Yangibaeva Dilfuza Tulkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Homila tug‘ma nuqsonlari rivojlanishining klinik-genetik xususiyatlari”, 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib825
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilchexra Yusupxanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klinik-laborator va molekulyar genetik analizlar asosida o‘zbek etnik guruhi ayollarida homilaning rivojlanishi nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashini bashorat qilish mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klinik va anamnestik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida homilaning tug‘ma nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashi bo‘lgan ayollarda homiladorlikni rejalashtirish bosqichida ham, antenatal davrda ham ustuvor tibbiy-ijtimoiy xavf omillari isbotlangan;
homilaning tug‘ma nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashi bo‘lgan ayollarda gomosistein almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning genetik polimorfizmlarini aniqlashning ilmiy prognostik ahamiyati  isbotlangan;
fermentlarning genetik polimorfizmi va homilaning tug‘ma nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashi klinik ko‘rinishlari o‘rtasidagi qiyosiy korrelyasiya tahlili natijasida o‘zaro bog‘liqliklar isbotlangan;
homilaning tug‘ma nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashi bo‘lgan ayollarda gomosistein metabolizmida ishtirok etadigan fermentlarning genetik polimorfizmlari mavjudligini hisobga olgan holda pregravidar davrdan boshlab profilaktika va ushbu ayollarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan va uning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashining 29.01.2024 yil №01/066-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi 22.01.2024 yil №09-12608 - sonli xati xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: Klinik va anamnestik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida homilaning tug‘ma nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashi bo‘lgan ayollarda homiladorlikni rejalashtirish bosqichida ham, antenatal davrda ham ustuvor tibbiy-ijtimoiy xavf omillari baholandi. Tavsiya etilgan prognoz va predgravidar tayyorgarlik usullari takroriy homila tug‘ma nuqsonlari (HTN) va rivojlanmagan homiladorlik (RH) holatlarini kamaytirishi mumkin. Ilmiy innovatsiya Toshkent shahar 8-tug‘ruq kompleksi "16" iyul 2023 yil №138 sonli  va Bo‘ka tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi  "9" yanvar 2023 yil №01/18 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anamnezida HTN va RH bo‘lgan ayollarda homila nuqsonlari va homila ko‘tara olmaslikni oldindan taxmin aniqlash usuli tadbiq qilinib, bu  ginekologga HTN va RHni qayta rivojlanish havfini oson aniqlash va predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: predgravidar tayyorgarlik o‘tkazishda  HTN va RH bo‘lgan ayollada abort va undan keyingi davolanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, homiladorlikni qisqartirish hisobiga anamnezida HTN va RH bo‘lgan 36 ta ayolga 3 oy mobaynida metilfolat bilan pregravidar tayyorgarlik o‘tkazish 16 200 000 so‘mni tashkil etib, HTN va RH bilan 36 bemorni davolashning 1 kursi narxi xarajatlari 41 580 000 so‘m, standart usulda esa  63 540 000 so‘mni tashkil qiladi. O‘tkazilgan pregravidar tayyorgarlik natijasida 36 ayolda byudjet mablag‘laridan 25 380 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 21 960 000 iqtisod qilingan.  Xulosa: HTN va RH anamneziga ega bo‘lgan ayollarni xavf guruhini aniqlagan xolda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida 1ta bemor uchun byudjet mablag‘larini 705 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 610 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Homilaning tug‘ma nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashi bo‘lgan ayollarda gomotsistein almashinuvida ishtirok etadigan fermentlarning genetik polimorfizmlarini aniqlashning ilmiy prognostik ahamiyati asoslandi. Bu anamnezida HTN va RH bo‘lgan ayollarda folat sikli genlarida mutatsiya mavjudligini aniqlab, keyingi homiladorliklarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarni va qayta HTN va RH kuzatilishini oldini olish   imkonini beradi. “Homila nuqsonlari rivojlanish xavfining genga bog‘liq bo‘lgan tekshiruvlari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2022 yil “29” iyun 11- sonli buyrug‘i bilan Toshkent shahar 4-tug‘ruq kompleksining 2023 yil “01” iyun 49-T-sonli buyrug‘i va Bo‘ka tumani markaziy shifoxonasining 2023yil “9” yanvar 01/17 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilindi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ayollarda homiladorlikning homila nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashi bilan asoratlanishi, homiladorlikni tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra to‘xtatish, perinatal o‘lim ko‘rsatkichlarining 94% ga kamatishi kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anamnezida HTN va RH bo‘lgan ayollada keyingi homiladorlikka tayyorlashda qonda gomotsistein  miqdori va folat sikli genlarida mutatsiyalarni aniqlab, patogenetik jihatdan  predgravidar tayyorgarlik o‘tkazishda  HTN va RH bo‘lgan ayollada abort va undan keyingi davolanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, homiladorlikni qisqartirish hisobiga anamnezida HTN va RH bo‘lgan 36 ta ayolga 3 oy mobaynida metilfolat bilan pregravidar tayyorgarlik o‘tkazish 16 200 000 so‘mni tashkil etib, HTN va RH bilan 36 bemorni davolashning 1 kursi narxi xarajatlari 41 580 000 so‘m, standart usulda esa  63 540 000 so‘mni tashkil qiladi. O‘tkazilgan pregravidar tayyorgarlik natijasida 36 ayolda byudjet mablag‘laridan 25 380 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 21 960 000 iqtisod qilingan.  Xulosa: HTN va RH anamneziga ega bo‘lgan ayollarni xavf guruhini aniqlagan xolda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida 1ta bemor uchun byudjet mablag‘larini 705 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 610 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Homilaning tug‘ma nuqsonlari va homila o‘sishdan to‘xtashi bo‘lgan ayollarda gomotsistein metabolizmida ishtirok etadigan fermentlarning genetik polimorfizmlari mavjudligini hisobga olgan holda pregravidar davrdan boshlab profilaktika ishlab chiqildi va uning samaradorligi baholandi. Anamnezida HTN va RH mavjud ayollarda folat sikli genlarida aniqlangan mutatsiyasi bo‘lgan ayollarda  qonda gomotsistein miqdori yuqoriligi aniqlandi. “Homila nuqsonlari rivojlanish xavfining genga bog‘liq bo‘lgan tekshiruvlari” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2022 yil “29” iyun 11- sonli buyrug‘i bilan anamnezda HTN va RH bo‘lgan ayollarni homiladorlikdan oldin homilador bo‘lishga tayyorlash usuli joriy etildi. Amaliyotga  Toshkent shahar 4-tug‘ruq kompleksining 2023 yil “01” iyun 49-T-sonli buyrug‘i va Bo‘ka tumani markaziy shifoxonasining 2023yil “9” yanvar 01/17 buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu kontingent ayollarga predgravidar tayyorlash bosqichida metilfolat 800mkg sutkasiga tavsiya qilish bilan keyingi homiladorlikda ushbu patologiyani qayta rivojlanishini patogentik jihatdan bartaraf qilish imkonini beradi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: anamnezida HTN va RH bo‘lgan ayollada keyingi homiladorlikka tayyorlashda qonda gomotsistein  miqdori va folt sikli genlarida mutatsiyalarni aniqlab, patogenetik jihatdan  predgravidar tayyorgarlik o‘tkazishda  HTN va RH bo‘lgan ayollada abort va undan keyingi davolanish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, homiladorlikni qisqartirish hisobiga anamnezida HTN va RH bo‘lgan 36 ta ayolga 3 oy mobaynida metilfolat bilan pregravidar tayyorgarlik o‘tkazish 16 200 000 so‘mni tashkil etib, HTN va RH bilan 36 bemorni davolashning 1 kursi narxi xarajatlari 41 580 000 so‘m, standart usulda esa  63 540 000 so‘mni tashkil qiladi. O‘tkazilgan pregravidar tayyorgarlik natijasida 36 ayolda byudjet mablag‘laridan 25 380 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 21 960 000 iqtisod qilingan.  Xulosa: HTN va RH anamneziga ega bo‘lgan ayollarni xavf guruhini aniqlagan xolda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida 1ta bemor uchun byudjet mablag‘larini 705 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 610 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  ayollarda homila tug‘ma nuqsonlari (HTN) va rivojlanmagan homiladorlik (RH) anamneziga ega bo‘lgan ayollarni predgravidar tayyorlash va homiladorlikda olib borish algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, u reproduktiv xususiyatni tiklab, HTN holatlarini 40 barobarga, RH kuzatilishini 7 baravarga va platsentar disfunksiyasini 2,5 barobarga kamaytiradi. Tavsiya etilgan prognoz va predgravidar tayyorgarlik usullari takroriy HTN va RH holatlarini kamaytirishi mumkin. “Anamnezida homila rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan ayollarni pregravidar tayyorlash va homiladorlikni olib borish” mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2022-yil “29” iyun 11-sonli buyrug‘i bilan sog‘liqni saqlash muassasalarida anamnezda HTN va RH bo‘lgan ayollarni homiladorlikdan oldin homilador bo‘lishga tayyorlash va homiladorlikda olib borish usuli joriy etildi. Amalga oshirish Toshkent shahar 8-tug‘ruq kompleksi "16" iyul 2023 yil №138 sonli  va Bo‘ka tumani ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasi  "9" yanvar 2023 yil №01/18 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: HTN va RH tarixiga ega bo‘lgan ayollar uchun differensiallashgan predgravidar tayyorgarlikni amalga oshirish takroriy HTN holatlarini 40 barobarga, RH kuzatilishini 7 baravarga va platsentar disfunksiyasini 2,5 barobarga kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: differensiallashgan predgravidar tayyorgarlikdan o‘tgan HTN va RH bo‘lgan 36 ta ayolga 3 oy mobaynida metilfolat bilan pregravidar tayyorgarlik o‘tkazish 16 200 000 so‘mni tashkil etib, HTN va RH bilan 36 bemorni davolashning 1 kursi narxi xarajatlari 41 580 000 so‘m, standart usulda esa  63 540 000 so‘mni tashkil qiladi. O‘tkazilgan pregravidar tayyorgarlik natijasida 36 ayolda byudjet mablag‘laridan 25 380 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan 21 960 000 iqtisod qilingan.  Xulosa: HTN va RH anamneziga ega bo‘lgan ayollarni xavf guruhini aniqlagan xolda predgravidar tayyorgarlik o‘tkazish natijasida 1ta bemor uchun byudjet mablag‘larini 705 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 610 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish