Xaynazarov Baxromjon Baxtiyorovichning
Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiva mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston general-gubernatorligidagi tub joyli bo‘lmagan aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti”. 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tar318
Ilmiy maslahatchi: Murtazaeva Raxbarxon Hamidovna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyai ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mahkamova Nadira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Gofforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor; Ismoilova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston general-gubernatorligidagi tub joyli bo’lmagan aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Rossiya imperiyasi fuqarolari Turkistonga ko‘chirilishiga doir tadqiqotlarda “ruslar” yoki sharqiy slavyanlar diasporasi” sifatida ilgari surilsa-da, ular tarqoq guruh va jamoalardan iboratligi, turli millatlar, e’tiqod, ijtimoiy guruhlar, turli toifalarga mansubligi bois Turkiston hududlariga ko‘chib kelgan ruslarni yaxlit etnik yoki diniy uyushma – diaspora sifatida emas, balki tub joyli bo‘lmagan aholi sifatida ko‘rib chiqilishi asoslangan;
Turkiston general-gubernatorligi hududiga Rossiyaning Evropa hududidan rus pravoslavlarini ko‘chirish orqali ularning jamiyatdagi ustunligiga erishish ko‘zlangan bo‘lsa ham, afg‘on, uyg‘ur, dungan va boshqa sharqlik etnik guruhlar, ayrim hollarda ruslar va turli pravoslav sektantlari bilan iliq o‘zaro aloqalar kuzatilishi ortidan Rossiya imperiyasining hukmron doiralari va o‘lkadagi oliy amaldorlarning tub joyli bo‘lmagan aholini mahalliy xalqlarga qarshi qo‘yib, keng integratsion jarayonlarga imkon bermaganligi aniqlangan;
Turkistondagi agrar masalalarda iqtisodiy qonunlarni buzib, garchi norentabel bo‘lsa-da ko‘pincha ko‘chib kelgan evropalik aholi foydasiga siyosiy qarorlar chiqarilishi, ayrim hollarda tub joy aholi vakillariga tegishli er maydonlarini olib qo‘yilishi o‘lkadagi er-suv munosabatlari borasida vaziyatning keskinlashishi, jamiyatning ichidagi ijtimoiy zo‘riqishlarni kuchayishi pirovardida XX asrning boshlaridagi xalq noroziliklari va g‘alayonlarga olib kelganligi isbotlangan;
Turkiston general-gubernatorligi hududiga rus, arman, yahudiy, nemis va evropalik boshqa millatlarning rus kapitalistlari niqobi ostida kirib kelib, barcha sohalarda yetakchi mavqega ega bo‘lishi, nafaqat mahalliy aholi balki mahalliy yahudiylar, eroniylar, afg‘onlar, uyg‘urlar kabi boshqa millatlarning ham iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir qilib, ularning aksariyati yolllanma ishchi, xizmat ko‘rsatish sohalarida kichik xizmatchi yo‘nalishidagi kasblarda faoliyat yuritishga majbur bo‘lganliklari isbotlangan;
Rossiya imperiyasining Turkistonda ta’lim sohasida olib borgan siyosati tub joyli bo‘lmagan aholini ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash asnosida tub joyli xalqlarning dunyoqarashini cheklash, ruscha fikrlashni keng yoyish maqsad qilinganligiga qaramay, ba’zi ta’lim muassasalari, xususan, kasb ta’limi bilim yurtlarini ochilishi natijasida ba’zi yangi zamonaviy kasblarni paydo bo‘lishiga imkon yaratganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston general-gubernatorligidagi tub joyli bo‘lmagan aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Rossiya imperiyasi fuqarolari Turkistonga ko‘chirilishiga doir tadqiqotlarda “ruslar” yoki sharqiy slavyanlar diasporasi” sifatida ilgari surilsa-da, ular tarqoq guruh va jamoalardan iboratligi, turli millatlar, e’tiqod, ijtimoiy guruhlar, turli toifalarga mansubligi bois Turkiston hududlariga ko‘chib kelgan ruslarni yaxlit etnik yoki diniy uyushma – diaspora sifatida emas, balki tub joyli bo‘lmagan aholi sifatida ko‘rib chiqilishiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muzey fondlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 1-noyabrdagi 10/2147-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ish natijalarining muzey ekspozisiyalariga joriy qilinishi Turkiston general-gubernatorligidagi tub joyli bo‘lmagan aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini manbalar asosida ochib berishga xizmat qilgan.
Turkiston general-gubernatorligi hududiga Rossiyaning Evropa hududidan rus pravoslavlarini ko‘chirish orqali ularning jamiyatdagi ustunligiga erishish ko‘zlangan bo‘lsa ham, afg‘on, uyg‘ur, dungan va boshqa sharqlik etnik guruhlar, ayrim hollarda ruslar va turli pravoslav sektantlari bilan iliq o‘zaro aloqalar kuzatilishi ortidan Rossiya imperiyasining hukmron doiralari va o‘lkadagi oliy amaldorlarning tub joyli bo‘lmagan aholini mahalliy xalqlarga qarshi qo‘yib, uning tiyib turishga urinishlari keng integratsion jarayonlarga imkon bermaganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining muzey fondlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 1-noyabrdagi 10/2147-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi muzeyga tashrif buyuruvchilarda Turkiston general-gubernatorligidagi tub joyli bo‘lmagan aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti xususida yangicha tarixiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qilgan.
Turkistondagi agrar masalalarda iqtisodiy qonunlarni buzib, garchi norentabel bo‘lsa-da ko‘pincha ko‘chib kelgan evropalik aholi foydasiga siyosiy qarorlar chiqarilishi, ayrim hollarda tub joy aholi vakillariga tegishli er maydonlarini olib qo‘yilishi o‘lkadagi er-suv munosabatlari borasida vaziyatning keskinlashishi, jamiyatning ichidagi ijtimoiy zo‘riqishlarni kuchayishi pirovardida XX asrning boshlaridagi xalq noroziliklari va g‘alayonlarga olib kelganligiga doir natijalardan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2017-2020-yillarda O‘zMUda bajarilgan OT-F-1-88 «O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 16-noyabrdagi 04/11-6623-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi ijtimoiy hayotda bag‘rikenglik tamoyillari o‘zaro hamjihatlik va totuvlikni ta’minlashga xizmat qilishini asoslab berish imkonini bergan;
Turkiston general-gubernatorligi hududiga rus, arman, yahudiy, nemis va evropalik boshqa millatlarning rus kapitalistlari niqobi ostida kirib kelib, barcha sohalarda yetakchi mavqega ega bo‘lishi, nafaqat mahalliy aholi balki mahalliy yahudiylar, eroniylar, afg‘onlar, uyg‘urlar kabi boshqa millatlarning ham iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir qilib, ularning aksariyati yolllanma ishchi, xizmat ko‘rsatish sohalarida kichik xizmatchi yo‘nalishidagi kasblarda faoliyat yuritishga majbur bo‘lganliklariga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Etno” va “Tarixiy savol ”ko‘rsatuvlarining ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2023-yil 1-noyabrdagi 02-30-1029-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi telemoshabinlarning Turkiston general-gubernatorligi davri bo‘yich tasavvurlarini kengaytirishga va yosh avlodni vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.
Rossiya imperiyasining Turkistonda ta’lim sohasida olib borgan siyosati tub joyli bo‘lmagan aholini ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash asnosida tub joyli xalqlarning dunyoqarashini cheklash, ruscha fikrlashni keng yoyish maqsad qilinganligiga qaramay, ba’zi ta’lim muassasalari, xususan, kasb ta’limi bilim yurtlarini ochilishi natijasida ba’zi yangi zamonaviy kasblarni paydo bo‘lishiga imkon yaratganligi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan uchrashuvlari, tadbirlari, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarni tashkil etishda foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dshstlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 5-dekabrdagi 14-07-2630-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan uchrashuvlari, tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarni ilmiy asosda tashkil qilish imkonini bergan.