Turdıbaev Qonaqbay Kewlimjaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi qoraqalpoq she’riyatida janriy va uslubiy izlanishlar, qahramon muammosi (1990-2020 yillar misolida)”, 10.00.12 – Qoraqalpoq adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil609.
Ilmiy maslahatchi: Orazimbetov Quwanishbay Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Bokijon, filologiya fanlari doktori, professor; YO‘ldashev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Keruenov Turganbay Arazmedovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq she’riyatida janriy-uslubiy izlanishlar, lirikada qahramon obrazini yaratish muammosi vositachilik roli, shakl va mazmun malakaviy takomili, liro-epik janr tadriji, poema va doston janriy xusususiyatlari, badiiy nutq tabiati, she’r tuzilishida individual talqin hamda poetik mahorat aloqasini oshib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hozirgi qoraqalpoq poeziyasi rivojida milliy istiqlol mafkurasi, milliy g‘oya va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar badiiy adabiyotda erkinlik darajasi vujudga kelishi omili ekanligi ochib berilgan;
poeziyada Sharq va G‘arb adabiyotidan o‘zlashtirilgan lirik janrlar yangi poetik shakl tarzida milliy andozaga moslashuvi adabiy aloqalar, madaniy hamkorlik va ijodiy ta’sir aloqasida fikrlash malakasini yanada yuksaltirishi asoslangan;
poeziyada lirik qahramon ruhiy holati va muallif pozisiyasi ijodkor dunyoqarashi, adabiy-estetik tafakkur yangilanishi mahsuli sifatida uslub hamda vazifa yaxlitligini ta’minlaydigan muhim omil ekanligi ochib berilgan;
hozirgi qoraqalpoq poeziyasida doston va poema janrlari har bir adabiy bosqich hamda milliy o‘lchamda yangilanib borishi, estetik saviyaga bog‘liq adabiy qonuniyat ekani dalillangan;
badiiy asar tili, poetik nutq va rivoya texnikasi ifoda va tasvir yaxlitligidan individual talqinga o‘tishi va ijodkor badiiy mahoratini belgilashi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hozirgi qoraqalpoq poeziyasida janriy-uslubiy izlanishlar, qahramon yaratish mahorati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar asosida:
hozirgi qoraqalpoq poeziyasida janriy-uslubiy izlanishlar hajmi adabiy-estetik tafakkur yangilanishi, liro-epik poeziya tarixiy takomili o‘ziga xosligidan kelib chiqadigan ilmiy-nazariy qarashlardan FA-F-1-005 - «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017-2020-y.) mavzusidagi  fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 26-iyundagi 266/1-son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi qoraqalpoq poeziyasida poetik o‘zgarishlar jahon va milliy adabiy an’analariga yangicha yondashuv bilan bog‘liqligi aniqlangan hamda ilmiy jihatdan asoslangan;
poeziyada lirik qahramon ruhiy holati va muallif pozisiyasi ijodkor dunyoqarashi, adabiy-estetik tafakkur yangilanishi mahsuli sifatida uslub hamda vazifa yaxlitligini ta’minlaydigan muhim omil ekanligi ochib berilganligi hamda san’at turlari integratsiyasi samarasi sifatida adabiyot va madaniyat aloqasini tadqiq etishga yo‘naltirilgan natijalardan I.V.Saviskiy nomidagi san’at muzeyida saqlanayotgan namunalarni shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasining 2023-yil 20-iyundagi  1-09/04-266 – son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi zamon qoraqalpoq lirikasi rangtasvir bilan bog‘liqligi, uning ildizlari poeziyada tasvir va ifoda imkoniyatlari negiziga munosabati  dalillangan;
poeziyada Sharq va G‘arb adabiyotidan o‘zlashtirilgan lirik janrlar yangi poetik shakl tarzida milliy andozaga moslashuvi adabiy aloqalar, madaniy hamkorlik va ijodiy ta’sir aloqasida fikrlash malakasini yanada yuksaltirishi asoslanganligi hamda 1990-2020-yillardagi qoraqalpoq poeziyasida janriy-uslubiy izlanishlar, qahramon muammosi ijodkor laboratoriyasi jarayoniga biografik yondashuv samarasi bo‘yicha olingan faktik materiallardan Qoraqalpog‘iston  Teleradiokompaniyasi teleko‘rsatuvlari, jumladan, «Yodnoma», «Til boyligi – el boyligi» hamda radioefirdagi «Ma’naviyat bo‘stoni», «Meros» eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘istonteleradiokompaniyasi 2023-yil «5»-iyundagi 05-22/288-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston xalq shoiri I.Yusupov ijodi, shoir ijodiga xos individual talqin va badiiy mahorat keng jamoatchilikka taqdim etilgan;
mustaqillik davri qoraqalpoq adabiyotshunosligi taraqqiyoti, lirika adabiy rivojlanish qonuniyatlari o‘ziga xosligi haqidagi ilmiy natijalar Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston yozuvchilar uyushmasining 2023-yil «19» iyundagi 73 – son ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi adabiy jarayon, poetik obraz yaratish, metafora, so‘z va tashbehlar qo‘llashda badiiy mahorat haqidagi ma’lumotlar yozuvchilar uyushmasining adabiy jarayonni ilmiy-nazariy jihatdan baholashini teranlashtirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish