Xaydarov Sarvarbek Adxamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik yarali kolitda davolash taktikasini takomillashtirish yo‘llari», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Â2023.4.PhD/Tib989.
Ilmiy rahbar: Egamov Yuldashali Sulaymanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjimatov Gulomiddin Minxodjievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nospesifik yarali kolitni kompleks davolashni takomillashtirish va limfatik terapiyani qo‘llash orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional va klinik tekshiruvlar natijasida qorin bo‘shlig‘i va limfomikrotsirkulyasiya limfa tizimining ichak tutqichi tomirlarida va yo‘g‘on ichakning limfa tugunlarida, tashrixdan keyingi asoratlarning rivojlantirish mexanizmlarida regionar mikrolimfotomirlar tuzilishi va funksiyasining buzilishi muhim rol o‘ynashi aniqlangan;
to‘g‘ri ichak saqlab qolingan holatlarda tashrihdan keyingi davrda nospesifik yarali kolitni kompleks davolashda endopararektal limfatik terapiya usuli ishlab chiqilgan;
nospesefik yarali kolitni tashxislash va davolash usulini tanlashning optimal algoritmi ishlab chiqilgan;
a’zo saqlab qoluvchi tashrihdan keyingi davrda zararlangan to‘g‘ri ichak tutqichi orqali o‘tkazilgan endomezenterial limfatrop terapiya yallig‘lanish jarayoni regressini hamda yara regeneratsiyasini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 30 yanvardagi 06/2-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2024 yil 3 fevraldagi 06/44-son xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: to‘g‘ri ichak saqlab qolingan holatlarda tashrihdan keyingi davrda nospesifik yarali kolitni kompleks davolashda ishlab chiqilgan endopararektal limfatik terapiya usuli Andijon tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 20 dekabrdagi 117-sonli buyruq bilan, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida 2023 yil 21 dekabrdagi 390-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: to‘g‘ri ichakda operatsiyadan keyingi davrda o‘tkazilgan limfotrop terapiyada to‘g‘ri ichakdagi yallig‘lanish jarayonini to‘liq bartaraf etilishi, a’zoni saqlab qolish va to‘g‘ri ichakni rezervuar funksiyasini saqlab qolish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: takomillashtirilgan usulni amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 12,8 kundan 6,4 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 2 mln. 300 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasi harajati kamayishi hisobiga bir nafar bemordan 2 mln. 300 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: nospesefik yarali kolitni tashxislash va davolash usulini tanlashning ishlab chiqilgan optimal algoritmi Andijon tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 20 dekabrdagi 117-sonli buyruq bilan, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida 2023 yil 21 dekabrdagi 390-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmni qo‘llash tezkor klinik tashxis qo‘yish; operatsiya xajmi va bemorda kutilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni prognozlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nospesefik yarali kolitni tashxislash va davolash usulini tanlashning optimal algoritmining joriy etilishi davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 210 ming so‘m) 1 mln. 344 ming so‘m iqtisod qilinishiga imkon bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan algoritm joriy etilishi natijasida sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun tadbiq ko‘lami bo‘yicha o‘rtacha 1 oyda 5 mln. 320 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: a’zo saqlab qoluvchi tashrihdan keyingi davrda zararlangan to‘g‘ri ichak tutqichi orqali o‘tkazilgan endomezenterial limfatrop terapiya yallig‘lanish jarayoni regressini hamda yara regeneratsiyasini ta’minlashi isbotlanganligi Andijon tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 20 dekabrdagi 117-sonli buyruq bilan, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida 2023 yil 21 dekabrdagi 390-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: a’zo saqlab qoluvchi tashrihdan keyingi asoratlarni keskin kamayishi va patologik jarayonni to‘liq yo‘q bo‘lishi, shu bilan birga qoldirilgan to‘g‘ri ichak shilliq qavatini to‘liq regeneratsiyasiga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: a’zo saqlab qoluvchi tashrihdan keyingi asoratlarni keskin kamayishiga imkon berishi bilan 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 15,4 kundan 7,7 kungacha qisqartirishi xisobiga, dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: a’zo saqlab qoluvchi tashrihdan keyingi asoratlarni keskin kamayishi yotoq-o‘rin aylanmasi harajatlarining kamayishi hisobiga 1 mln. 617 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik tadqiqot natijalari asosida kolorektal va ileorektal anastomozlarning tiklanish muddatlari qisqartirilganligi Andijon tuman tibbiyot birlashmasida 2023 yil 20 dekabrdagi 117-sonli buyruq bilan, Namangan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida 2023 yil 21 dekabrdagi 390-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar nospesifik yarali kolitni kompleks davolashda endopararektal limfatik terapiyaning ishlab chiqilgan usulini qo‘llash oshqozon-ichak trakti funksiyasining tiklanishini tezlashtirishga hamda asoratlar rivojlanishini oldini olishga, tashrixdan so‘nggi tiklanish muddatlarini qisqartirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usullarni tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga, mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar sonining 12,4% dan 2,6% ga qisqarishiga imkon bergan. Xulosa: bir nafar bemorni nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 9 mln. 533 ming so‘mni tashkil qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish