Suyunova Yulduz Axmatovnananing
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda muhandislik faoliyatiga oid amaliy bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Texnik mexanika fani misolida)”, 13.00.02.- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6559.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Ilmiy  rahbar: Quziev Nodir Murodillaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxrux Razzaqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnik mexanika fani asosida talabalarda muhandislik faoliyatiga doir amaliy bilimlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
talabalarga texnik mexanika fanini o‘qitishning motivatsiya hosil qilish, yo‘naltirish, tavsiflash, texnik va amaliy bilimlarni hosil qilish kabi aspektlarining texnik jarayonlarni rivojlantiruvchi takomillashgan integrativ yondashuvni transformatsiyalash orqali muhandislik fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalari ishlab chiqilgan;
texnik mexanika fanini o‘qitishda talabalarning muhandislik faoliyatiga doir amaliy bilimlarni shakllantirish jarayoniga integrativ-qadriyatli, tadqiqiy, mantiqiy-didaktik, resursli, refleksiv-dialogik kabi metodologik yondashuvlar texnologik va natijaviy komponentlari ko'p tarmoqlilik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali konseptual-tizimli, tashkiliy-meyoriy, faoliyatli aspektlarda ochib berilgan;
talabalarda texnik mexanika fani asosida muhandislik faoliyatiga tayyorlash funksional modelining mazmunli va texnologik-jarayoni o‘qitishning dasturiy vositalaridan foydalanish orqali amaliy bilimlarini rivojlantirishning didaktik modeli takomillashtirilgan;
talabalarga texnik mexanika fanini o‘qitish metodikasi muhandislarning texnologik kompetentligining rivojlanish darajalarini shakllantirishning motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyat mezonlariga asoslangan holda kompleks baholash asosida takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot  natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda muhandislik faoliyatiga oid amaliy bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
talabalarga texnik mexanika fanini o‘qitishning motivatsiya hosil qilish, yo‘naltirish, tavsiflash, texnik va amaliy bilimlarni hosil qilish kabi aspektlarining texnik jarayonlarni rivojlantiruvchi takomillashgan integrativ yondashuvni transformatsiyalash orqali muhandislik fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalari ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarlari asosida Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasidagi “Texnik mexanika” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 314-299 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning amaliy mexanika mashg‘ulotlari davomida muhandislik faoliyatiga doir amaliy bilimlarini rivojlantirish jarayonining metodik ta’minoti takomillashtirilishiga erishilgan;
texnik mexanika fanini o‘qitishda talabalarning muhandislik faoliyatiga doir amaliy bilimlarni shakllantirish jarayoniga  integrativ-qadriyatli, tadqiqiy, mantiqiy-didaktik, resursli, refleksiv-dialogik kabi metodologik yondashuvlar texnologik va natijaviy komponentlari ko'p tarmoqlilik tamoyillariga ustuvorlik berish orqali konseptual-tizimli, tashkiliy-meyoriy, faoliyatli aspektlarda ochib berilgan tavsiyalarlari asosida Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasidagi “Amaliy mexanika” nomli o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 314-215 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarning texnik mexanika fanini o‘zlashtirishlarida amaliy muammolar bilan bog‘liq mavjud dasturlar mazmunini tahlil qilinishiga erishilgan;
talabalarda texnik mexanika fani asosida muhandislik faoliyatiga tayyorlash jarayoni funksional modelining mazmunli va texnologik-jarayoni o‘qitishning dasturiy vositalaridan foydalanish orqali amaliy bilimlarini rivojlantirishning didaktik modelini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalarlari asosida Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi” tomonidan 2023-yil 8-fevralda berilgan 02/01-01-20-son ma’lumotnoma). Natijada, talabalarda amaliy bilimlarni shakllantirish uchun mexanika fanini o‘qitish amaliyotining zaruriyati asoslangan hamda ular bo‘yicha o‘quv-metodik jarayonni takomillashtirish imkonini bergan;
talabalarga texnik mexanika fanini o‘qitish metodikasi muhandislarning texnologik kompetentligining rivojlanish darajalarini shakllantirishning motivatsion, kognitiv, innovatsion faoliyat mezonlariga asoslangan holda kompleks baholashni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalarlari asosida Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi” tomonidan 2023-yil 8-fevralda berilgan 02/01-01-20-son ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning texnologik kompetentsiyalarining rivojlanish darajalarini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish