Gafforov Xasan Shuhratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nutqda gender farqlar va ularning pragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD\Fil2932.
Ilmiy rahbar: Turniyazova Shaxnoza Nigmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Shahabitdinova Shohida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Alieva Shaxnoza Aybekovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nutqda gender farqlar va ularning pragmatik xususiyatlarini ingliz va o‘zbek tillari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noverbal muloqot vositalarining nutqdagi o‘rni tavsifi, ayol va erkak so’zlovshilar nutqida noverbal muloqot vositalari qo’llanishining gender farqlanishi oshib berilgan;
g‘arb gender tilshunosligidagi tadqiqotlarning davriy xususiyatlari tavsifi, ingliz va o’zbek tilshunosligi sohasida amalga oshirilgan gender tadqiqotlarning farqli va umumlashtiruvshi jihatlari mavjudligi isbotlangan;
lingvomadaniy munosabatlarda gender xususiyatlarning namoyon bo’lishi hamda mazkur xususiyatlarning yuzaga kelishida lingvistik vositalarning asos sifatida yetakshilik qilishi dalillangan;
o’zbek va ingliz tillaridagi muloqotni aks ettiruvshi matnlarining gender xususiyatlari turlari hamda ularning so’zlovshilarning jinsiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi, shuningdek, mazkur guruhlarning ham muloqot jarayonida so‘zlovchining nutqi qaratilayotgan suhbatdoshlarning jinsiga ko‘ra matnlarning pragmatik xususiyatlarida gender farqli subguruhlarni shakllantirishi misollar asosida oshib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nutqda gender farqlar va ularning pragmatik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
muloqotni aks etiruvchi matnlarning gender xususiyatlari turlari hamda ularning so‘zlovchi hamda suhbatdosh gender xususiyatlariga ko‘ra farq qilinishi, ayol va erkaklarning muloqot jarayonidagi so‘zlovchilaring jins hamda yosh xususiyatlarini aks ettiruvchi matnlarning o‘ziga xos pragmatic xususiyatlar namoyon qilishiga doir qarashlari bog‘liq ilmiy xulosalardan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 3173/30.02.01–son ma’lumotnomasi). Natijada tilning muayyan diskurslarda qo‘llaniluvchi gender xususiyatl ayrim birliklarning o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
gender lingvistikasidagi muammolar, gender lingvistikasining zamonaviy ko‘rinishlari, ayol va erkak so‘zlovchiilarning nutqlarida uchraydigan gender xususiyatlar hamda ularning nutq jarayonidagi o‘rni bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy natijalar I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 3173/30.02.01–son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha olib borilgan tadqiqotlarning tahlil qismida nutqdagi gender farqlar va xususiyatlar haqidagi xulosalarning mukammallashuviga erishilgan;
ingliz tili va o‘zbek tili nutqlaridagi gender farqlar hamda ular namoyish etadigan pragmatik xususiyatlarni tadqiq qilishdan olingan ilmiy xulosalar Evropa Ittifoqining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMER: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 3172/30.02.01 – son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlil natijalariga ko‘ra ingliz va o‘zbek tili nutqlaridagi gender farqlarni hamda ular namoyish etadigan pragmatik funksiyalarni tahlil qilishdan ko‘zlangan maqsad va tadqiqot natijalari asosan ingliz tili va o‘zbek tilining o‘ziga xos jihatlarini ochib berish, shuningdek, so‘zlovchilar o‘z nutqlaridagi gender xususiyatlarni nafaqat jinsiga monand tarzda, balki yoshiga ham mos tarzda namoyon etishini tadqiq qilishga imkon yaratgan;
ingliz tii va o‘zbek tilidagi gender xususiyatlarni aks ettiruvchi til vosutalarini ushbu ikki til aro amalga oshirayotgan pragmatik xususiyatlarini solishtirish hamda olingan ilmiy-nazariy xulosalar Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2020-2021- yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-noyabrdagi 3174/30.02.01 – son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlarning tahlil natijalariga ko‘ra ingliz va o‘zbek tillaridagi muloqot jarayonida uchraydigan gender farqlar hamda ular namoyish etadigan pragmatik xususiyatlarni taqqoslash orqali ushbu tillarning o‘ziga xosliklarini, shuningdek, bir-biriga o‘xshash jihatlarini tahlil qilish ushbu tillarni yanada mukammalroq tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan.