Xusanova Zarifa Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Laqablarning lingvomadaniy xususiyatlari va ularning o‘zbek tili antroponimik tizimdagi o‘rni”, 10.00.01-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1739.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Jo‘liboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolbekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Siddiqovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi laqablarining lingvomadaniy, leksik-semantik, nominatsion-motivatsion, struktural va derivatsion xususiyatlarini ijtimoiy-madaniy va tarixiy manbalarini hamda antroponimik tizimdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek antroponimika tizimidagi laqablarni lingvomadaniy jihatdan nomlashning farqlash, sodda, murakkab kabi semantik-struktur, qiyoslash-ajratish hamda vaziyat va jarayonlarni atashdagi funksional-nominatsion va nomlashda ma’lum belgi-xususiyatlarga asoslanish kabi funksional-motivatsion aspektlari ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi laqablar shakllanishining fonetik, leksik-semantik va grammatik mexanizmlari, ularning tasnifi va nominatsion-motivatsion tavsifi hamda o‘zak + o‘zak, o‘zak + qo‘shimcha tarzidagi Meshqorin, Ochofat, Quyonyurak kabi faol va Qizilbosh, Hotamtoy, Jo‘mard kabi nofaol laqablarning lisoniy imkoniyatlari ochib berilgan;
laqablarning lisoniy-tarixiy manbalari shaxsga doir ijtimoiy, urf-odat va qadriyatlar bilan bogʻliq madaniy, ikkilamchi nom sifatidagi lisoniy, badiiy-drammatik asarlarda qahramonning jismoniy va ma’naviy qiyofasini ifodalashi ochib berilgan;
Jumanbulbul, Chaqimchi, Zakunchi, Qori Ishkamba kabi laqablarning so‘z yasalishidagi shaxs fe’l-atvoriga aloqadorligi, ko‘chma ma’no asosidagi semantik motivatsiyasi, ularning ikkilamchi nominatsiya mahsuli sifatida boshqa antroponimik birliklardan derivatsion, semantik hamda rasmiy va norasmiy ifodalanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili antroponimik tizimidagi laqab va taxalluslar tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek antroponimika tizimidagi laqablarni lingvomadaniy jihatdan nomlashning farqlash, sodda, murakkab kabi semantik-struktur, qiyoslash-ajratish hamda vaziyat va jarayonlarni atashdagi funksional-nominatsion va nomlashda ma’lum belgi-xususiyatlarga asoslanish kabi funksional-motivatsion aspektlari xulosalaridan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 27-fevraldagi 17.01/29-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihani laqablarning lisoniy-tarixiy va lingvomadaniy manbalari hamda shakllanishining ijtimoiy, madaniy, lisoniy, nutqiy-situativ, psixologik, axloqiy-estetik, badiiy-lirik, dramatik-hajviy faktorlari mohiyati ochib berilganligi haqidagi ilmiy qarashlar bilan boyishitishga asos bo‘lgan;
laqablarning lisoniy-tarixiy manbalari shaxsga doir ijtimoiy, urf-odat va qadriyatlar bilan bogʻliq madaniy, ikkilamchi nom sifatidagi lisoniy, badiiy-drammatik asarlarda qahramonning jismoniy va ma’naviy qiyofasini ifodalaydigan materiallaridan Turkiya Respulikasi Afyon Kojatepe universiteti Fan-adabiyot fakulteti Zamonaviy turkiy tillari va adabiyotlari bo‘limi 2021-2022-o‘quv yili bahorgi va kuzgi semestrda quyidagi darslarda foydalanilgan: CTLE109 Özbek Turkçesi, SDE307 Özbek Turkçesi Metin Aktarma, SDE308 Özbek Edebiyatı, CTL722 Çağdaş Özbek Edebiyatı (2023-yil 17-apreldagi 7-son ma’lumotnomasi). Narijada tadqiqotda keltirilgan misollar va nazariy ma’lumotlar o‘zbek tili, mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti fanlarini yaxshi o‘zlashtirishga xizmat qilgan;
Jumanbulbul, Chaqimchi, Zakunchi, Qori Ishkamba kabi laqablarning so‘z yasalishidagi shaxs fe’l-atvoriga aloqadorligi, ko‘chma ma’no asosidagi semantik motivatsiyasi, ularning ikkilamchi nominatsiya mahsuli sifatida boshqa antroponimik birliklardan derivatsion, semantik hamda rasmiy va norasmiy tavsiyalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Umid” ijodiy to‘garagi mashgʻulotlarida, nazm va nasr kengashida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 3-martdagi 01-03/337-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlar bilan ishlashda ularning badiiy mahorati va lisoniy salohiyatini yuksaltirishda, adabiy asar qahramonlariga badiiy-estetik imkoniyatlarni oshiruvchi ism va laqablar tanlashda hamda adabiyot ixlosmandlarida o‘zbek tilida qo‘llaniladigan laqab va taxalluslarni o‘rganishga qiziqishning oshishiga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi laqablar shakllanishining fonetik, leksik-semantik va grammatik mexanizmlari, ularning tasnifi va nominatsion-motivatsion tavsifi hamda o‘zak + o‘zak, o‘zak + qo‘shimcha tarzidagi Meshqorin, Ochofat, Quyonyurak kabi faol va Qizilbosh, Hotamtoy, Jo‘mard kabi nofaol laqablarning lisoniy imkoniyatlari xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali ijodkorlari tomonidan “Taraqqiyot” ko‘rsatuvining tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2023-yil 3-martdagi 01-02-03/65-son ma’lumotnomasi). Natijada laqablarning badiiy asar matni va xalq jonli nutqida qo‘llanishi va ularning ijtimoiy-madaniy oqibatlari haqidagi ilmiy qarashlar ko‘rsatuv saviyasi hamda tamoshabinlarning qiziqishi oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish