Rahmatillaeva Ma’mura Shokir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarda o‘pka gipertenziyasining rivojlanishini prognostik mezonlari”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2247.
Ilmiy rahbar: Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomurotov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlari bilan kechuvchi o‘pka gipertenziyasining klinik, funksional va laborator xususiyatlarini aniqlash natijasida prognostik mezonlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik belgilar namoyon bo‘lishidan oldin TYuNi bo‘lgan bolalarda O‘G rivojlanishida endotelin 1, IL 1, TEO‘F va NproBNP darajasining ko‘tarilishi yetakchi patogenetik roli isbotlangan;
TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanishining dastlabki belgilarini aniqlash uchun prognostik ahamiyatga ega exokardiografik ko‘rsatkichlar, masalan: o‘ng bo‘lmacha diametrining 14,7 mm/m2 dan oshishi, o‘ng qorincha o‘lchamining – 11,1 mm/m2 dan oshishi,  TKD– 12,1 mm/m2 dan oshishi va O‘AO‘B 22,3 mm simob ustunidan oshishi isbotlangan;
endotelial disfunksiya bilan gemodinamik ko‘rsatkichlar, yurakning o‘ng qismini morfofunksional ko‘rsatkichlari va PTI, fibrinogen, D-dimer kabi biokimyoviy qon ko‘rsatkichlar o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi va TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanishining bashoratlash mezonlari ishlab chiqilgan;
qabul qilingan omillar majmuasiga muvofiq belgilangan xavf qiymatlari diapazoniga ega bo‘lgan TYuN bilan tug‘ilgan bolalarda O‘G rivojlanish xavfining bashoratlash matrisasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert komissiyasining 2023 yil 29 - apreldagi 03/23 -son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining 2023 yil 30-avgustdagi 03/1652-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: klinik belgilar namoyon bo‘lishidan oldin TYuNni bo‘lgan bolalarda O‘G rivojlanishida: endotelin 1, IL 1, TEO‘F va NproBNP darajasining ko‘tarilishi yetakchi patogenetik roli Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.04.2023 yildagi 60-sonli hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.07.2023 yildagi 129- sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda TYuN fonida O‘G rivojlanishining klinikadan oldingi bosqichda tavsiya etilgan biokimyoviy mezonlar xavf guruhini aniqlashga imkon bergan, bu esa hayot sifatini yaxshilash bilan bir qatorda asoratlar rivojlanishining oldini olgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TYuN fonida O‘G bo‘lgan bolalar orasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar soni 38% ga kamaytirildi va kasalxonaga yotqizish darajasi 1,8 baravar kamaydi. Iqtisodiy samaradorlik 8.250.160 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G da endotelial disfunksiya belgilarini aniqlash klinikadan oldingi bosqichda xavf guruhini ajratish va 1 nafar bemor bola uchun byudjet mablag‘larini 2.500.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
           ikkinchi ilmiy yangilik: TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanishining dastlabki belgilarini aniqlash uchun prognostik ahamiyatga ega exokardiografik ko‘rsatkichlar isbotlangan, masalan: o‘ng bo‘lmacha diametrining 14,7 mm/m2 dan oshishi, o‘ng qorincha o‘lchamining – 11,1 mm/m2 dan oshishi,  TKD– 12,1 mm/m2 dan oshishi va O‘AO‘B 22,3 mm simob ustunidan oshishi Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.04.2023 yildagi 60-sonli hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.07.2023 yildagi 129- sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tug‘ma yurak nuqsonlari bo‘lgan bolalarda yurakning rivojlangan morfofunksional ko‘rsatkichlari exokardiografik tadqiqotlar sifatini oshiradi, o‘pka gipertenziyasini rivojlanish xavfini oldini oladi va to‘g‘ri davolash taktikasini tanlashga imkon bergan, bu esa o‘z navbatida bolalarning hayot sifatini yaxshilashga va nogironlikni kamaytirishga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalarda O‘G  rivojlanishini klinikadan oldingi dastlabki bosqichlarda aniqlash va ushbu asoratning rivojlanishi uchun xavf guruhini ajratishdan iborat bo‘lib, bu o‘z navbatida iqtisodiy xarajatlarning 2,8 baravar kamayishiga olib keladi. 1 nafar bemor uchun statsionar davolanish 1.375.800 so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, 20 nafar bola uchun 27.516.000 so‘m iqtisod qilingan.. Xulosa: TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanishining prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan exokardiografik ko‘rsatkichlarini ta’kidlash klinikadan oldingi bosqichda bolalar uchun xavf guruhini aniqlashga imkon beradi, bu esa hayot sifatini yaxshilash bilan asoratlar rivojlanishining oldini olishga va 1 nafar bemor uchun statsionar davolash uchun sarflangan 1.375.800 so‘m miqdorida byudjet mablag‘ini iqtisod qilish imkonini bergan.
           uchinchi ilmiy yangilik: endotelial disfunksiya bilan gemodinamik ko‘rsatkichlar, yurakning o‘ng qismini morfofunksional ko‘rsatkichlari va PTI, fibrinogen, D-dimer kabi biokimyoviy qon ko‘rsatkichlar o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlandi. Ushbu tadqiqotlarni TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanishini bashorat qilib va poliklinikada qo‘llash imkoniyatini berib, ular Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.04.2023 yildagi 60-sonli hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.07.2023 yildagi 129- sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarga ko‘ra klinikadan oldingi bosqichda O‘G rivojlanishining diagnostikasi oshdi, bu esa TYuN bilan kasallangan bolalarni davolash tamoyillari va hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: poliklinika uchun TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanishining qulay belgilari taklif etildi, ular erta bosqichlarda xavf guruhlarini ajratib olishga va o‘z vaqtida statsionar davolanishga yuborishga yordam bergan. Shu bilan birga, 20 nafar bola uchun 27.516.000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: PTI, fibrinogen, D-dimer kabi biokimyoviy qon ko‘rsatkichlari TYuN bo‘lgan bolalarda O‘G rivojlanishini bashorat qilishda mavjud belgilar hisoblanadi, bu esa 1 nafar bemor bolaga 1.375.800 so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
           to‘rtinchi ilmiy yangilik: TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanish xavfi uchun prognostik matrisa ishlab chiqilgan bo‘lib, olingan faktorlar yig‘indisiga muvofiq xavf qiymatlari Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 29.04.2023 yildagi 60-sonli hamda Toshkent viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 03.07.2023 yildagi 129- sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalarga ko‘ra klinikadan oldingi bosqichda O‘G rivojlanishining diagnostikasi oshdi, bu esa TYuN bilan kasallangan bolalarni davolash tamoyillari va hayot sifatini yaxshilashga yordam bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TYuN bilan kasallangan bolalarni davolash xarajatlarini kamaytirishdan iborat, chunki ular O‘G rivojlanishi uchun xavf guruhlarini erta bosqichda aniqlashga imkon bergan. Shu bilan birga, 20 nafar bola uchun 27.516.000 so‘m iqtisod qilingan. Xulosa: TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanishi olingan faktorlar yig‘indisiga muvofiq belgilangan xavf qiymatlari diapazoniga ega bo‘lgan prognostik xavf matrisasi joriy etildi. Bu esa TYuN bilan og‘rigan bolalarda O‘G rivojlanishi uchun xavf guruhini yaratishga yordam berdi va ushbu patologiya rivojlanishining dastlabki bosqichlarida tashxislash va davolash yaxshilandi. Shu bilan birga, har 1 nafar kasal bolaga 1.375.800 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish