Sattarov Ne’matjon Azatbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida qurilish korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3417.
Ilmiy rahbar: Ismailov Akmal Maxsudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Javlonbek Sultonovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Kambarov Jamoliddin Xikmatillaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot sharoitida respublika qurilish korxonalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish sohasida qurilish-pudrat tashkilotlarini belgilash bo‘yicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishda tanlovda ishtirok etuvchi qurilish korxonalari tomonidan taqdim etiluvchi ma’lumotlarni baholash asosida raqobatbardoshlik darajasini aniqlashda qurilish korxonalari resurslar salohiyati salmog‘i ko‘rsatkichlarini kiritish va unga bosqichma-bosqich ustuvorlik berib borish taklifi asoslangan;   
hududlarda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xomashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi hududiy qurilish materiallari klasterini tashkil etish asoslangan;
raqobatbardoshlikni baholashda qurilish korxonalarining boshqaruv, ishlab chiqarish, moliyaviy, marketing, mehnat va innovatsion resurs ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha “yuqori” (1,3≤Rqk), “barqaror” (1,0≤ Rqk ˂1,3), “past” (0,7≤ Rqk˂1,0) va “o‘ta past” (0≤Rqk˂0,7) koeffisient chegaralari doirasida baholash asoslangan;
Xorazm viloyatidagi qurilish korxonalari raqobatbardoshligini oshirish omillari ta’sirining ekonometrik modellari asosida 2025- va 2030-yillarga qadar rivojlanish ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
qurilish sohasida qurilish-pudrat tashkilotlarini belgilash bo‘yicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishda tanlovda ishtirok etuvchi qurilish korxonalari tomonidan taqdim etiluvchi ma’lumotlarni baholash asosida raqobatbardoshlik darajasini aniqlashda qurilish korxonalari resurslar salohiyati salmog‘i ko‘rsatkichlarini kiritish va unga bosqichma-bosqich ustuvorlik berib borish taklifi Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan qurilish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 4-martdagi № 02/15-478-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish korxonalari iqtisodiy ko‘rsatkichlari elektron baholash mexanizmlari yanada mustahkamlanib, qurilish sohasida tanlovda ishtirok etuvchi qurilish korxonasi tomonidan taqdim etiluvchi loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, qurilishda foydalanishi ko‘zda tutilgan innovatsion texnologiya va materiallarning salmog‘ini oshirishni rag‘batlantirish imkoni yaratilgan;
hududlarda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xomashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chiqarishgacha qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratuvchi hududiy qurilish materiallari klasterini tashkil etish taklifi Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan qurilish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 4-martdagi № 02/15-478-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish sanoati korxonalari iqtisodiy salohiyatini samarali boshqarish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirida sof foydaning oshishiga erishilgan;
raqobatbardoshlikni baholashda qurilish korxonalarining boshqaruv, ishlab chiqarish, moliyaviy, marketing, mehnat va innovatsion resurs ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha “yuqori” (1,3≤Rqk), “barqaror” (1,0≤Rqk˂1,3), “past” (0,7≤Rqk˂0,1) va “o‘ta past” (0≤Rqk˂0,7) koeffisient chegaralari doirasida baholash taklifi Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan qurilish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 4-martdagi № 02/15-478-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatdagi qurilish korxonalari raqobatbardoshligini baholashning aniqlik darajasini oshirish imkoni yaratilgan;
Xorazm viloyatidagi qurilish korxonalari raqobatbardoshligini oshirish omillari ta’sirining ekonometrik modellari asosida ishlab chiqilgan 2025 va 2030-yillarga qadar rivojlanish ssenariylari Xorazm viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 4-martdagi № 02/15-478-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, “SAYaT KURILISh” MChJ qurilish korxonasining 2030-yilgacha bo‘lgan muddatlardagi pessimistik, optimistik va dinamik rivojlanish ko‘rsatkichlari mos ravishda 2,06; 2,18; 2,34 koeffisientlarga teng bo‘lsa, “BUMYoDKOR” MChJ qurilish materiallari sanoati korxonalarining prognoz ko‘rsatkichlari mos ravishda 1,39; 1,77; 1,97 koeffisientlarni tashkil etishi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish