Tojiboev Ilxomjon Usmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tizimli tillarda “go‘zallik/xunuklik” konsepti verbolizatorlarining semantik va lingvokultrologik xususiyatlari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2987.
Ilmiy rahbar: Ziyaev Avazjon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil. 163.01.
Rasmiy opponentlar: Hoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; To‘raeva Bahora Bahriddinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi estetik kategoriyalardan sanalmish “go‘zallik/xunuklik” konseptlarining ingliz va o‘zbek tillaridagi lisoniy ifoda vositalarini qiyosiy-chog‘ishtirma aspektda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi, uning asosiy tushunchalari bo‘lmish konsept, freym, GEShtalt, sxema, ssenariy kabilarga e’tibor qaratilgan hamda konseptni leksik ma’no va tushunchaga o‘xshash va farqli tomonlari asoslangan;
“go‘zallik/xunuklik” konseptlari makon va zamonda yonma–yon turuvchi, bir-birini taqozo etuvchi konseptlar ekanligi, go‘zallikni uning ziddi bo‘lmish xunukliksiz tasavvur qilish qiyin kechishi, bu ikki estetik xususiyat o‘zaro doimiy dialektik munosabat tufayli mavjudligi hamda ular biri ikkinchisining namoyon bo‘lishi uchun ko‘zgu vazifasini bajarishi dalillangan;
komponent baholash orqali tadqiq etilayotgan konseptlarning arxisemasi, integral va differensial semalari aniqlanib, ularning struktur xususiyatlari va modellari (Adj+n, V+adj, V+adv, N+pr+N, N+pr+adj+N; ot+sifat, sifat+ot, ot+ot, sifat+sifat, sifat fe’l) ochib berilgan;
tadqiq etilayotgan konseptlarning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashda frazeologik birliklar, paremiyalar hamda metaforalarning o‘ziga xos jihatlari ochib berilib, ular orasidagi sinonimik va antonimik munosabatlarga aniqlik kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda “go‘zallik/xunuklik” konsepti verbalizatorlarining semantik va lingvokulturologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kognitiv tilshunoslikning vujudga kelishi, uning asosiy tushunchalari bo‘lmish konsept, freym, GEShtalt, sxema, ssenariylarga doir ilmiy materiallardan hamda konseptni leksik ma’no va tushuncha bilan o‘xshash va farqli tomonlarini asoslab berish orqali erishilgan ilmiy natijalar va xulosalardan FZ-201912099 “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillaridagi veb sayti va multemedia mahsulotini yaratish” 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 7-noyabrdagi 2050-04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashda frazeologik birliklar, paremiyalar hamda metaforalarning o‘ziga xos jihatlari hamda ular orasidagi sinonimik va antonimik munosabatlari o‘zbek va ingliz adabiyotidan olingan misollar asosida ular o‘rtasidagi aloqalar, o‘zaro ta’sir va bir-birini boyitish jarayonlariga oid ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
“go‘zallik/xunuklik” konseptlari makon va zamonda yonma–yon turuvchi, bir-birini taqozo etuvchi konseptlar ekanligi, go‘zallikni uning ziddi bo‘lmish xunukliksiz tasavvur qilish qiyin kechishi, bu ikki estetik xususiyat o‘zaro doimiy dialektik munosabat tufayli mavjudligi hamda ular biri ikkinchisining namoyon bo‘lishi uchun ko‘zgu vazifasini bajarishi dalillab berish orqali olingan ma’lumotlardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, Badiiy tarjima ijodiy kengashi hisobot yig‘ilishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 7-sentyabrdagi 01-03/987-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya natijalarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 35-bandi doirasida o‘z aksini topgan, ya’ni chet tillar bo‘yicha qo‘llanmalar, maqolalar, tezislar yozishda noan’anaviy yondashuvlar sifatida yangicha qarashlar va uslublar mazmunan boyitilgan;
tadqiq etilayotgan konseptlarning milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashda frazeologik birliklar, paremiyalar hamda metaforalarning o‘ziga xos jihatlari ochib berish hamda ular orasidagi sinonimik va antonimik munosabatlarga aniqlik kiritish orqali olingan natija va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM muxarririyati tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 30-maydagi 04-36-845-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radioeshittirishlar sohaga doir muhim materiallar bilan boyitilgan;
komponent tahlil orqali tadqiq etilayotgan konseptlarning arxisemasi, integral va differensial semalari aniqlanib, ularning struktur xususiyatlari va modellari yuzasidan erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalardan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasining “Alumni Outreach Grans Program” dasturi doirasida 2020-2021 yillarda Namangan davlat universitetida bajarilgan S-UZ800-20-IN-0106 raqamli “Virtual Workshop on Collaborative Action Research for English Teachers” amaliy loyihada foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2023-yil 29-avgustdagi 476-01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ilgari surilgan qator taklif va tavsiyalar, ilmiy yangiliklar asosida dastur va qo‘llanmalarni yaratishga, ta’lim hamda madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan nazariy va amaliy ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilgan.