Tursunov Bekmuxammad Omonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va uni oshirish yo‘llari», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2858
Ilmiy rahbar: Bababekova Dilfuza Sherqulovna, iqtisodiyot fanlari nozmodii, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03.30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi” tushunchasining mazmuni innovatsiyalar asosida jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobatlasha olish qobiliyatini ta’minlashning umumiy sharti hisoblangan eksport faoliyatini hududiy dasturlar orqali rivojlantirish doirasida tabaqalashgan imtiyozlar tizimini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiyaning tuzilmaviy tarkibi” tushunchasi ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori darajada ortib borayotgan yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning ustuvorligini ta’minlash orqali tashqi savdoda mutanosiblikka erishish imkonini beruvchi investisiya resurslari o‘rtasidagi maqbul nisbatga erishish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
milliy iqtisodiyotda sanoat mahsulotlariga o‘sib borayotgan talabni hisobga olib, sanoat ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni rivojlantirish orqali import va eksport o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, investisiya dasturining tuzilmaviy tarkibini ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori darajada ortib borayotgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoniga muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo faoliyati rivojlanishidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda hududlar eksportini olg‘a siljitish “promotion of regional exports” strategiyasini jahon bozori kon’yunkturasiga muvofiq eksportni rivojlantirishning hududiy dasturlari asosida eksport tarkibida sanoat mahsulotlari ulushining 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi” tushunchasining mazmuni innovatsiyalar asosida jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobatlasha olish qobiliyatini ta’minlashning umumiy sharti hisoblangan eksport faoliyatini hududiy dasturlar orqali rivojlantirish doirasida tabaqalashgan imtiyozlar tizimini joriy etish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2019 yil 2 maydagi №394-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida eksport faoliyatini hududiy dasturlar orqali rivojlantirish doirasida tabaqalashgan imtiyozlar tizimini joriy etish asosida takomillashtirilgan “milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi” tushunchasining mazmuni bo‘yicha yangi nazariy bilimlarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiyaning tuzilmaviy tarkibi” tushunchasi ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori darajada ortib borayotgan yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning ustuvorligini ta’minlash orqali tashqi savdoda mutanosiblikka erishish imkonini beruvchi investisiya resurslari o‘rtasidagi maqbul nisbatga erishish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurtlari talabalarida yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning ustuvorligini ta’minlash orqali tashqi savdoda mutanosiblikka erishish imkonini beruvchi investisiya resurslari o‘rtasidagi maqbul nisbatga erishish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “investisiyaning tuzilmaviy tarkibi” tushunchasining mazmuni bo‘yicha yangi nazariy bilimlarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
milliy iqtisodiyotda sanoat mahsulotlariga o‘sib borayotgan talabni hisobga olib, sanoat ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni rivojlantirish orqali import va eksport o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, investisiya dasturining tuzilmaviy tarkibini ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori darajada ortib borayotgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoniga muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo faoliyati rivojlanishidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 7 yanvardagi 04/15-01-10/10-5256-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda import hajmining eksportga nisbatan yillik qo‘shimcha o‘sish sur’atini 2-3 foizga qisqartirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda hududlar eksportini olg‘a siljitish “promotion of regional exports” strategiyasini jahon bozori kon’yunkturasiga muvofiq eksportni rivojlantirishning hududiy dasturlari asosida eksport tarkibida sanoat mahsulotlari ulushining 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 21 dekabrdagi 11/03-15-10865-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda 2021-2025 yillarda hududlar eksport faoliyatini rivojlantirishning prognoz ko‘rsatkichlari aniqligini oshirish hamda asosiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.