Sulaymanova Nilufar Jabbarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Olam lisoniy manzarasida baho kategoriyasi voqelanishining diskursiv-pragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materialida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yxatga olingan raqam: №B2023.2.DSc/Fil536.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Saparbaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Abuzalova Mexriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor, Sadullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillari olam lisoniy manzarasida baho kategoriyasi voqelanishining diskursiv-pragmatik xususiyatlarini aniqlash orqali ularning til va nutqdagi o'rnini, lisoniy, lingvomadaniy, lingvopragmatik, lingvokognitiv hamda kommunikologik tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olamning baholi lisoniy manzarasi insonning ongli faoliyati mahsuli ekanligini va uning shakllanishida voqelikni idrok etuvchi shaxsning his-tuyg‘ulari, dunyoqarashi, ijtimoiy maqomi aks topishi kabi lisoniy–diskursiv holatlar inobatga olgan holda baho kategoriyasining, antropotsentrik paradigma doirasida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillari misolida baho kategoriyasi vositasida inson ongli faoliyati natijasini, subektning voqelik obektiga nisbatan ijobiy/salbiy munosabatini, narsa-hodisalar xususiyatining ijobiy yoki salbiy idrok etilishini, ontologik mohiyatini, ziddiyatli olam lisoniy manzarasini voqelantirishda lingvomadaniy, lingvokognitiv, pragmatik va diskursiv belgilarining ustivorligi dalillangan;
olam manzarasi baholi kategoriyalashtirish bilan bog‘liq mantiqiy harakatlar asosan tavsifiy yoki antropotsentrik xarakterga ega bo‘lishi, uning ma’lum milliy madaniyatga xos qadriyatlar tizimiga, jamoaviy va shaxsiy fikr hamda me’yorlarga asoslanishi hamda ma’lum bir milliy til zamirida voqelanishi isbotlangan;
chog‘ishtirilayotgan lingvomadaniyatlarda olam manzarasi baholi tasvirining turli janr va ko‘rinishdagi matnlarda voqelanishining qiyosiy tahlili jarayonida paremiologik, komik, satirik kabi matn namunalarining aksiologik mohiyati sezgiga oid, ratsional va emotsional turlar jihatdan o‘xshash va variativ xarakterda ekanligi asoslangan;
nutqiy aktlarning diskurs tarkibida ijobiy yoki salbiy baho pragmatik mazmuniga ega bo‘lishi va muloqot ishtirokchilari o‘zaro munosabati simmetrik yoxud asimmetrik ko‘rinishda kechishi bilan bog‘liqligi maqtov, takalluf, maslahat, tavsiya, pand-nasihat, va’da, tahdid, tanbeh, ta’na qilish, kinoya kabi nutqiy harakatlar natijasi ekanligi isbotangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olam lisoniy manzarasida baho kategoriyasining diskursiv-pragmatik xususiyatlari ingliz va o‘zbek tillarida chog‘ishtirma tadqiqi jarayonida olingan nazariy va amaliy natijalari asosida:
olamning baholi lisoniy manzarasi insonning ongli faoliyati mahsuli ekanligini va uning shakllanishida voqelikni idrok etuvchi shaxsning xis-tuyg‘ulari, dunyoqarashi ijtimoiy maqomi aks topishini inobatga olgan holda baho kategoriyasini antropotsentrik paradigma doirasida namoyon bo‘lishi oid nazariy xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida PZ-20170930309 “Qoraqalpoq folklori tilning adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” mavzusidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universitetining 2023-yil 25-apreldagi 01-21-02/906-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillari misolida olam baholi manzarasining lingvomadaniy, lingvokognitiv, pragmatik va diskursiv belgilarini ajratish hamda shu asosda baho birliklarining kategoriyalashtirish usulini ochib berishda erishilgan;
ingliz va o‘zbek tillari misolida baho inson ongli faoliyati natijasini, subektning voqelik obektiga nisbatan ijobiy/salbiy munosabatini, narsa-hodisalar xususiyatinig ijobiy yoki salbiy idrok etilishini, ontologik mohiyatini, qarama-qarshilik olam lisoniy manzarasini shakllantirishda lingvomadaniy, lingvokognitiv, pragmatik va diskursiv belgilarining ustivorligiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limida FA-FI-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 18-apreldagi 187/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqolpoq tili so‘z yasash tizimi tavsifi olam lisoniy manzarasini shakllantirishda lingvomadaniy, lingvokognitiv, pragmatik va diskursiv belgilarining ustivorligiga oid nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirilgan;
olam manzarasining baholi kategoriyalashtirish asosan tavsifiy yoki antropotsentrik xarakterga ega bo‘lishi, uning ma’lum milliy madaniyatga xos qadriyatlar tizimiga, jamoaviy va shaxsiy fikr hamda me’yorlarga asoslanishi bilan bir qatorda, milliy til zamirida voqelanishiga oid natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 13-apreldagi 968/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ilmiy natijalarining qo‘llanilishi “Zamonaviy lingvistika”, “Lingvistik pragmatikaga kirish”, “Pragmalingvistika” fanlari bo‘yicha virtual resurslarni yaratish jarayonini jadallashtirish imkonini bergan;
har ikkala tilda olam manzarasi baholi tasvirining turli janr va ko‘rinishdagi matnlarda voqelanishini o‘rganish orqali paremiologik, komik, satirik kabi matn namunalarining aksiologik mohiyatini, sezgiga oid, ratsional va emotsional turlar jihatdan o‘xshash va variativ xarakterda ekanligiga oid natijalaridan Evropa ittifoqining Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 13-apreldagi 971/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy natijalar ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida yaratilgan qo‘llanmalar, maqolalar, tezislar yozishda yangi yondashuvlar sifatida foydalanilgan;
nutqiy aktlarning ijobiy yoki salbiy baho pragmatik mazmuniga ega bo‘lishi muloqot ishtirokchilari o‘zaro munosabati simmetrik yoxud assimmetrik ko‘rinishda kechishi bilan bog‘liqligi maqtov, takalluf, maslahat, tavsiya, pand-nasihat, va’da, tahdid, tanbeh, ta’na qilish, kinoya kabi nutqiy harakatlar natijasi ekanligiga oid natijalardan Evropa Ittifoqining 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPSR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 13-apreldagi 970/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu usul turli pragmatik vositalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan “Lingvistik pragmatikaga kirish”, “Diskursologiya”, “Matn tahlili” kabi fanlarning nazariy asoslarini boyitishga xizmat qilgan.
olamning baholi lisoniy manzarasi insonning ongli faoliyati mahsuli ekanligini va uning shakllanishida voqelikni idrok etuvchi shaxsning xis-tuyg‘ulari, dunyoqarashi ijtimoiy maqomi aks topishini inobatga olgan holda baho kategoriyasini antropotsentrik paradigma doirasida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil 29-aprel kuni efirga uzatilgan “Sifatli ta’lim–taraqqiyot poydevori” ko‘rsatuvini navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 2-maydagi 01-07/151-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega tavsiyalardan keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan hamda ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ko‘rsatuvning ilmiy-ommaboplik xususiyati oshirilgan.