Esanov Alijon Mengbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“O‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklori (genezisi, o‘ziga xos xususiyatlari va badiiyat)”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil1008.
Ilmiy rahbar: Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Ochilov Nasim Kamolovich filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Safarova Nigora Oxunjonovna filologiya fanlari nomzodi, pofessor
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklorining genezisi, janr xususiyatlari va badiiyatini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklori, bolalar taqvim poeziyasining o‘ziga xos jihatlari, badiiy-kompozision, lingvopoetik, milliylik, xalqchillik, g‘oyaviy ta’sirchanlikni oshirish bilan bog‘liq uslubiy-vazifaviy xususiyatlari ochib berilgan;
qamariy yil bilan aloqador Barot keldi, Ramazon, Safar qochdi, shamsiy yil bilan bog‘liq Qozon to‘ldi, Sumalak, Birinchi qo‘sh, Boychechak qo‘shiqlarining yangilanishlari asosida kelib chiqqan tafovutli jihatlarda etnopedagogik mohiyatning saqlanishi dalillangan;
bolalar mavsumiy marosim qo‘shiqlari, qamariy yil bilan bog‘liq folklor janrlari tarkibida uchraydigan an’anaviy motivlar, obrazlarning yangicha ko‘rinishda davr ruhiga hamohang ko‘rinishda qo‘llanish uslubi, poetik ifoda va talqin belgilari isbotlangan;
bolalar mavsumiy marosim qo‘shiqlari tarkibida folklor janrlariga xos an’anaviy shakl, detal yoki epizodning xalqona ruhini aynan saqlashdan iborat badiiy-estetik prinsiplar, bunda poetik janr, mazmun, obraz, motiv yangilanishi bilan bog‘liqliqda so‘z tanlash mahorati asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek folklorida bolalar mavsumiy marosim qo‘shiqlari janrlarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklori, bolalar taqvim poeziyasining o‘ziga xos jihatlari, badiiy-kompozision, lingvopoetik, milliylik, xalqchillik, g‘oyaviy ta’sirchanlikni oshirish bilan bog‘liq uslubiy-vazifaviy xususiyatlariga doir ilmiy xulosalaridan FA-F1, G002 raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2017-2021-yy) foydalanilgan (O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 28-martdagi 17/01/73-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklorida bolalar taqvim poeziyasining xususiyatlari aniqlangan;
qamariy yil bilan aloqador Barot keldi, Ramazon, Safar qochdi, shamsiy yil bilan bog‘liq Qozon to‘ldi, Sumalak, Birinchi qo‘sh, Boychechak qo‘shiqlarining yangilanishlari asosida kelib chiqqan tafovutli jihatlarda etnopedagogik mohiyatning saqlanishi doir ma’lumotlardan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada dissertatsiya ilmiy natijalaridan (2017-2021-yy) foydalanilgan (O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 28-martdagi 17/01/73-son daloatnoma). Natijada qamariy yil bilan aloqador ma’lumotlarga tayanilgan;
bolalar mavsumiy marosim qo‘shiqlari tarkibida folklor janrlariga xos an’anaviy shakl, detal yoki epizodning xalqona ruhini aynan saqlashdan iborat badiiy-estetik prinsiplar, bunda poetik janr, mazmun, obraz, motiv yangilanishi bilan bog‘liqliqda so‘z tanlash mahoratini yoritishga doir xulosalardan Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2021-yil 29-apreldagi 01-01/54-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori saviyali barkamol avlodni voyaga etishtirish, yoshlar orasida folklor asarlar va milliy qadriyatlar haqida ma’lumot olish hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqidagi targ‘ibot ishlari mazmuni mukammallashgan.