №30-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ suyagi sinishlarida suyak metabolizmi markerlarining tarkibi, jumladan ishqoriy fosfataza faolligining ortishi aniqlangan. pastki jag‘ sinishlarida suyak metabolizmi markerlarining tarkibini aniqlash suyak bo‘laklari konsolidatsiyasi jarayonini dinamikada ko‘zatib, ushbu jarayonga xos bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olish hamda davolash rejasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Pastki jag‘ suyagi sinishlarida suyak metabolizmi markerlarining tarkibini aniqlash usulini informativligini aniqlash bo‘yicha tadqiqod natijalari asosida ishlab chiqilgan “Kattalarda pastki jag‘ sinishlarini davolashda osteogenezni kompleks stimulyasiya qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi №04-r/85-son ma’lumotnomasi va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil 30 noyabrdagi №72-sonli buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2023 yil 13 dekabrdagi 3322-7-107-TB/2023-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 23 dekabrdagi №04-z/38-sonli xulosa olingan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tatbiq natijasida davolanish muddati qisqardi hamda suyak bo‘laklari konsolidatsiyasi dinamikasini baholashni va shu orqali davolash sxemasiga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish, optimal estetik va funksional natijaga erishildi, an’anaviy medikamentoz terapiyaga xos bo‘lgan asoratlarni oldi olindi, yallig‘lanish asoratlarini bartaraf etishga qaratilgan qo‘shimcha jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan noqulayliklar bartaraf etildi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan davolash samaradorligini baholash usuli davolash muddatini qisqartiradi tibbiy xizmatning ortiqcha harajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik sog‘ayish vaqti, davolanish va qo‘shimcha dori-darmonlarni sotib olish xarajatlari, reabilitatsiya davri, tiklanish vaqti mehnat qobiliyati va asoratlarni davolashga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Pastki jag‘i singan bemorlarda suyak metabolizmi markerlarining tarkibini aniqlash usulini qo‘llash bir nafar bemorga kamida 2 400 000 so‘m tejalishiga olib keladi.
Xulosa: Yakubov Shohruh Norkulovichning «Pastki jag‘ sinishlarida osteogenezni kompleks davolash bilan rag‘batlantirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga joriy etildi. Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 23 dekabrdagi №04-z/38-sonli xulosa olingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ sinishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda siniq chizig‘i proyeksiyasidagi shilliq qavat sohasiga qo‘llanilayotgan gomeopatik preparat indeksiyasi siniq bo‘laklari konsolidatsiyasi va bitish jarayonlari normal kechishidan dalolat beruvchi, glyukoza va to‘qimalarning oksigenatsiyasi metabolizmini tiklanishi isbotlangan; pastki jag‘ sinishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda gomeopatik preparatini qo‘llash suyak metabolizmi markyorlari darajasining ijobiy dinamikasi glyukoza almashinuvini va to‘qimalarni normal oksigenatsiyasining tiklashini ko‘rsatdi, bu esa o‘z navbatida singan suyak bo‘laklari uchun optimal trofikani ta’minlaydi va jarohatni bitishini tezlashtirib, suyaklarni mustahkam bitishi uchun xizmat qiladi. pastki jag‘ sinishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda siniq chizig‘i proyeksiyasidagi shilliq qavat sohasiga qo‘llanilayotgan gomeopatik preparatini qo‘llash samaradorligini qiyosiy baholashning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Kattalarda pastki jag` sinishlarini davolashda asoratlarning oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi №04-r/86-son ma’lumotnomasi) va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil 30 noyabrdagi №72-sonli buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2023 yil 13 dekabrdagi 3322-7-107-TB/2023-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 23 dekabrdagi №04-z/38-sonli xulosa olingan).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Pastki jag‘ sinishlari bo‘lgan bemorlarni davolashda gomeopatik preparatini qo‘llash suyak metabolizmi markyorlari darajasining ijobiy dinamikasi glyukoza almashinuvini va to‘qimalarni normal oksigenatsiyasining tiklashini ko‘rsatdi, bu esa o‘z navbatida singan suyak bo‘laklari uchun optimal trofikani ta’minlaydi va jarohatni bitishini tezlashtirib, suyaklarni mustahkam bitishi uchun xizmat qiladi, yallig‘lanish ehtimolini kamaytiradi hamda boshqa asoratlarni oldini oladi va yuqori estetik ko‘rsatkichlarni ta`minlashda muhim axamiyatga ega.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tavsiya etilgan medikamentoz terapiya usuli davolanish davomiyligini kamaytiradi, tibbiy xizmatning ortiqcha harajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik sog‘ayish vaqti, davolanish va qo‘shimcha dori-darmonlarni sotib olish xarajatlari, reabilitatsiya davri, tiklanish vaqti mehnat qobiliyati va asoratlarni davolashga sarflanadigan mablag‘ning to‘liq tan narxining o‘rtacha arifmetik qiymati bo‘yicha amalga oshirildi. Pastki jag‘i singan bemorlarda suyak metabolizmi markerlarining tarkibini aniqlash usulini qo‘llash bir nafar bemorga kamida 2 400 000 so‘m tejalishiga olib keladi.
Xulosa: Yakubov Shohruh Norkulovichning «Pastki jag‘ sinishlarida osteogenezni kompleks davolash bilan rag‘batlantirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga joriy etildi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 23 dekabrdagi №04-z/38-sonli xulosa olingan).
uchinchi ilmiy yangilik: kalsiy almashinuvini boshqaruvchi suyak metabolizmi markerlari konsentratsiyasining o‘zgarishi pastki jag‘ sinishlarini davolashda qo‘llaniladigan davolash usullari va yallig‘lanish jarayonlarining namoyon bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan; pastki jag‘ sinishlarida suyak metabolizmi markerlarining tarkibini aniqlash suyak bo‘laklari konsolidatsiyasi jarayonini dinamikada kuzatib, ushbu jarayonga xos bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olish hamda davolash rejasini to‘g‘ri tanlash imkonini beradi. Kalsiy almashinuvini boshqaruvchi suyak metabolizmi markerlari konsentratsiyasining o‘zgarishi pastki jag‘ sinishlarini davolashda qo‘llaniladigan davolash usullari va yallig‘lanish jarayonlarining namoyon bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqligini o‘rganish natijalari asosida ishlab chiqilgan “Kattalarda pastki jag‘ sinishlarini davolashda osteogenezni kompleks stimulyasiya qilish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi №04-r/85-son ma’lumotnomasi) va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil 30 noyabrdagi №72-sonli buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2023 yil 13 dekabrdagi 3322-7-107-TB/2023-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 23 dekabrdagi №04-z/38-sonli xulosa olingan).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kalsiy almashinuvini boshqaruvchi suyak metabolizmi markerlari konsentratsiyasining o‘zgarishi pastki jag‘ sinishlarini davolashda qo‘llaniladigan davolash usullari va yallig‘lanish jarayonlarining namoyon bo‘lishi bilan uzviy bog‘liqligi aniqlash asoratlar rivojlanish xavfini erta aniqlash va ularni paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgan barcha omillar jarrohlikdan keyingi asoratlar, hayot sifatining pasayishi, qoniqarsiz estetik natija va davolanish muddati oshishi natijasida bemorlarda kelib chiquvchi turli psixologik muammolar va bezovtalikni oldini oladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: biokimyoviy ko`rsatkichlarni muntazam monitoring qilish sxemasi patologik jarayonlarni hamda yallig‘lanishni erta bosqichlarda aniqlash va o‘z vaqtida davolashni boshlash orqali ortiqcha sarf-harajatlar va patologik jarayonni tarqalishini oldini olish imkonini beradi.
Xulosa: Yakubov Shohruh Norkulovichning «Pastki jag‘ sinishlarida osteogenezni kompleks davolash bilan rag‘batlantirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga joriy etildi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 23 dekabrdagi №04-z/38-sonli xulosa olingan).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sinish sohasida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishi va suyak to‘qimasi zichligining oshishi hisobiga pastki jag‘ sinishlarini davolashda “Traumel S” preparatini qo‘llash samaradorligi exoostrometrk ko‘rsatkichlar asosida asoslangan; suyak to‘qimasini reparativ regeneratsiyasi uchun sharoitlarning yaxshilanishi va yallig‘lanish asoratlarini rivojlanishini oldini olish bilan asoslangan bitish jarayonlarining muqobillashuvi glyukoza metabolizmini tiklanishi va to‘qimalarning normal oksigenatsiyasi hisobiga erishilgani, bu esa o‘z navbatida suyak metabolizmi xolatini va siniqlarning konsolidatsiya sifatini yaxshilanishi imkonini beradi. sinish sohasida yallig‘lanish jarayonlarini kamayishi va suyak to‘qimasi zichligining oshishi hisobiga pastki jag‘ sinishlarini davolashda “Traumel S” preparatini qo‘llash samaradorligi exoostrometrk ko‘rsatkichlar asosida baholashning natijalari asosida ishlab chiqilgan “Kattalarda pastki jag‘ sinishlarini davolashda asoratlarning oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 2023 yil 20 noyabrdagi №04-r/86-son ma’lumotnomasi) va olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasining 2023 yil 30 noyabrdagi №72-sonli buyrug‘i va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining 2023 yil 13 dekabrdagi 3322-7-107-TB/2023-sonli buyrug‘iga binoan muassasalarning amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 23 dekabrdagi №04-z/38-sonli xulosa olingan).
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: suyak to‘qimasini reparativ regeneratsiya jarayonini exoosteometriya orqali monitoring qilish orqali asoratlar rivojlanish xavfini erta aniqlash va ularni paydo bo`lish ehtimolini kamaytirish imkonini beradi. Yuqorida keltirilgan barcha omillar jarrohlikdan keyingi asoratlar, hayot sifatining pasayishi, qoniqarsiz estetik natija va davolanish muddati oshishi natijasida bemorlarda kelib chiquvchi turli psixologik muammolar va bezovtalikni oldini oladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: suyak to‘qimasini reparativ regeneratsiya jarayonini exoosteometriya orqali monitoring qilish sxemasi patologik jarayonlarni hamda yallig‘lanishni erta bosqichlarda aniqlash va o‘z vaqtida davolashni boshlash orqali ortiqcha sarf-harajatlar va patologik jarayonni tarqalishini oldini olish imkonini beradi.
Xulosa: Yakubov Shohruh Norkulovichning «Pastki jag‘ sinishlarida osteogenezni kompleks davolash bilan rag‘batlantirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga joriy etildi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2023-yil 23 dekabrdagi №04-z/38-sonli xulosa olingan).