Xamidova Muborak Hafizovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fransuz hamda o‘zbek tillarida meteorologik leksika tizimi va tarkibi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Fil1661.
Ilmiy maslahatchi:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Karshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Shirinova Raima Xakimovna, filologiya fanlari doktori, professor, Abuzalova Mexriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fransuz va o‘zbek tillaridagi meteorologik leksikaning lisoniy tizimdagi o‘rni, shakllanish asoslari, nutqiy voqelanishidagi xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish orqali taqqoslanadigan tillarning ushbu birliklari o‘rtasidagi nominatsiya, semantizatsiya, ichki shakl va assotsiativ-majoziy salohiyat jihatlarida o‘xshashlik va farqlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fransuz va o‘zbek tillaridagi meteonimlarning sistem-struktur jihatlari leksik-semantik, lingvostilistik, lingvomadaniy xususiyatlarni ifodalovchi, turlarga ishora qiluvchi, funksional belgilarni voqelantiruvchi omillar ta’sirida shakllanganligi va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi dalillangan;
og‘zaki va yozma adabiyotda meteonimlarning poetik tamoyillari badiiy ifoda vositalari, ijodkor uslubi doirasidagi transformatsiyasi, badiiy-estetik qonuniyatlar, yondashuv tamoyillari, meteonimlarning funksionalligi, qahramon ruhiyatini aks ettirish, asarning g‘oyasini yoritib berish kabi kompozision vazifalarni bajarishda namoyon bo‘lishi isbotlangan;
qiyoslanayotgan tillar tizimi va tarkibi kengligida meteonimlar shakllanishining leksik-semantik hamda mantiqiy-grammatik qatlamlari o‘zaro munosabati fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazi va konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlashi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillar meteorologik leksik birliklar tizimiga oid derivatsion modellar guruhlarga ajratilib, ularning til sathlarida lisoniy voqelanishini ta’minlovchi omillarning konseptual negizi ishlab chiqilgan;
turli tizimga aloqador fransuz va o‘zbek tillaridagi meteonimlar, unga daxldor kategoriyalarning lingvomadaniy mazmun-mohiyati hamda nominatsion, motivatsion, kommunikativ, kognitiv-pragmatik, lingvostilistik, genderlik, intensivlik xususiyatlari qiyoslanayotgan tillarda yadro va periferiyani tashkil qiluvchi freymlarning ramziy-timsoliy obrazlari bilan semantik uyg‘unligini tavsiflashga xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz hamda o‘zbek tillarida meteorologik leksika tizimi va tarkibi tadqiqini amalga oshirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
fransuz va o‘zbek tillaridagi meteonimlarning sistem-struktur jihatlari leksik-semantik, lingvostilistik, lingvomadaniy xususiyatlarni ifodalovchi, turlarga ishora qiluvchi, funksional belgilarni ifodalovchi omillar ta’sirida shakllanganligi va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligiga oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2020-2021-yillarda bajarilgan A-OT-2021-2-raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 15-noyabrdagi 01-4468-son ma’lumotnomasi). Natijada meteonimlarning leksik birlik sifatidagi xususiyatlari lingvokulturologik, lingvostilistik, lingvopoetik, pragmatik asosda aniqlashga xizmat qilgan;
og‘zaki va yozma adabiyotda meteonimlarning poetik tamoyillari badiiy ifoda vositalari, ijodkor uslubi doirasidagi transformatsiyasi, badiiy-estetik qonuniyatlar, yondashuv tamoyillari, funksionalligi, qahramon ruhiyatini aks ettirish, asarning g‘oyasini yoritib berish kabi kompozision vazifalarni bajarishda namoyon bo‘lishiga oid nazariy xulosalardan Grenobl Alp universiteti huzuridagi Fransuz tilini o‘rgatish universitet markazining “Centre universitaire d’études françaises (CUEF)” ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan amalga oshirilgan LIDILEM (Linguistique et didactique des langues étrangères et maternelles – Tilshunoslik hamda ona tili va xorijiy tillar didaktikasi) xalqaro loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 2-noyabrdagi №04-4167-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tashkil qilingan DéLiCorTal (DEscriptions LInguistiques, CORpus, TAL – Lingvistik tavsiflar, til korpusi va zamonaviy dasturlash tillari) bo‘yicha ilmiy seminarlarda va lingvistik tarmoqlar (terminologiya, sintaksis, semantika, pragmatika), til korpusi hamda tilni avtomatik qayta ishlash tizimlari bo‘yicha xalqaro hamkorlikdagi tadqiqotlarda xorijiy tilshunoslik sohasining turli yo‘nalishlaridagi mutaxassislari uchun ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida ma’ruzalar bilan samarali taqdimotlar olib borish imkonini bergan;
qiyoslanayotgan tillar tizimi va tarkibi kengligida meteonimlar shakllanishining leksik-semantik hamda mantiqiy-grammatik qatlamlari o‘zaro munosabati fikr yoki propozisiyaning kommunikativ markazi va konseptual-kognitiv manzarasini tasvirlashiga doir xulosa va natijalardan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘iga asosan berilgan №438377 raqamli nashr guvohnomasi asosida 5611500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo‘yicha: fransuz tili) mutaxassisligi talabalari uchun “Madaniyatlararo muloqot” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 27-noyabrdagi №02/4705-son ma’lumotnomasi). Natijada maxsus va professional leksikaning til va nutqdagi o‘rni, qo‘llanishi, tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha fanning amaliy qismi boyitilgan, shuningdek, tilshunoslik va tarjimashunoslikning o‘zaro integratsiyasiga doir nazariy hamda faktik materiallar orqali o‘quv adabiyoti mazmuni takomillashtirilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillar meteorologik birliklar tizimiga oid derivatsion modellar guruhlarga ajratilib, ularning til sathlarida lisoniy voqelanishini ta’minlovchi omillarning konseptual negizi ishlab chiqilganligiga oid xulosa va natijalardan Toshkent Fransuz Alyansi tomonidan muntazam o‘tkazilib boriladigan “Club de Conversation” tadbirlar dasturlariga oid mashg‘ulotlarda foydalanilgan (NNT Toshkent Fransuz Alyansining 2023-yil 8-noyabrdagi 21-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur yo‘nalishdagi ilmiy xulosalar, tavsiyalar va takliflar ushbu tadbir dasturini boyitishga hamda seminarning ilmiy qimmatini oshishiga xizmat qilgan;
turli tizimga aloqador fransuz va o‘zbek tillaridagi meteonimlar, unga daxldor kategoriyalarning lingvomadaniy mazmun-mohiyati hamda nominatsion, motivatsion, kommunikativ, kognitiv-pragmatik, lingvostilistik, genderlik, intensivlik xususiyatlari qiyoslanayotgan tillarda yadro va periferiyani tashkil qiluvchi freymlarning ramziy-timsoliy obrazlari bilan semantik uyg‘unligini tavsiflashga xizmat qilishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Menga so‘z bering”, “Assalom, Buxoro”, “Buxoro” radiosining “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 31-oktyabrdagi 02-09-308-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashtirilib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga, ilmiy-ommabopligini ta’minlashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish