Ergashev Yorqinjon Tulqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy tolali xomashyolar asosida neft-gaz sanoati uchun filtr materiallar olish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3604.
Ilmiy rahbar: Akmalova Guzal Yusupovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudoyberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sellyuloza saqlovchi mahalliy xomashyo asosida kimyo va neft-gazni qayta ishlash sohalari uchun maxsus xususiyatli yangi turdagi filtr materiallari olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zig‘ir o‘simligidan «ishqor» va «bikarbonat» tizimida sellyuloza olinib, ishqor konsentratsiyasining ortishi bilan sellyulozaning destruksiyaga uchrashi asoslangan;
sellyuloza sifatiga oqartiruvchini konsentratsiyasining ta’siri aniqlanib, oqartiruvchi reagent konsentratsiyasi oshishi (2-4 g/l) bilan, oqlik darajasi 84 % gacha, α-sellyuloza miqdori 91.4 % gacha ko‘payishi, tarkibidagi kul miqdori 1.33-0.76 % gacha kamayishi isbotlangan;
organik va noorganik tolali qog‘ozsimon kompozision materiallarning strukturasi va deformatsion-mustahkamligi aniqlanib, tolalar orasidagi bog‘larning tabiati va xarakteri bilan bog‘liqligi asoslangan;
filtrlash natijalariga nanotsellyulozaning ta’sir aniqlanib, uning noto‘qima filtr material teshiklariga namlik kirishining olidini olishi isbotlanib, to‘plangan cho‘kindilardan qattiq zarrachalarni uzlyuksiz tozalash tizimi asoslangan;
bir va ko‘p qavatli yuqori samarali mineral tolali filtr materiallari resepturasi aniqlanib, filtrlash xossalariga bog‘liqligi isbotlangan;
tarkibida sellyuloza saqlagan mahalliy xomashyo asosida kimyo va neftni qayta ishlash sohalari uchun maxsus xususiyatlarga ega bo‘lgan filtr materiallari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibida sellyuloza saqlagan tabiiy polimerlar va noorganik tolali to‘ldiruvchilar asosida qog‘ozsimon kompozision materiallarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy organik va noorganik tolali (bazalt+sellyuloza+makalatura) CleanE1 filtr materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash» MChJ ning «2024-2025 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Sanoat energetika guruhi» MChJ xorijiy kompaniyasining 2023 yil 3 iyuldagi GD-001/1451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft moylari va ishlatilgan sintetik, yarim sintetik va mineral moylarni mexanik aralashmalardan tozalash imkonini bergan;
mahalliy organik va noorganik tolali (bazalt+sellyuloza+makalatura) CleanE1 filtr materiallari ishlab chiqarish texnologiyasi «Farg‘ona neftni qayta ishlash» MChJ ning «2024-2025 yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Sanoat energetika guruhi» MChJ xorijiy kompaniyasining 2023 yil 3 iyuldagi GD-001/1451-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keladigan Felf-5 va Belting BF filtr materiallarini 20 % gacha qisqartishi imkonini bergan.