Mirzabaev Gayrat Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik fonida o‘tkir kal`kulyoz xolesistitda jarrohlik taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2022.4.PhD/Tib3216.
Ilmiy rahbar: Xakimov Dilshodbek Mamadalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Orazaliev Gafur Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qonning ivish va ivishga qarshi tizimini inobatga olgan holda xirurgik taktikani optimallashtirish orqali semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
semizlik fonida o‘tkir toshli xolesistitning tipologik hususiyatlari hamda qonning ivish va ivishga qarshi tizimi buzilishining prediktorlari aniqlangan, o‘t yo‘llaridagi turli hil darajadagi surunkali jarayonlarda qon aylanish tizimida ro‘y beradigan patogenetik mexanizmlarga aniqlangan;
semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitda qonning ivish tizimining, ivishga qarshi tizimidan farqli o‘laroq, faollashishi ro‘y berishi, bu esa tashrihdan keyingi davrda (5-7-kun) tromboembolik asoratlarni vujudga kelishining sababi ekanligi hamda spesifik va nospesifik profilaktik shoshilinch choralarni ko‘rilishini talab etishi aniqlangan;
semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitda fibrinogen va prokonvertin konsentratsiyasining hamda trombotsitlar sonining ortishini inobatga oluvchi, bemorlarning mazkur toifasida xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini yaratgan takomillashtirilgan davolash-tashxisot algoritmi ishlab chiqilgan;
qonning ivish va ivishga qarshi tizimlarining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda xirurgik davolash usulini tanlashga bo‘lgan determinatsiyalangan yondashuv, bemorlarning asosiy guruhida taqqoslash guruhiga nisbatan, yatrogen asoratlar chastotasini 14,1 foizga, tashrixdan keyingi asoratlarni 13,7 foizga, yiringli-septik asoratlarni 5,1 foizga, o‘lim xolatini 2,8 foizga, shuningdek relaparotomiyalarni 3,9 foizga, hamda konversiyalarni 2,3 foizga pasaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 30 yanvardagi 06/3-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2024 yil 2 fevraldagi 06/39-son xati yuborilgan):
semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitning tipologik hususiyatlari va qonning ivish va ivishga qarshi tizimi buzilishining prediktorlari aniqlangan, o‘t yo‘llaridagi har hil darajadagi og‘irlikdagi surunkali jarayonlarda qon aylanish tizimida ro‘y beradigan patogenetik mexanizmlarga aniqliklar kiritilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Semizlik fonida o‘tkir toshli xolesistitni xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (14.03.2023 y.; №131) va RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (21.03.2023 y.; №124) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitni xirurgik davolashda uning tipologik hususiyatlarini hamda qonning ivish va ivishga qarshi tizimi buzilishining prediktorlarini inobatga olish asoratlar chastotasini kamaytiradi va bemorlar xayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qon aylanish tizimida ro‘y beradigan patogenetik mexanizmlar buzilishi va qonning ivish va ivishga qarshi tizimi buzilishining prediktorlari aniqlanib, ular profilaktika qilinganda 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddati o‘rtacha 10,8 kundan 5,4 kungacha qisqarib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 999 ming so‘mga kamaygan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: qonning ivish va ivishga qarshi tizimi buzilishining prediktorlari aniqlanib amaliyotga joriy qilinishi bilan yotoq-o‘rin aylanmasining hisobiga harajat kamayishidan bir nafar bemor uchun 999 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami bo‘yicha o‘rtacha (579 bemor) 578 mln. 421 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitda qonning ivishga qarshi tizimidan farqli o‘laroq, ivish tizimining faollashishi va bu esa tashrihdan keyingi davrda tromboembolik asoratlarni vujudga kelishining sababi ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Semizlik fonida o‘tkir toshli xolesistitni xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (14.03.2023 y.; №131) va RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (21.03.2023 y.; №124) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitda qonning ivish tizimi faollashishida spesifik va nospesifik profilaktik shoshilinch choralarni qo‘llanilishi tromboembolik asoratlarni oldini olishni imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashrixidan keyingi davrda qonning ivishga qarshi maxsus va nomaxsus profilaktika choralari hisobiga tromboembolik asoratlarni oldini olish va davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 185 ming so‘m) 999 ming so‘m pul tejalishiga imkon bergan. Xulosa: tashrixidan keyingi asoratlarni oldini olishga sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1 oyda 29 mln. 970 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistitda fibrinogen va prokonvertin konsentratsiyasining hamda trombotsitlar sonining ortishini inobatga oluvchi, bemorlarning mazkur toifasida xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini yaratgan takomillashtirilgan davolash-tashxisot algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Semizlik fonida o‘tkir toshli xolesistitni xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (14.03.2023 y.; №131) va RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (21.03.2023 y.; №124) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistit bor bemorlarda qonining ivish va ivishga qarshi tizimi ko‘rsatkichlari holatini inobatga olgan holda takomillashtirilgan davolash-diagnostik algoritm, shuningdek mini-kirishdan xolesistektomiya usuli xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davolash-diagnostik algoritm, shuningdek mini-kirishdan xolesistektomiya usulini joriy qilinishida 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10,8 kundan 5,4 kungacha qisqartirishi xisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: davolash-diagnostik algoritm, shuningdek mini-kirishdan xolesistektomiya usuli yotoq-o‘rin aylanmasining oshishi hisobiga harajat kamayishidan 999 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
qonning ivish va ivishga qarshi tizimining ko‘rsatkichlariga qarab jarrohlik davolash usulini tanlashga bo‘lgan determinatsiyalangan yondashuv, bemorlarning asosiy guruhidagi yatrogen asoratlar chastotasini pasaytirishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Semizlik fonida o‘tkir toshli xolesistitni xirurgik davolash taktikasini optimallashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanma RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (14.03.2023 y.; №131) va RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha buyruq (21.03.2023 y.; №124) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Semizlik fonidagi o‘tkir toshli xolesistit bor bemorlarda qonining ivish va ivishga qarshi tizimi ko‘rsatkichlari holatini inobatga olgan holda takomillashtirilgan davolash-diagnostik algoritm, shuningdek mini-kirishdan xolesistektomiya usuli xirurgik taktikani optimallashtirish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Asoratlar chastotasining pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun sarflangan materiallar va dori vositalarining kamayishi hisobiga 1 mln. 450 ming so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: tashrixidan keyingi yatrogen asoratlar, jarrohlik aralashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan tashrihdan keyingi asoratlar va boshqa asoratlarni oldini olish orqali sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1 oyda 43 mln. 500 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish