Esenbekov Azamat Joldasbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Elektromexanik tizimlar nazariyasi asosida boshqariladigan elektromagnitli  titratgichlarni ishlab chiqish, 05.05.02 - «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar».
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: №B2023.4.PhD/T4236
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Muxtarxan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kolesnikov Igor Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor; Begmatov Shavkat Ernestovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Elektromexanik tizimlar nazariyasi asosida boshqariladigan elektromagnit  titratgichlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tebranish yuzasi va tezlik bo‘yicha teskari aloqali qabul qilgichning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda, bir va ikki konturli titratgich qo‘zg‘atgichlarini hisoblash usullari elektromexanik tizimlarning harakat tenglamalari asosida takomillashtirilgan;
bir yacheyka kuchi hisobiga va magnit maydonni rostlash orqali o‘zgartirgichning ikkita zonasini yaratish uchun matematik model yordamida titratgich qurilmasini konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
titratgich qurilmasining ish rejimini ta’minlash maqsadida chastota, impuls davomiyligi va amplitudasini rostlash asosida o‘zgartgich ishlab chiqilgan;
magnit oqimini va o‘zgaruvchan magnit kuchini shakllantirish uchun elektromagnit titratgichning boshqarish tizimi maydonli tranzistorlar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektromagnit titratgichlarda elektromexanik tizim nazariyasi va amaliyoti natijalari asosida:
ilmiy tadqiqot natijalari asosida katta quvvatli elektromagnitli titratgich konstruksiyasi ishlab chiqilib uni “No‘kis temir beton buyimlari zavodi” MChJda (“O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston respublikasi boshqarmasi”ning 2023 yil 07 noyabrdagi 01/10-167 – sonli ma’lumotnomasi) beton qorishmasi yoki tuproqni zichlash uchun foydalanishga tadbiq etilgan. Natijada ishlab chiqilgan elektromagnitli titratgich tuzilishi oddiy, ishonchli va energiya tejamkor bo‘lib yillik iqtisodiy samaradorligi 128,2 mln so‘mni tashkil etgan;
ishlab chiqilgan elektromagnitli titratgich qurilmasi bug‘doy va sholini elakdan o‘tkazish uchun “Qonirat un zavodi” AJ ning  “Qanliko‘l guruch zavodi”  filialida joriy qilingan (“Qonirat un zavodi” AJ ning 2023 yil 26 dekabrdagi 251 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada texnologik jarayon tezlashdi, bug‘doy va sholini elakdan o‘tkazish sifati yaxshilandi. Elektr energiyasini tejash bo‘yicha yillik iqtisodiy samaradorligi 46270 kVt*soatni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish